Milliy iqtisodiyotning jahon bozoriga integratsiyalashuvida raqobatbardoshlilikning
ahamiyati
Milliy iqtisodiyotni shakllantirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va
liberallashtirishni rivojlantirish jarayonida iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tarkibiy
tuzilishini takomillashtirishga va tarkibiy qismlar o‗rtasidagi mutanosiblikni oqilona
nisbatda saqlashga jiddiy e‘tibor berilganligi uchun mamlakatimizda hozirda barqaror
iqtisodiy o‗sish ta‘minlanmoqda. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan asosiy
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar va ularning rivojlanish tendensiyalari salmoqli darajada
bo‗ldi. Ma‘lumki, makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar - bu muayyan mamlakatning yaxlit
iqtisodiyoti doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni hisoblash hamda baholash
imkoniyatini yaratuvchi ko‗rsatkichlar tizimidan iborat.
O‗zbekistonda istiqlol yillarida asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar bo‗yicha ijobiy
tendensiya uzluksiz ravishda qayd qilinganini ko‗rish mumkin. Darvoqe, dunyoning
aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‗sish sur‘atlari sezilarli darajada tushib ketgan, ishlab
chiqarish keskin pasaygan yillarda ham O‗zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‗sish
sur‘atlari yuqori darajada saqlab qolishga harakat qilingan. Har qanday mamlakatning
rivojlanishini ko‗rsatish va iqtisodiy islohotlarning natijasini baholash uchun yalpi ichki
mahsulotning o‗sish sur‘ati va uning tendensiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Istiqlol
yillarida davlatimiz tomonidan belgilangan iqtisodiy islohotlar strategiyasi va amalga
oshirilib kelinayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning barqaror faoliyat ko‗rsatishiga va
uning yuqori o‗sish sur‘atlari izchilligini ta‘minlanishiga, xususan, yalpi ichki
mahsulot(YAIM) ning yuqori sur‘atlarda va barqaror o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lishiga
va mamlakatimizning salohiyati jahonda kun-sayin yuksalishiga asos bo‗lmoqda.
YAIMni ishlab chiqarish 2017 yil yakunlari bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi yalpi
ichki mahsuloti joriy narxlarda 254 043,1 mlrd. so‗mni tashkil qildi va 2016 yilga nisbatan
taqqoslaganda 5,2 % ga o‗sdi. YAIM ning 1991-2017 yillarda o‗rtacha yillik o‗sish sur‘ati
4,5 % ni tashkil qilgan. Jumladan, 1991-2017 yillarda YAIM ning o‗sish sur‘atlari, o‗tgan
yilga nisbatan % hisobida. O‗zbekiston o‗zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi
natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan qisqa muddatlarda, ya‘ni 1996
yildayoq iqtisodiy pasayishning oldini olgan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlagan va
iqtisodiyotda tarkibiy o‗zgarishlar bilan bog‗liq asosiy iqtisodiy masalalarni amalga
oshirishga kirishgan. 1996-2017 yillar davomida iqtisodiy o‗sishning o‗rtacha yillik
sur‘atlari 6,4 % ni tashkil qilgan.
Mamlakatimizda oxirgi 10 yilda, ya‘ni, 2008 yildan 2017 yillargacha YAIM 2,1
barobarga o‗sgan. Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillari va manbalari tahlilidan keyingi 10 yil
davomida iqtisodiyotning yuqori o‗sish sur‘atlari qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishning
322
1,8 marta (2008-2017 yillar uchun o‗rtacha yillik o‗sish – 6,1 %), sanoatda – 1,7 marta (5,4
%), qurilishda – 3,4 marta (13,4 %), xizmatlar sohasida – 2,3 marta (8,8 %) o‗sganligi
hisobiga ta‘minlangan. Oxirgi 10 yillikda (2008-2017yillar) YAIM va tarmoqlar kesimida
yalpi qo‗shilgan qiymatning o‗sish sur‘atlari, 2007 y. = 100%. 2008-2016 yillar uchun
YAIM deflyatori indeksi 126,8 % dan 109,6 % gacha kamaygan. 2017 yilda YAIM
deflyatori indeksining nisbatan yuqori darajasi, ya'ni 120,8 %i qayd
194
etilgan, bu esa
asosan, 2017 yil sentyabr oyida valyuta bozorini liberallashtirish va milliy valyutaning
devalvatsiyasi bilan bog‗liq hisoblanadi. Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi,
investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining
oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o‗zgarishlarining yuz berishi ta‘minlangan.
Tarkibiy o‗zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida
mamlakat iqtisodiyoti tarkibi jihatdan muttasil ravishda diversifikatsiya qilib borilmoqda.
Mustaqillik yillarida sanoat tarmog‗i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyati yanada
kengaytirilishi natijasida Yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo‗jaligi ulushining
bosqichma-bosqich qisqarishi, masalan, 1995 yilda 32,4 % dan 2017 yilda 19,7 % ga
tushganligi, ushbu tendensiyani tasdiqlaydi. Shu bilan birga, YAIM tarkibida qishloq
xo‗jaligi ulushining kamayishi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining ijobiy o‗rtacha yillik
o‗sish sur‘atlari natijasida kelib chiqqan. Sanoat tarmog‗ini diversifikatsiyalash,
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‗yicha chora-tadbirlarning qabul
qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o‗sishi va yalpi
ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi qurilishni qo‗shib hisoblaganda 1995 yildagi
27,8 % dan 2017 yilda 34,1 % gacha oshishiga erishilgan. Shuningdek, xizmatlar sohasining
rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o‗sishining muhim
omillaridan bo‘lmoqda. Xizmat ko‗rsatish va servis sohasini isloh qilish bo‗yicha
tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida
iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylanib bormoqda. Zero, xizmatlar
sohasining Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1995 yildagi 39,8 % dan 2017 yilda 46,2 %
gacha oshdi.
Mamlakatimizda muntazam ravishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng
ustuvor va muhim yo‗nalishlari belgilab beriladi. Davlatimiz tomonidan belgilab
berilayotgan ustuvor maqsad va yo‗nalishlarda chuqur iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
natijasida milliy iqtisodiyotning barcha jabhalarida salmoqli marralar va katta yutuqlarga
erishilib kelinmoqda. Mazkur xususiyat mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim
ko‗rsatkich hisoblangan yalpi ichki mahsulotga ham xos tendensiyadir. Jumladan,
O‗zbekistonda yalpi ichki mahsulotning uzoq yillar davomida barqaror va yuqori o‗sish
sur‘atlariga ega bo‗lganligi mamlakatimizda erishilgan natijalarni isbotlovchi asos desak,
mubolag‗a bo‗lmaydi. Shuningdek, mamlakatimizning yigirma yetti yildan ortiq mustaqil
taraqqiyoti mobaynida yalpi ichki mahsulotning salmoqli ortganligi, istiqlol yillarida yalpi
ichki mahsulotning mutlaq qiymatlardagi o‗sishi ham barqaror ravishda yuksalib
borayotganini ko‗rsatadi. Bu milliy iqtisodiyotning yuqori sur‘atlarda barqaror o‗sishi
makroiqtisodiy mutanosiblikni ta‘minlashga, ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini
takomillashtirishga va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni ta‘minlash
natijasida milliy iqtisodiyot va uning ishlab chiqarish tizimini mustahkamlashga
erishilmoqda. Shu bois iqtisodiy islohotlarni yanada kuchatirish va chuqurlashtirish
mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini muttasil oshirishga asos bo‘ladi.
194
Stat.uz
323
A. Ibodullayev - TMI
D.X. Zaripova - talaba, TMI
Do'stlaringiz bilan baham: |