6. Anilinga oid.
1. 18,6g anilin bilan necha gramm 8% li bromli suv reaksiyaga kirisha oladi? [Mr(anilin)=93,Ar(brom)=80]
A) 1200 B) 120 C) 12 D) 240 E) 360
2. Zinin reaksiyasi bo’yicha 186 g anilin olish uchun necha (g) nitrobenzol kerak?
A) 123 B) 246 C) 183 D) 61,5 E) 307,5
3. Benzolni nitrolab (reaksiya unumi 80%) va hosil bo’lgan nitrobenzolni qaytarib (reaksiya unumi 85%), 15,8 g anilin olindi. Sarf bo’lgan benzol miqdorini(g) aniqlang.
A) 70,5 B) 19,5 C) 30,0 D) 42,5 E) 39
4. Reaksiya unumi birinchi va ikkinchi bosqichlarda 50 % ni, oxirgi bosqichda 100% ni tashkil etganda, 33 g 2,4,6-tribromanilin olish uchun kerak bo’lgan benzolning massasini (g) xisoblang.
A) 30,0 B) 31,2 C) 32,0 D) 29,2 E) 32,8
5. Anilinga vodorod ta’sir ettirilganda hosil bo’lgan modda qaysi sinfga kiradi
A) kislota B) efir C) aminokislota D) tuz E) oksid
6. 13,0 g nitrobenzoldan 30% unum bilan 7,44 g anilin olindi. Nitrobenzol tarkibidagi qo’shimchaning massa ulushini (%) xisoblang.
A) 3,72 B) 5,40 C) 6,50 D) 9,30 E) 12,3
7. Zinin reaksiyasi bo’yicha anilin olishda 36,9 g nitrobenzol qatnashgan bo’lsa, qancha (g) cho’kma xosil bo’lgan?
A) 30,8 B) 28,8 C) 23,3 D) 24,1 E) 18,5
8. Reaksiyaning xar bir bosqichida unum 80% ni tashkil etgan sharoitda 18,6 g anilin sintezida qatnashgan benzolni olish uchun qanday hajmdagi (litr) asetilen talab etiladi.
A) 20,8 B) 21,3 C) 24,2 D) 26,3 E) 36
9. 390 g benzolga konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalar aralashmasi bilan ishlov berildi, reaksiya maxsuloti vodorod bilan qaytarildi. Birinchi reaksiyaning nazariy unumi 75% ni, ikkinchi reaksiya esa 80% ni tashkil etsa, hosil bo’lgan oxirgi maxsulotning massasini (g) xisoblab toping.
A) 283 B) 275 C) 279 D)285 E)270
10. 15,6 g benzolni nitrolashda hosil bo’lgan mononitro xosila amingacha qaytarildi. Reaksiya unumi birinchi bosqichda nazariy unumning 90% ni, ikkinchi bosqichda 75% ni tashkil qilsa, reaksiya natijasida zichligi 1,02 g/sm3 ga teng bo’lgan qancha (ml) amin olinadi?
A) 12,7 B) 11,9 C) 12,5 D) 11,7 E) 12,3
11. Anilinning suvdagi suyultirilgan eritmasi mo’l miqdordagi brom bilan reaksiyaga kirishishi natijasida 13,2 g cho’kma hosil bo’ldi. Boshlangich eritmadagi anilinning massasini aniqlang. [Mr(anilin)=93, Mr.(Br)=80]
A) 2,8 B) 3,7 C) 4,2 D) 5,6 E) 6,4
12. 33 g 2,4,6-tribromanilin olish uchun zarur bo'lgan benzolning massasini (g) hisoblang. Reaksiya unumi birinchi va ikkinchi bosqichlarda 50% ni, oxirgi bosqichda 80% ni tashkil etgan.
A) 1,56 B) 31,2 C) 32,0 D) 39,0
13. 3,8 litr (n.sh.) atsetilendan olingan aromatik birikmadan anilin olish uchun necha (g) ammoniy sulfid kerak.
A) 11,5 B) 20,6 C) 23,4 D) 8,7
14. Kalsiy oksiddan besh bosqichda 41,85 gramm anilin olindi. Agar birinchi bosqichda reaksiya unumi 80% ikkinchida 75% uchinchida 95% to'rtinchida 100% beshinchida 90% bo'lsa, 10% qo'shimchasi bo'lgan so'ndirilmagan ohakdan qancha (g) talab etiladi?
A) 147,5 B) 54,6 C) 163,8 D) 43,1
Do'stlaringiz bilan baham: |