S
SIKL - iqtisodiy faoliyatning birin-ketin qayta-qayta takrorlanishi. Odatda, to'rtta bosqichda: krizis (inqiroz), depressiya (bir joyda depsinish), jonlanish va yuksalishdan iborat. Amaliy hayotda ko'proq ikki bosqich: bum (cho'qqi, zudlik bilan yuqori bosqichga ko'tarilish) va repressiya, ya'ni ishbilarmonlik faoliyatining susayishi, orqaga ketishi bilan xarakterlanadi. S. Mexnizmi investisiya hajmi bilan bog'liqdir.
CH
CHAKANA BAHO - davlat va kooperativ savdosi, dehqon bozorida iste'mol mollarini sotilish narxlari.
CHAKANA SAVDO - savdo-sotiq tarmoqlari orqali aholiga iste'mol mollarini sotish.
CHEK - belgilangan ko'rinishdagi pul hujjati, 1) bankdagi o'z hisobidan muayyan pul miqdorini CH.da ko'rsatilgan shaxsga berish yoki uning hisobiga pul o'tkazish bo'yicha yozma topshiriq. Chek ikki ko'rinishda bo'ladi: a) oluvchining nomi yozilgan chek; b) ko'rsatuvchiga berilgan chek.
CHEKLANGAN MAS'ULIYAT - ma'lum chegara doirasida cheklangan mas'uliyat. qarz majburiyati yoki o'ziga biror bir hujjatga imzo chekilayotganda mas'uliyatni muayyan doiralarda cheklovchi shartni, punktni kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |