BOZOR SEGMENTI - bu bozorda savdo-sotiqning shart- sharoitiga qarab ko'pgina bo'g'inlarga ajratishidir.
BOZOR INFRATUZILMASI - sotuvchi va xaridor o'rtasida bozor munosabatlari shakllanishini, rivojlanishini ta'minlaydigan tashkilotlar, muassasalar, idoralar, korxonalar majmuasi. Uning tarkibiga savdo korxonalari, ta'minot tashkilotlari, valyuta va qimmatbaho qog'ozlar birjasi, transport, aloqa va boshqa xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar kiradi.
BOZOR KON'YUKTURASI - ayrim bozorlarda muayyan xolatlarning mavjudligi. Bozor kon'yukturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |