Иқтисодиёт назарияси ” кафедраси



Download 57 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi57 Kb.
#702278
  1   2
Bog'liq
Iqtisod.doc


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС
ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ


ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ

Иқтисодиёт факультети






_____________________________________________кафедраси



Рўйҳатга олинди № __________




Рўйҳатга олинди № __________

“______” ___________2020 й.




“______” ___________2020 й.

ИҚТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ ” КАФЕДРАСИ


Иқтисодиёт назарияси ” фанидан


КУРС ИШИ
Мавзу: “Илм-маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили” давлат дастурида амалга оширилиши кўзда тутилган ижтимоий-иқтисодий вазифалар ва уларнинг амалиётга жорий этилиши
Бажарди: Иқтисодиёт факультети, ЕК-58 гуруҳи талабаси Акбаров Мухаммадазиз
Текширди: Дотсент Шарипов Қувондиқ



Курс иши тақризга топширилган сана
“____” _______2020 й.




Курс иши тақриздан қайтарилган сана
“____” _______2020 й.

Курс иши ҳимоя қилинган сана
“____” _______2020 й.

Баҳо “_____” _________



___________


(имзо)
___________
(имзо)
___________
(имзо)

Комиссия аъзолари:
__________________

__________________


__________________






ТОШКЕНТ – 2020
Ilm-ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi.
Reja:
Kirish

  1. “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining mohiyati va yo‘nalishlari.

  2. “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish” yo‘nalishining muhim chora-tadbirlari

  3. “Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” yo‘nalishining ustuvor jihatlari

  4. “Iqtisodiyotni rivojlantirish va investisiyalarni faol jalb qilish” yo‘nalishining asosiy tadbirlari

  5. “Ijtimoiy rivojlanish” yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar

  6. “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta‘minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish” yo‘nalishidagi sa‘y-harakatlar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga har yilgi murojaatnomasi doirasida ilmiy va teхnologik rivojlanishning muhimligiga alohida urgʻu berdi.
Sharq donishmandlari aytganidek, «Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaхshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir».
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy aхborot teхnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi.Bugun dunyoda barcha sohalarga aхborot teхnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Yurtimiz Xalqaro aхborot kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish indeksi boʻyicha 2019 yilda 8 pogʻonaga koʻtarilgan boʻlsa-da, hali juda ham orqadamiz.Aksariyat vazirlik va idoralar, korхonalar raqamli teхnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, koʻp mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaхshi bilamiz.Biroq, qanchalik qiyin boʻlmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech boʻladi.Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol oʻtish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi.
Raqamli teхnologiyalar nafaqat mahsulot va хizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha хarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng ogʻir illat – korrupsiya balosini yoʻqotishda ham ular samarali vositadir.
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli teхnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaхshilash mumkin. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʻtarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili», deb nom berishni taklif etaman.1
Bugungi kunda taraqqiyot ko‘p jihatdan axborot texnologiyalarining rivojlanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq. XXI asrda internet tarmog‘i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan “elektron hukumat”, “elektron savdo”, “raqamli iqtisodiyot” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Ushbu atama ilk bor 1995-yilda Massachusets universiteti olimi Nikolas Negroponte tomonidan tilga olingan. Raqamli iqtisodiyot — bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish tizimi bo‘lib, bunga onlayn xizmatlar, masofaviy ta'lim, elektron to‘lovlar, tovar va xizmatlarning internet-savdosi misol bo‘la oladi.

Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining mohiyati va yo‘nalishlari.


“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmoni imzolandi. Bu yilgi davlat dasturi 299ta banddan iborat bo‘lib, unda umumiy qiymati 18,2 trln. so‘m va 10,3 mlrd. AQSh dollariga teng loyihalar tasdiqlanmoqda.
Bu yilgi davlat dasturi 299ta banddan iborat bo‘lib, unda umumiy qiymati 18,2 trln. so‘m va 10,3 mlrd. AQSh dollariga teng loyihalar tasdiqlanmoqda.
Shulardan:
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli fondlar hisobidan – 12,9 trln. so‘m; Ijrochilar va banklar mablag‘lari hisobidan – 2 trln. so‘m;
Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va grantlar hisobidan 3,3 trln. so‘m va 10,3 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan loyihalardir.
Eslatib o‘tamiz, Davlat dasturi loyihasi 2020 yil 11-20 fevral kunlari jamoatchilik muhokamasi uchun 2020.strategy.uz va regulation.gov.uz veb-portallariga joylashtirilgan edi. Davlat dasturi loyihasi 320ta banddan iborat bo‘lgan holda jamoatchilik muhokamasiga havola etilgandi. Uning doirasida jami qiymati 17,5 trln so‘m va 9,6 mlrd dollarga teng loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgandi. "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Prezidenti farmonida keltirilishicha, 2020 yil 1 apreldan Toshkentda doimiy propiskasiz uy sotib olish mumkin bo‘ladi:
ko‘chmas mulk xarid qilishda O‘zbekistan fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talabi va yangi qurilgan uylar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasi bekor qilinmoqda;
doimiy propiskaga qo‘yishda bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi qoidalariga rioya etish talabi belgilanmoqda (ushbu qoida qarindoshlarni doimiy propiskaga qo‘yishda tatbiq etilmaydi);
(ijtimoiy norma 1 kishi hisobiga - 16 kv.m.dan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun - 23 kv.m.dan kam bo‘lmagan hajmda belgilangan.
Davlat dasturiga ko‘ra, 2020 yil 1 apreldan 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon doimiy istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini avtomatik tarzda berish amaliyoti joriy qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida Vazirlar Mahkamasiga bu masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish haqida topshiriq bergan edi.
Shuningdek, dasturda 2020 yilda Qonunchilik palatasi va Senat faoliyatiga:
fuqarolar murojaatlari asosida Internet tarmog‘ida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish amaliyoti;
saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida elektron portal va mobil ilovadan foydalanish imkonini beruvchi “Elektron parlament” tizimini joriy etish belgilanmoqda.
2020 yil 1 iyuldan boshlab Qonunchilik palatasi majlislarida:
davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyati bo‘yicha;
hukumat a’zolari va tarmoqlar rahbarlarining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotini muntazam eshitish tartibi joriy qilinmoqda.2
2020 yil 1 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisiga hisob beradigan korrupsiyaga qarshi kurashish buyicha mustaqil organni tuzish ishlari yakuniga yetkaziladi.
Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan:
“Raqamli O‘zbekiston - 2030” dasturi loyihasi ishlab chiqiladi;
“Elektron hukumat” tizimi takomillashtiriladi;
mahalliy IT-texnologiyalari bozori salohiyati oshiriladi;
davlat ma’lumotlarini boshqarish tizimi yaratiladi.
2020 yil 1 maydan faqat tomonlarning (prokurordan tashqari) murojaati bo‘lganda prokurorning sud qarori qonuniy kuchga kirgan ishlarni suddan talab qilib olishi mumkinligi belgilanmoqda.
2020 yil 1 iyuldan boshlab:
“Mening fikrim" veb-portalining mobil ilovasini ishga tushirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash;
murojaatlarni deputatlar, mutaxassislar va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda OAVda muhokama qilish belgilanmoqda.
2020 yil 1 avgustga qadar Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni qisqartirish dasturi loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklanmoqda.
2020 yilda pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv ma’lumotlarini taqdim etmasdan:
2005-2016 yillar davri uchun jamg‘arilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;
2016-2018 yillar davri uchun Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan;
2019 yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha mexanizm joriy etiladi.
2020 yildan paxta yetishtirish va majburiy sotish hajmini, uning narxini davlat tomonidan belgilash amaliyotini bekor qilish, g‘alla sotish parametrlarini 25 foizga kamaytirish belgilanmoqda.
2020 yil 1 iyunga kadar Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan FHDYo organlari faoliyatiga:
xizmatlardan masofadan turib va eksterritorial foydalanish;
videokonferensaloqa, “onlayn” navbat va pochta aloqasi xizmatlarini amalga oshirish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha takliflar kiritiladi.
2020 yilda litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni kamida ikki baravar qisqartirish nazarda tutilmoqda.
2020 yil oxiriga qadar 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy qilgan holda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 60 foizga yetkaziladi.
2020/2021 o‘quv yilidan o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining yuklamasi maqbullashtiriladi va oliy ta’lim muassasalarida asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar 2 baravar qisqartiriladi.
2020 yil 1 sentyabrdan maktablarda bolalarni elektron o‘qitish bo‘yicha tajriba tariqasidagi axborot tizimlari (elektron darslik va kundaliklar) qog‘oz hujjatlarni bekor qilgan holda joriy etiladi.
2020/2021 o‘quv yilidan:
oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravar oshiriladi (22 696 tadan 45 392 taga);
talabalarga o‘quv yili davomida teng ulushda kamida 4 marotaba o‘qish uchun pul to‘lash imkoniyati taqdim etiladi;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetida tajriba tariqasida masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.
2020 yil yakuniga qadar majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etishga tayyorgarlik yakuniga yetkaziladi va 2021 yilda ushbu tizim tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida ishga tushiriladi.
2020 yil 1 mayga qadar:
O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat turlari qayta ko‘rib chiqiladi;
mazkur jarayonlarni raqamlashtirish, “frilansing” (masofadan turib ishlash) imkoniyatlarini ommalashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqiladi.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasida:
2020 yil 1 sentyabrga qadar xalqaro standartlarni inobatga olgan holda davlat siri deb hisoblangan ma’lumotlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish hamda uni maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha choralar ko‘riladi;
2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikka doyr milliy strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqiladi;
2020 yil 1 mayga kadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistan Respublikasining milliy strategiyasi tayyorlanadi;
2020 yil 1 iyunga qadar O‘zbekistan Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi;
2020 yil iyul oyida - “Xalqaro do‘stlik kuni” munosabati bilan birinchi marta “Do‘stlik haftaligi” va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivali o‘tkaziladi;
2020 yil may oyida - Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi tashkillashtiriladi.
“Xalqaro munozara klubi”ning tashkil etilishi nazarda tutilmoqda va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, islohotlarni amalga oshirishning muhim masalalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini doimiy ravishda baholab borish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida aholi va ekspertlar o‘rtasida so‘rovlar hamda o‘rganishlar o‘tkazib borish.
Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart.Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.Yurtimiz "Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi" boʻyicha 2019-yilda 8 pogʻonaga koʻtarilgan boʻlsa-da, hali judayam orqadamiz.Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.Albatta, "raqamli iqtisodiyot"ni shakllantirish kerakli infratuzilma, koʻp mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.Biroq, qanchalik qiyin boʻlmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech boʻladi.Shu bois, "Raqamli iqtisodiyot"ga faol oʻtish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi.Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng ogʻir illat – korrupsiya balosini yoʻqotishda ham samarali vositadir.Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor.Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkin.
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʻtarish maqsadida, men yurtimizda 2020-yilga "Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili", deb nom berishni, taklif etaman".Davlatimiz rahbarining taklifi qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasi menda katta taassurot qoldirdi. Chunki, Saylov Kodeksi kuchga kirgandan so‘ng saylangan parlament, shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi marta tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi a’zolari oldida qilingan Murojaatnoma ilk marotaba to‘g‘ridan-to‘g‘ri televideniyaning barcha kanallarida uzatildi. Buni O‘zbekistondagi ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik islohotlarining yaqqol natijasi sifatida ko’rish mumkin.
Murojaatnomada 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar xususida so‘z bordi. Eng muhimi, Davlatmiz rahbari barcha davlat hokimiyati organlari oldida turgan dolzarb va muhim vazifalarga to‘xtalib, ularni hal etish mexanizmini ochib berganligi muhim ahamiyat kasb etadi.3
Fikrimizcha, ushbu Murojaatnoma tarixda o‘z o‘rniga ega bo’ladi. Negaki, qo‘yilgan vazifalar hozirgi zamon bilan hamnafas, ko‘p yillardan beri xalqimizni o‘ylantirib-qiynab kelayotgan muammolarni hal etishga xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida, O‘zbekistonda xalq manfaati har narsadan ustunligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda ilm-ma’rifat orqali barcha sohalarni rivojlantirayotgan davlatlargina taraqqiyotga erishayotgani hech kimga sir emas. Shu nuqtai nazardan, bolalarni tarbiyalashdan iqtisodiyotni rivojlantirishga qadar bo‘lgan barcha islohotlarda ilm-fan yutuqlariga tayanilsagina, yuksak maqsadlarga erishish mumkinligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun, turli sohalardagi fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun grant mablag‘lar ajratish mexanizmini takomillashtirish hamda ilm-fan yutuqlarining elektron maydonini yaratish, zamonaviy ishlanmalar bazasini shakllantirish muhim vazifalar sifatida belgilandi.
Respublikamizda axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish sohasida tizimli ishlar qilinmoqda. Lekin shiddat bilan rivojlanayotgan davrda zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun doimiy izlanish, yangilikga intilish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Bu avvalam bor, iqtisodiyotimizni yangi asoslarda taraqqiy ettirish, uning barcha sohalariga axborot texnologiyalarini joriy etish va shu asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni taqozo etadi. 
Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek, buning uchun yosh kadrlarni tarbiyalash, “bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlanishi davlat boshqaruv tizimida zamonaviy usullarni qo‘llashga, byurokratik boshqaruvdan butkul qutilishga xizmat qiladi.
Respublikamiz hududlarida “IT park”larning tashkil etilishi kelajakda barcha sohalarda “raqamli asosda” davlat xizmatlari ko‘rsatishidan darak beradi. Shu bilan birga, dunyo bozorlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, shu jumladan, dasturiy mahsulotlarni elektron maydonlar orqali sotish imkoniyatini yaratadi hamda xizmat ko‘rsatish eksportini o‘sishiga olib kelishi shubhasizdir.
“O‘zagrosug’urta” AJ tizimida axborot texnologiyalarni rivojlantirish, aholimizga, birinchi navbatda, yoshlarga, tadbirokor va fermerlarimizga elektron xizmat ko‘rsatish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Misol uchun, 2020 yilda Jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalar qatoriga sug‘urta xizmatlarini elektron asosda amalga oshirish, barcha hisobotlarni qog‘oz shaklidan voz kechib, ularni elektron dastur asosida shakllantirish va umumlashtirish, xalqaro standartlar asosida buxgalteriya va moliya hisobotlariga o‘tish masalalari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Jamiyat tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassislarni chet ellarda o‘qitish va malakasini oshirish 2020 yilgi ustuvor vazifalarimizdan hisoblanadi. 4

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish” yo‘nalishining muhim chora-tadbirlari


Har qanday zamonaviy sosial hodisa, xususan, davlat boshqaruvi kabi katta ijtimoiy ahamiyatga molik hodisani tushunishga intilish bizni bu masalaning tabiati va mohiyatiga murojaat qilishga undaydi. Jamiyatda yuz beradigan ko'pgina voqea-hodisalar boshqaruv masalasi bilan bog'liq. Lotincha "administratio" degan atama rahbarlik qilishni (kimgadir, nimagadir) bildiradi. Boshqaruv – bu hech istisnosiz barcha tashkilot a'zolarining faoliyat yo'nalishini ta'minlaydigan, butun tashkilot va uning ayrim qismlarini belgilangan maqsad doirasida ushlab turadigan ushbu tashkilotning spesifik, ya'ni o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan idorasining vazifasi. Masalan, davlat musassasasidagi bo'lim xodimlar ish vaqti, ular mehnatining miqdori va sifatini, boshqa bo'limlar bilan munosabatlar va boshqa holatlarni nazorat qiladigan me'yor va qoidalarga ega. Hech shubhasiz, boshqaruv jarayoni tavsifini aniqlar ekan, G.Fayol o'sha zamon – XX asr boshidagi tashkilotni nazarda tutgan. Zamonaviy tashkilotlar esa ancha murakkab tuzilma, o'ta takomillashgan texnologiyalar, malakali ishchi kuchiga ega. Buning ustiga, tashkilotlar aksariyat hollarda bugungi bozorlarning murakkab tuzilmasi tarkibida faoliyat yuritadi.
Shu munosabat bilan boshqaruv masalasi hozirgi paytda nozik san'at, shafqatsiz musobaqa, yuksak ilm-fan bilan barobar, rahbarlarning vazifasi esa G.Fayol ishlab chiqqan jadvalga faqat yaqin kelishi mumkin, xolos.
Odatda davlat boshqaruvi haqida gap ketganda, bu so'z ham keng, ham tor ma'noda ishlatiladi. "Davlat boshqaruvi" atamasi keng ma'noda davlatning turli-tuman jamoat aloqalarini tashkil qilish bo'yicha butun faoliyatini bildiradi hamda barcha davlat hokimiyati idoralari – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati ishini qamrab oladi.
"Davlat boshqaruvi" tushunchasining tor ma'nodagi mazmunini sharhlar ekanmiz, ba'zi ma'muriy soha xodimlari bu tushunchaga turli ma'nolar yuklashini qayd etmasdan bo'lmaydi.Zikr etilgan faoliyat shakllari davlatning yagona maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan, lekin ularning har biri davlat idoralari o'rtasidagi "mehnat taqsimoti" shartlari asosida o'z burchiga ega.
Yuqorida bayon qilinganlarni tahlil qilgan holda, quyidagilarni qayd etish mumkin: O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi – bu davlat idoralarining qonunlarni hamda zamonaviy bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat barpo etish vazifalarini bajarish yo'lida o'z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan kundalik qonuniy ijrochilik va ma'muriy faoliyatidan iborat.
Davlat boshqaruvining tavsifi. Davlat boshqaruvi – ijrochilik xususiyatiga ega bo'lgan yagona davlat hokimiyatini amalga oshirish faoliyatining yagona ko'rinishi. Bunday boshqaruv birinchi galda qonunlar, Prezident farmonlarini hayotga joriy etishga qaratilgan. Bundan tashqari, bu qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash uchun davlat idoralari (davlat boshqaruvi sub'ektlari) davlat hokimiyati vakolatlariga ega va bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalar – hokimiyat nomidan buyruqlar berishga haqli. Davlat boshqaruvi xo'jalik, ijtimoiy-madaniy va ma'muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi quyidagi masalalarni nazarda tutadi:
1. Ma'muriy-ijro tizimining yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab harakat qilishi (vertikal sistema).
2. Davlat boshqaruv sub'ektlarining yuridik-hokimiyat vakolatlarini ma'muriy tartibda amalga oshirishi.
3. Boshqaruv sub'ektlari huquqiy me'yorlarni mustaqil o'rnata oladigan ma'muriy qonun ijodkorligi imkoniyatining mavjudligi.
O'zbekiston Respublikasi siyosiy tizimini yanada rivojlantirishga doir masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganish – hozirgi kunda ijtimoiy-siyosiy hamda xumanitar fanlarning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Nega deganda mamlakatimiznining siyosiy tizimini yanada rivojlantirish – bu xalqimiz uchun begona bo'lgan shunchaki nazariy masala emas, balki amaliy ahamiyatga ega bo'lgan masaladir
Avvalgi mavzularda Mamlakatimiz o'z mustaqilligi davrida siyosiy institutlar va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar haqida fikr yuritilgan edi. Bu yo'nalishda amalga oshirilgan ijobiy o'zgarishlar bilan bir qatorda ushbu jarayonning murakkab ekanligini ham ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Jahon tajribasida siyosiy institutlar va siyosiy munosabatlarni shakllantirish va takomillashtirish sohasi qiyinchiliklar orqali kechishi bo'yicha ko'plab misollar bor.
2010 yil 12 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida I.A.Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma'ruza qildi. Ushbu ma'ruzada o'ta dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.
Ma'ruzada ta'kidlab o'tilganidek, o'tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda muhim bir maqsadga, ya'ni hokimiyatlar bo'linishi konstitusiyaviy prinsipini hayotga tatbiq etish, hokimiyatlar o'rtasida o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta'minlash bo'yicha g'oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko'rishga qaratilgan edi.
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
1.1.Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizastiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni
hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
va sud-huquq isloxotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvining markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minoti darajasini oshirish, hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shahslaring huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.5 Shu kabi davlat boshqaruv tizimidagi dasturlar ishlab chiqilgan va hozirgi kunda amalyotda ham keng qo’llanilib kelinmoqda.
Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” yo‘nalishining ustuvor jihatlari
Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ma’muriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda. Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‘z vaqtida olinishini ta’minlash nazarda tutilmoqda. Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek ushbu yo‘nalish 2018-2021-yillarda jinoyat va jinoyatprotsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish, tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvoryo’nalishlari
2.1.Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash,
sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish
va takomillashtirish: sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag`batlantirish va ijtimoiy ta’minlash darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sudyalarga g`ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish; sudning mustaqilligi va beg`arazligi, sud prostessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqligi tamoyillarini xar tomonlama tatbiq etish;
«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalarini joriy qilish.
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:
fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko’rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo’lish holatlariga yo’l qo’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
fuqarolarining hususiy mulkka bo’lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish:
jinoyat va jinoyat-prostessual qonunchiligini takomillashtirish
va liberallashtirish, alohida jinoyi qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik sud ish yurituvining prostessual asoslarini takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir birini takrorlovchi vakolat va instanstiyalarni qisqartirish;
elektron sud ish yurituvi va ijro ishi yurituvining zamonaviy shakl
va usullarini joriy etish.
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;
korrupstiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupstiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini o’qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotastiya qilish tizimini takomillashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo’yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va ho’jalik ishlarini ko’rib chiqishda advokat o’rnini oshirish; notariat va FHDYo organlari tizimini isloh qilish.6
Iqtisodiyotni rivojlantirish va investisiyalarni faol jalb qilish” yo‘nalishining asosiy tadbirlari
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish: makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institusional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash; xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.7
Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish: milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish; ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish; yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish; iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish; turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikasiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.
Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish: tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish; sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va irrigasiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish; kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish.
2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5-yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.8
Ijtimoiy rivojlanish” yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta’minoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish,
kam ta’minlangan oilalarni va aholining daromadlari bo’yicha farqlanishi darajasini yanada qisqartirish;
byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalarning hajmini inflyastiya sur’atlariga nisbatan jadal miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;
yangi ish o’rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus
va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining oqilona bandligini ta’minlash, mehnat bozori infrastrukturasining mutanosibligi va rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish;
9mehnatga qobiliyatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini oshirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish; Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish: aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
sog`liqni saqlash sohasini, eng avvalo, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo’g`ini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholining sog`lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish;
pensionerlar, nogironlar, yolg`iz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga
tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
farmastevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, ular narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; aholi kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va hayotining davomiyligi uzayishini ta’minlash.
Arzon uy-joylar qurish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi
yo’l-transport, muhandislik-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizastiya qilish:
aholining, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar
va fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifalarining yashash shart-sharoitlarini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shaharlar va qishloq joylarida arzon uylarni qurish orqali yanada yaxshilash;
kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv o’tkazish tarmoqlarini qurish, zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarida aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini tubdan yaxshilash;
odamlar yashashining ekologik xavfsizligini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizastiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindi
yo’q qilishning zamonaviy ob’ektlari bilan ta’minlash;
aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish, yangi har tomonlama qulay avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostanstiyalarni qurish hamda rekonstrukstiya qilish;
yo’l infrastrukturasi qurilishi va rekonstrukstiya qilinishini jadal davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish, xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash; yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizastiya qilish asosida aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilg`i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; teatr-tamosha, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstrukstiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi
va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’rish;
bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun maktabgacha ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug`ullanishga jalb qilish, ularni musiqa va san’at olami bilan bog`lash maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstrukstiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovastiya faoliyatini rag`batlantirish, ilmiy va innovastiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:jismonan sog`lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai-nazariga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy
va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta‘minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish” yo‘nalishidagi sa‘y-harakatlar


Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar: O’zbekiston Respublikasining konstitustiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida
va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish;
fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish;
atrof-tabiiy muhit, aholi sog`lig`i va genofondiga putur etkazuvchi ekologik muammolarning oldini olish; favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish. Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar: davlat mustaqilligi va suverenitetini mustaxkamlash, mamlakatning halqaro munosabatlar to’la huquqli sub’ekti sifatida o’rni va rolini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik mintaqasini
vujudga keltirish; O’zbekiston Respublikasining halqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni etkazish;
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb
nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017-yilga mo‘ljallangan savdoiqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda. Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion so‘m va 8,3 milliard AQSh dollari yo‘naltiriladi. Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tuzilmoqda. Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo‘nalishining har biri bo‘yicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan. Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda. Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishlaydi.

Xulosa
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq etishda, aholinig ijtimoiy turmush tarzini yanada ko‘tarishda, qolaversa xalqning farovon hayoti uchun bevosita o‘z ta‘sirini ma‘lum bir ma‘noda o‘tkazishda, siyosiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi omil sifatida hayotiy siklda bevosita ishtirok etuvchi korxona-tashkilotlarning o‘rni bozor munosabatlari davrida muhim ahamiyatni kasb etadi. Bu omillarning rivojlantirishda va hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirib, sog‘lom raqobat muhitida o‘z mavqega ega bo‘lishda, davr talabiga monand ilmiy tixnik va ma‘naviy yangiliklarning o‘z vaqtida amaliyotda tadbiq qila oladigan kadrlarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qator me‘yoriy qonun hujjatlari qabul qilingan. Shulardan, ―Mehnat kodeksi‖, ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi, ―Aholini ish bilan ta‘minlash to‘g‘risida‖gi qonunlari, ―Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadr malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida‖gi Prezident Farmoni kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Zamonaviy korxonalar faoliyatini samarali ta‘minlashda mehnat qurollari va predmetlaridan inson resurslari – kadrlar muhim ahamiyatga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradi hamda samarali boshqaruv jarayonini ta‘minlaydi. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxona va tashkilotning, iqtisodiy, moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun, turmushi barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda jiddiy xavf–xatar ham tug‘diradi, amalda har bir kishining hayotiga ma‘lum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda kadrlarni boshqarish alohida ahamiyatga ega, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashish, tashkilotdagi samarali boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish masalalarining butun majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ma‘naviyat va qadriyatlarning ustuvorligiga butunlay yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi. 3. O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish kadrlarni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya‘ni xodimlar bilan ta‘minlash, ularning samarali ishlashi, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishni shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra korxona va tashkilotlarda samarali boshqarish tizimi shakllantiriladi. 4. Ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalrni tashkil etish va uni samarali boshqarishda turli xil motivatsion usullarini ko‘proq joriy etish orqali kadrlar tizimini rivojlantirish hamda ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini oshiradi.



Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish