Zarpechakdoslar - Cuccutaceae oilasi. Bu oilaga bitta turkum, 170 ta tur kiradi. Tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan. O’zbekistonda 18 turi uchraydi. Poyalari o'ralib o‘suvchi - xlorofillsiz, ya’ni parazit o‘simlik hisoblanadi. Barglari reduksiyalangan, tangasimon. Poyalari yashil o‘simlikka o‘ralgan joyida gaustoriyalar bilan yopishgan bo‘lib, xo‘jayin o‘simlikdan oziqlanadi. Gullari juda mayda, aktinomorf, ikki jinsli. Gulkosa 5 ta gulkosabargchasiga ega. Mevasi - ko‘sakcha. Urug‘lari ko‘p yillar davomida unib chiqish qobiliyatini yo'qotmaydi. Gul formulasi: Ca(5)Co(5)A(5)G(2).
Zarpechak - Cuscuta approximata. Hamma o‘simliklarda parazit bo‘lib yashaydi. Devpechak (C.lehmanniana) - madaniy va yovvoyi o‘simliklarda parazitlik qiladi. Buta va daraxtlarda ham yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |