Iv. Amaliy mashg’ulot



Download 57,58 Kb.
bet1/2
Sana04.06.2022
Hajmi57,58 Kb.
#634629
  1   2
Bog'liq
4-amaliy


IV. AMALIY MASHG’ULOT
4-mavzu: Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Darsning maqsadi: Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish va boshqarish asoslari, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etishni qishloq xo’jaligini rivojlanishidagi ahamiyati, bosh tarmoq, yordamchi tarmoq hamda qo’shimcha tarmoqlarni rivojlantirish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etishni xududlarda aholi bandligini ta’minlashdagi roli, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etishni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’siri haqida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Dars jihozlari: kompьyuter va mulьtimedia vositalar, marker, plakatlar, vatman, kerakli adabiyotlar.
Uslubiy ta’minot: namunaviy dastur, ishchi dastur, kalendar reja, texkarta, o’quv uslubiy majmua, tarkatma materiallar.
Adabiyotlar:
1. Abdug’anievA., Abdug’aniev A. Qishloq xojaligi iqdisodiyoti. Darslik. – T.: “ADIB NASHRIYOTI” MCHJ, 2011. – 399 b.
2. Samatov G’.A., Rustamova I.B., SHeripbaeva U.A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Darslik. – Toshkent: CHo’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. – 346 b.
3. Ismoilov I.A., Murtazaev O. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. – T., 2003.
4. Rustamova I.B. va boshq. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2015. 174 b.

Fermer xo’jaliklarining iqtisodiiy barqarorligi va xo’jalikda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bozor tamoyillariga mos xo’jalik yuritish tizimini shakllantirishga bog’liq. Fermer xo’jaligi oldiga qo’yilgan asosiy maqsad – tabiat omillari va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanish asosida sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib moliyaviy barqorarlikka erishish hisoblanadi. Bu jarayon fermer xo’jaligida ishlovchilarning oylik darmadalarini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoyalash va munosib mehnat sharoitini yaratib berish bilan birga olib borilishi lozim.


Yuqoridagi maqsadga erishish faqatgina qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish orqali hal etilishi qiyin bo’lgan masala hisoblanadi. CHunki qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish o’zining xususiyatlariga bog’liq ravishda odatda ishlab chiqaruvchiga nisbatan kam daromad keltiradi. qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishi davri bo’yicha yaqqol mavsumiy tavsifga egaligi boisdan mahsulot yoppasiga pishib yetilgan paytda bozorlarga olib chiqiladi. Bu paytda baho keskin pasayishi sababli fermer uchun kam foyda keltiruvchi yoki umuman foyda keltirmaydigan o’rtacha baho ham shakllanishi mumkin.
SHu bilan birgalikda aksariyat qishloq xo’jaligi mahsulotlari (meva-sabzavot mahsulotlari, go’sht va sut kabi) tez buzuluvchi va o’z sifatini (tovarlilik darajasini) tez yo’qotuvchi mahsulot hisoblanadi. Natijada fermer mahsulotini tezroq sotishga harakat qiladi bu esa bozordagi bahoning yanada pasayib borishiga olib keladi.
Ko’pchilik qishloq xo’jaligi mahsulotlari taransportda uzoq masofalarga tashish uchun chidamsiz mahsulotlar hisoblanishi boisdan uzoq bozorlarga olib borishda qiyinchiliklar tug’diradi. Natijada fermer yetishtirgan mahsulotini bahosi pastroq bo’lsa ham o’zi uchun yaqinroq bo’lgan mahalliy bozorlarda sotishga harakat qiladi.
SHuning uchun ham fermer xo’jaliklari ishlab chiqargan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va samarali sotish masalasini hal etmasdan turib ko’zlangan foydalilik darajasiga erisha olmaydi. Bunday faoliyat bilan shug’ullanayotgan fermer xo’jaliklarini biz bugungi kunda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari deb atamoqdamiz.
Odatda tarmoq so’zi iqtisodiy nuqtai-nazardan yagona bir soha doirasida amal qiladigan ammo, ishlab chiqarishning biron bir tugallangan, alohida mahsulot yetishtirish maqsadlariga bo’ysindirilgan yo’nalishiga aytiladi. Bunda ko’pincha asosiy va qo’yimcha tarmoqlar ajratib olinadi. Qishloq xo’jaligi alohida soha hisoblanadigan bo’lsa, uning asosiy tarmoqlari sifatida o’simlikchilik va chorvachilik yo’nalishlari qabul qilingan. Har bir tarmoq o’z o’rnida yana kichik tarmoqlarga bo’linib boradi.
“Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi” ning asosiy tarmog’i sifatida – fermer xo’jaligi tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan asosiy ixtisoslashuv yo’nalishi qabul qilinishi to’g’ri bo’ladi.
“Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi” – fermer xo’jaligi tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan asosiy ixtisoslashuv yo’nalishidan boshqa sohalarda ishlab chiqarishni tashkil etib mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan fermer xo’jaliklari hisoblanadi.
Ayni paytda qo’shimcha tarmoq turli yo’nalishlarda bo’lishi mumkin. Eng muhimi mavjud qonunlarimiz bilan taqqilanmagan va boshqa fermer xo’jaliklariga zarar keltirmaydigan ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) faoliyati bo’lsa bo’lgani.

4.1-rasm. Fermer xo’jaligining qo’shimcha tarmoqlari

Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishning qo’shimcha tarmog’i asosiy tarmoq bilan bog’liq holda yoki asosiy tarmoq bilan bog’liq bo’lmagan sohalarda tashkil etilishi mumkin. Xususan:


 qo’shimcha tarmoq asosiy tarmoq bilan bog’liq holda tashkil etilganda – masalan, fermer xo’jaligi sabzavotchilik yo’nalishida (asosiy tarmoq) faoliyat yuritsa qo’shimcha tarmoq sifatida sabzavotni qayta ishlash tsexlari faoliyatini yo’lga qo’yishi, mahsulotlarni tayyorlash, tashish va saqlash, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish kabi sohalarda o’z faoliyatini kengaytirishi nazarda tutiladi;
 qo’shimcha tarmoq asosiy tarmoq bilan bog’liq bo’lmagan sohalarda tashkil etilganda – masalan, fermer xo’jaligi paxta g’allachilik yo’naligida (asosiy tarmoq) yuritsa qo’shimcha tarmoq sifatida aholiga taransport xizmati ko’rsatish, xo’jalik qoshida kichik tikuv tsexlarini tashkil etish kabi sohalarda o’z faoliyatini kengaytirishi nazarda tutiladi.

Bosh (etakchi) tarmoq - qishloq xo’jalik yalpi va tovar mahsulotida yuqori salmoqni egallagan tarmoqqa aytiladi. Asosiy tarmoq korxonaning ixtisoslashishini aniqlaydi.


Qo’shimcha tarmoq - bosh tarmoqqa nisbatan, yalpi va tovar mahsulot ishlab chiqarishda kamroq ahamiyatga ega bo’ladi. Ularni qo’shib olib borish mehnat, yer va moddiy resurslardan to’liqroq foydalanishni ta’minlaydi.
Yordamchi tarmoqlar - tarkibiga qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish ustaxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va boshqalar kiradi.
Fermer xo’jaliklarida qo’shimcha va yordamchi tarmoqlar asosiy tarmoq bilan bog’liq bo’lmagan sohalarda tashkil etilganda hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda 4.1-rasmdagi yo’nalishlarda faoliyatni yo’lga qo’yish mumkin.
Fermer xo’jaliklarida qo’shimcha tarmoqlarni yo’lga qo’yish - fermer xo’jaliklari asosiy faoliyat yo’nalishi bo’yicha yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlariga qo’shimcha ravishda iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi xo’jalik yuritish sub’ektlarida ishlab chiqarilayotgan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash, shuningdek, turli yo’nalishda ta’minot va xizmat ko’rsatish sohalari faoliyatini tashkil etgan holda, o’z daromadini qo’shimcha moliyaviy manbalar asosida barqaror ko’paytirishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati ham hisoblanadi.
Ko’p tarmoqli ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi muhim shartlardan biri bu - har qanday fermer xo’jaligi o’z daromadini (sof foyda) oshirish maqsadida o’z xoxishiga ko’ra ixtiyoriy ravishda qo’shimcha tarmoqlarni tashkil etgan holda ko’p tarmoqli fermer xo’jaligiga aylanishi mumkinligidir. Bu boradagi fermerning faoliyati to’liq ixtiyoriy va fermer xo’jaligining xususiy manfaatlariga bo’ysinishi lozim.
Qo’shimcha tarmoqlar faoliyatini yo’lga qo’yish asosida fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini joylarning o’zida ortiqcha nobudgarchiliklarga yo’l qo’ymasdan qayta ishlash, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, ularni ichki va tashqi bozorlarga chiqarish hamda qishloqlarda ish joylari yaratish, qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, xayot farovonligini yaxshilashga xissa qo’shadi. Bu ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish asosida jamiyat ko’radigan naf hisoblanadi.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarida qo’shimcha tarmoq faoliyati hisobiga yetishtirilgan mahsulotlar fermer xo’jaliklarining ichki iste’moliga yo’naltirilishi va shuningdek bozorga chiqarilishi ham mumkin. Lekin, iqtisodiy jihatdan qo’shimcha tarmoq yuqori tovarlilik darajasiga ega bo’lishi maqasdga muvofiq. Bu ko’p tarmoqli fermer xo’jaligini rivojlatirishda qo’yilgan maqsad va vazifalarga ham mos keladi.



Download 57,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish