―ИҚтисодиёт‖ факультети


Milliy qishloq xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

 
Milliy qishloq xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari 
 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri qishloq xo‗jaligi bo‗lib, 
O‗zbekistonda mustaqillik yillarida agrar xo‗jalikni isloh qilish natijasida qator ijobiy 
yutuqlarga erishildi. Bu tarmoqdagi islohotlarda dastlab qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi 
barqarorligini ta‘minlashga va izchil bozor munosabatlarini shakllantirishga ahamiyat 
berildi. Shu bois o‗tish bosqichida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror 
ta‘minlashga va tarmoqni uzluksiz rivojlantirishga erishildi. Bugungi kunda milliy 
iqtisodiyotimizning barcha tarmoq va sohalari singari qishloq xo‗jaligining ham barqaror va 


369 
muttasil rivojlanib borayotganligini aniq ma‘lumotlar asosida ko‗rish mumkin. Zero, 
qishloq xo‗jaligi iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlari va 
sanoat ishlab chiqarishi uchun xom ashyo yetkazib berish kabi muhim vazifalardan tashqari, 
ayni paytda bu tarmoq sanoat tovarlarining asosiy iste‘molchisi sifatida ham faoliyat 
yuritadi. Shuning uchun umumiqtisodiyotdagi tendensiyalar qishloq xo‗jaligiga ta‘sir 
ko‗rsatganidek, bu tarmoqdagi har qanday o‗zgarish butun iqtisodiyotning barqaror 
faoliyatiga, tarmoq va hududiy tarkibining takomillashuviga, iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining 
jadallashuviga omil bo‗lish orqali milliy turmush farovonligining yuksalishiga zamin 
yaratadi. Mamlakatimiz qishloq xo‗jaligi iqtisodiyotida amalga oshirilgan islohotlar 
natijasida fermer xo‗jaliklari bugungi kunda tabiiy ravishda agrar mahsulotlarni ishlab 
chiqaruvchi tayanch kuchga aylandi. Jahon amaliyotining uzoq muddatli tajribasida fermer 
xo‗jaliklarining samarali tuzilma ekanligi va erkin raqobatga bardshliligi orqali bozor 
kon‘yukturasiga moslashuvchanligi tasdiqlangan.
O‗zbekistonda ham fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy shart-
sharoitlar yaratildi va huquqiy-me‘yoriy asoslari ishlab chiqildi. Natijada mamlakatimizda 
fermer xo‗jaliklarining bozor iqtisodiyoti talablariga binoan moddiy-texnik asosi, 
moliyalash mexanizmlari shakllantirilib muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga imkoniyat 
yaratildi. Shuning uchun agrar tarmoqda bozor munosabatlarini shakllantirish fermer 
xo‗jaliklarining tashkil etilishi bilan xarakterlanadi va bu jarayon izchillik asosida 
bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Davlatimiz tomonidan ko‗rsatilayotgan amaliy yordam 
tufayli qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uzluksiz ravishda o‗sib bormoqda.
Xususan, uzoq yillardan beri qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishining 
o‗sish sur‘atlari o‗rtacha 5-6 foizni tashkil etgan. Respublikamizda amalga oshirilib 
kelinayotgan islohotlar va o‗zgarishlar kelajakda agrar ishlab chiqarish samarasini yanada 
oshishiga va taraqqiyotiga mustahkam asos bo‗lib xizmat qiladi. Berilgan ma‘lumotlarga 
ko‘ra 2017 yilda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 69 504,2 
mlrd. so'mni yoki 2016 yilga nisbatan 102,0 foizni, shu jumladan dehqonchilik va 
chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar – 68 906,7 mlrd.so'mni 
(101,9 foiz), o'rmon xo'jaligida – 117,9 mlrd.so'mni (101,6 foiz), baliq xo'jaligida – 479,6 
mlrd.so'mni (126,8 foiz) tashkil qilgan. Xususan bu borada yuqori o'sish sur'atlari 
Surxondaryo (106,6 foiz), Navoiy (104,1 foiz) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida (103,8 foiz) va Farg‘ona (103,3 foiz) viloyatida kuzatilgan. Xorazm (100,1 
foiz), Toshkent va Qashqadaryo (100,8 foiz) vilotlarida esa past sur'atlar kuzatilgan. 
Respublikaning qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida 
Samarqand viloyatining ulushi 13,1 foizni tashkil etib, hududlar boyicha yetakchilik qilgan, 
Toshkent va Andijon viloyatlari mos ravishda 12,1 foiz va 10,7 foiz ko'rsatkich bilan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,8 foiz), Sirdaryo (4,2 foiz) va Jizzax (4,9 foiz) 
viloyatlarida qayd etilgan. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari 2017 yilda ishlab chiqarilgan 
qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmining o'sishi 2016 yilga nisbatan 101,9 foizni, shu 
jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 100,7 foizni, chorvachilik mahsulotlari – 104,2 
foizni tashkil qilgan. Xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlillar, qishloq xo'jaligi mahsulotlar 
umumiy hajmining 63,6 foizi – dehqon xo'jaliklariga, 34,7 foizi fermer xo‘jaliklariga –1,7 
foizi – qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g‘ri kelishini 
ko'rsatmoqda. 
Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining ulushi xo'jaliklar toifalari bo'yicha 
taqsimlanishi hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ko'rsatkichlar barcha 
hududlarda dehqon xo'jaliklariga to'g‘ri kelishi kuzatilgan. Dehqonchilik 2017 yilda ishlab 
chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 46 890,6 mlrd.so'mni yoki 2016 yilning 


370 
mos davriga nisbatan 100,7 foizni tashkil etgan. Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi 
mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 69,0 fozni tashkil 
qilgan. Hosilni yig‘ib olish. 2017 yilda 3 014,6 ming tonna (101,9 foiz) kartoshka ishlab 
chiqarildi, 11 433,6 ming tonna (101,4 foiz) sabzavotlar, 2 094,8 ming tonna (102,4 foiz) 
oziqbop poliz, 3 076,3 ming tonna (101,1 foiz) meva va rezavorlar, 1748,9 ming tonna 
(100,8 foiz) uzum yig‘ib olingan. Bundan tashqari 8,1 mln.tonnadan ortiq don ekinlari 
ishlab chiqarilgan, 2,9 mln.tonnadan oshiq paxta xom-ashyosi yig‘ib olingan. Dehqon 
xo'jaliklari dehqonchilik mahsulotlarining aksariyat turlarini asosiy ishlab chiqaruvchilari 
bo'lib kelmoqda, o‘tgan yili kartoshka umumiy hajmining 77,9 foizi, sabzavotlarning 66,2 
foizi, meva va rezavorlarning 53,5 foizi ular tomonidan ishlab chiqarilgan. Don ekinlarining 
esa asosiy qismi fermer xo'jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilgan ushbu 
mahsulot hajmining 80,7 foizi ular hissasiga to‘g‘ri kelagan.Chorvachilik 2017 yilda 
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 21 076,4 mlrd.so'mni yoki 2016 yilning 
mos davriga nisbatan 104,2 foizni tashkil qilgan. Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi 
mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 31,0 foizni tashkil 
etgan. 2017 yilda barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan tirik vaznda 2281,1 ming tonna 
go'sht (2016 yilga nisbatan 5,0 foizga ko‘p), 10083,2 ming tonna sut (3,9 foizga), 6605,5 
mln.dona tuxum (7,4 foizga), 30,1 ming tonna jun, 1089,7 (3,3 foizga) ming dona qorako'l 
teri ishlab chiqarilgan. 
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari 
bo'yicha tahlili, tirik vaznda go'shtning umumiy hajmidan 94,0 foizi dehqon xo'jaliklari 
hissasiga to‘g‘ri kelishini qayd etish lozim, shuningdek, sutning 95,6 foizi, tuxumning 60,8 
foizi, junning 87,5 foizi, qorako‘l terining 83,2 foizi ham
236
dehqon xo'jaliklari hissasiga 
to‘g‘ri kelmoqda. Shundan kelib chiqib, erishilgan yutuq va marralarni muttasil oshirish 
maqsadida mamlakatimizda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish, 
istiqboldagi eng muhim vazifa boshlangan faoliyatlarni izchil davom ettirish – iste‘mol 
talabini kengaytirish, mehnatga haq to‗lash tizimini yanada oshirish, xizmat ko‗rsatish 
sektori va infratuzilma obyektlarini rivojlantirish talab etiladi. 
А.А. Азларова - и.ф.н. доц., ТДИУ 
Ш.С. Султонов - магистрант, ТДИУ

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish