9. Benzol, fenol va anilindan iborat aralashmaga oid.
1. Benzol, fenol va anilinning 10 g aralashmasiga vodorod xlorid gazi yuborilganda, 2,59 g cho’kma tushdi. Cho’kmani filtrlab olgandan so’ng filtratga natriy ishqori eritmasi ta’sir ettirilsa, organik qavatning massasi 4,7 g ga kamaydi. Dastlabki aralashmadagi benzolning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 29.2 B) 34,4 C) 35,7 D) 25,3 E) 38,7
2. Benzol, fenol va anilinning 181.2 g aralashmasiga vodorod xlorid gazi yuborilganda, 51.8 g cho’kma tushdi. Cho’kmani filtrlab olgandan so’ng filtratga natriy ishqori eritmasi ta’sir ettirilganda, filtrat ikki qismga bo’lindi. Yuqori qismining hajmi 39 ml (= 0.8 g/ml) bo’lsa, boshlang’ich moddalarning mol nisbatini (mos ravishda) aniqlang.
A) 1:2:3 B) 1:1:1 C) 1:1:2 D) 1:1:3
3. Fenol, anilin va benzoldan iborat 50 g aralashmaga ishqor eritmasi bilan ishlov berilganda aralashma massasi 4,7 g ga kamaydi. Qolgan aralashmaga xlorid kislota qo’shib chayqatilganda aralashma massasi yana 9,3 g ga kamaydi. Aralashmadagi moddalarning yuqoridagi tartibdagi tarkibiy qismini (%) aniqlang.
A) B) C) D)
4. Anilin va fenoldan iborat 4,67 g aralashmani neytrallash uchun kaliy gidroksidning 2,24% li (p = 1,02 g/ml) eritmasidan 49,02 ml sarflandi. Boshlang'ich aralashma tarkibidagi anilin va fenolning massalarini (g) hisobiang.
A) 3,60; 0,87 B) 2,46; 2,21 C) 2,79; 1,88 D) 3,17; 1,50
5. Fenol va anilinning benzoldagi eritmasi bor. Shu eritmadagi fenolning massa ulushi 17% ni, anilinniki esa 22% ni tashkil etadi, massasi 180 g bo'lgan shunday eritmani to'liq bromlash uchun bromning massa ulushi 7% bo'lgan eritmasidan qancha massa (kg) olish kerak? Brom uglerod tetraxloridda eritilgan.
A) 3,606 B) 1,562 C) 5,152 D) 2,44
6. Benzol, fenol va anilinning 60,8 g aralashmasiga vodorod xlorid gazi yuborilganda 25,9 g cho`kma tushdi. Cho`kmani filtrlab olgandan so`ng filtratga natriy ishqori eritmasi ta`sir ettirilsa, organik qavatning massasi 4,7 g ga kamaydi. Dastlabki aralashmadagi benzolning mol ulushini aniqlang.
A) 0,3 B) 38,5 C) 42,86 D) 23,4
7. Benzol, fenol va anilinning 54,5 g aralashmasiga vodorod xlorid gazi yuborilganda 38,85 g cho`kma tushdi. Cho`kmani filtrlab olganda so`ng filtratga kaliy ishqori eritmasi ta`sir ettirilganda, filtrat ikki qismga bo`lindi. Yuqori qavatning hajmi 9,74 ml (ρ=0,8 g/ml) bo`lsa, boshlang`ich moddalarning mol nisbatini toping.
A) 1:1;1 B) 1:2:2 C) 1:2:3 D) 1:2:4
8. Benzol, fenol va anilinning 43,6 g aralashmasi ishqor eritmasi bilan ishlov berilganda massasi 9,4 g ga kamaydi. Qolgan aralashmaga vodorod xlorid qo`shib chayqatilganda aralashma massasi yana 18,6 g ga kamaydi. Dastlabki moddalarning massa nisbatlarini mos ravishda aniqlang.
A) 1,66:2:1,98 B) 1,66:1,98:1 C) 1,98: 1:1,66 D) 1,66:1:1,98
9. Anilin va fenoldan iborat 28,1 g aralashmaning neytrallash uchun natriy ishqorining 8 M li eritmasidan (ρ=1,6) 40 g sarflandi. Boshlang`ich aralashmadagi moddalarning massalarini aniqlang. A) 9,3 va 9,4 B) 9,3 va 18,8 C) 18,6 va 9,4 D) 18,6 va 9,8
10. Fenol va anilinning benzoldagi eritmasi bor. Eritmada 15,5 % fenol va 45,96 % anilin bor. Shu tarkibli 60,7 g eritmani to`liq bromlash uchun bromning 2 % li eritmasidan qancha miqdor (kg) kerak. Brom uglerod tetraxlridda eritilgan.
A) 4,8 B) 9,6 C) 2,4 D) 8
Do'stlaringiz bilan baham: |