Иқтисодиёт асослари-1 (Иқтисодий таълимотлар тарихи) фанидан якуний тестга тайёргарлик саволлари



Download 55,39 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi55,39 Kb.
#795338
Bog'liq
Саволнома Иқтисодиёт асослари-1


Иқтисодиёт асослари-1 (Иқтисодий таълимотлар тарихи) фанидан якуний тестга тайёргарлик саволлари

  1. Nazariya - bu nima?

  2. Iqtisodiy fikrlash tushunchasini aniqlang.

  3. Ilmiy maktab deganda nimani tushunasiz?

  4. Iqtisodiy qarashlar tizimi ...

  5. Iqtisodiy g‘oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayonini qaysi fan o‘rganadi?

  6. Iqtisodiy g‘oya,qarash, nazariya, qonun, ta’limot va konsepsiyalar kimlar tomonidan ilgari suriladi?

  7. Qaysi fanda muhim iqtisodiy kategoriyalar so‘nggi davr uchun tahlil etiladi?

  8. Qaysi fanda jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g‘oya va nazariyalar tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etiladi?

  9. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rganishning evolyutsion yo‘li nimani anglatadi?

  10. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rganishning inqilobiy yo‘li nimani anglatadi?

  11. Iqtisodiy fan antik davrdan kapitalistik munosabatlarning rivojlanishigacha bo‘lgan davrda (XVII asrgacha) qanday nomlangan?

  12. Iqtisodiy fan iqtisodiy ta’limotlarning alohida fan tarmog‘i bo‘lib shakllanishi va rivojlanishi davri (XVIII-XIX asrlar)da qanday nomlangan?

  13. Turli maktablar va yo‘nalishlar sifatida taqdim etiladigan zamonaviy iqtisodiyot fani qanday nomlanadi?

  14. O‘tish davri iqtisodiyoti bo‘yicha g‘oyalar qaysi davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi?

  15. B.Gildebrand bo‘yicha xo‘jalik rivojlanishining tarixiy rivojlanish davrlarini ko‘rsating.

  16. K. Marksning formatsion rivojlanish nazariyasi bo‘yicha iqtisodiy rivojlanishning tarixiy bosqichlarini to‘g‘ri aniqlang.

  17. Dastlabki iqtisodiy fikrlar qaysi davrdan boshlab yuzaga kela boshlagan?

  18. Siyosiy iqtisod bo‘yicha klassik ilmiy asar – «Kapital»ning muallifini ko‘rsating.

  19. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi qachondan boshlanadi?

  20. Qadimgi iqtisodiy qarashlar ustun darajada nimalarga tayangan?

  21. Qadimgi iqtisodiy qarashlar qanday operatsiyalarga qarshi bo‘lgan?

  22. Dastlab quldorlik jamiyati qayerda va qachon yuzaga kelgan?

  23. Konfutsiy g‘oyasi bo‘yicha boylikning manbaini ko‘rsating.

  24. Konfutsiy qanday mulklarni farqlaydi?

  25. “Ekonomiya” so‘zining mazmunini ayting?

  26. Platon ajratgan aholini uch toifasini ko‘rsating.

  27. Platon kimlar davlatni boshqaruvchilari bo‘lishi kerak deydi?

  28. Katon Starshiy “Dehqonchilik” asarida nima sababdan qullar yoshligidan sotib olinishi kerak deydi?

  29. Lyutsiy Kolumella qanday iqtisodiy g‘oyani ilgari suradi?

  30. Avreliy Avgustin Blajenniy qanday iqtisodiy g‘oyani ilgari suradi?

  31. Nima sababli Sharqda “davlat feodalizmi”ning turli shakllari saqlandi?

  32. Qur’oni Karimda nima xarom qilindi?

  33. Ibn Xaldun fikricha, davlatning kuchi va qudrati nimaga bog‘liq?

  34. Adam Smitning iqtisodiy ta’limotiga ko‘ra mamlakatni iqtisodiy bo‘xrondan chiqarish uchun nimalar talab qilinadi?

  35. Amir Temur davridagi yer va mulkchilikning asosan mavjud bo‘lgan to‘rtta shaklini ko‘rsating:

  36. “Davlatu saltanat uch narsa mulk, xazina va lashkar bilan tikdir” iborasining muallifi kim?

  37. “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo uning tarixini uyg‘otish zarur” iborasining muallifi kim?

  38. “Insonning bir marta qornini to‘ydirmoqchi bo‘lsang unga baliq ber, agar uni bir umr to‘ydirmoqchi bo‘lsang unga qarmoq ber” iborasining muallifi kim?

  39. “Bozor - bu hunarmandchilikni mukammallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir” iborasining muallifi kim?

  40. “Vazir ko‘zining to‘q bo‘lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko‘zi och odam bor olamni yesa ham to‘ymaydi” iborasining muallifi kim?

  41. “Qul - tirik qurol, qandaydir tirik mulk”, degan fikr kimga tegishli?

  42. Qullar “gapiruvchi qurollar”, degan fikr kimga tegishli?

  43. “Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog‘liqdir” iborasining muallifi kim?

  44. Merkantilizm ta’limotiga ko‘ra boylik qaysi sohada yuzaga keladi?

  45. Merkantilistik g‘oyalar aksariyat holda kimlarning asarlarida o‘z ifodasini topgan?

  46. Merkantilizm milliy ko‘rinishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan davlatni ko‘rsating:

  47. Merkantilizm ta’limoti kelib chiqishiga turtki bo‘lgan omilni ko‘rsating.

  48. Bullionizm nima?

  49. Merkantilizm iqtisodiy konsepsiyasi qaysi tabaqa manfaatlariga javob berar edi

  50. Merkantilistlar qanday iqtisodiy g‘oyani ilgari surganlar?

  51. Merkantilizmga ko‘ra davlat farovonligining manbai nimada?

  52. Merkantilizmning tadqiqot predmetini ko‘rsating.

  53. Ilk merkantilizmda monetarizm (pul balansi) siyosatining mazmunini tushuntiring.

  54. Faol savdo balansida:

  55. Rivojlangan merkantilistlarning siyosati ilk merkantilistlardan nima bilan farq qilgan?

  56. Birinchi bo‘lib “siyosiy iqtisod” tushunchasini kiritgan merkantilizm namoyondasini ko‘rsating.

  57. Merkantilistlarning kamchiliklarini ko‘rsating.

  58. Ilk klassik iqtisodiy maktab qaysi davlatda vujudga kelgan?

  59. Merkantilizmning tarixiy ahamiyatini ko‘rsating.

  60. Merkantilizm ta’limoti Fransiyada qanday nom olgan?

  61. Merkantilizm ta’limoti Germaniyada qanday nom olgan?

  62. Angliyada 1563 yilda haftasiga ikki kun go‘sht iste’mol qilishni taqiqlashdan ko‘zlangan maqsad nima edi?

  63. Monetarizm (pul balansi) siyosatiga muvofiq quyidagi tadbirlarning qaysi biri mamlakatdan oltin va kumush tangalarning chiqib ketishining oldini olishga xizmat qilgan?

  64. Monetarizm (pul balansi) siyosatiga muvofiq quyidagi tadbirlarning qaysi biri mamlakatga oltin va kumush tangalarning kirib kelishini ta’minlashga xizmat qilgan?

  65. “Nol summa”dan o‘yin boshlash strategiyasining mazmuni ...

  66. Merkantilizm o‘rniga qanday ta’limot vujudga keldi?

  67. Klassik iqtisodiy maktab predmetini ko‘rsating.

  68. Klassik iqtisodiy maktab asoschisi kim?

  69. Klassik iqtisodiy maktabning merkantilizmdan farqi nimada?

  70. Fiziokratlar maktabining shakllanish davrini ko‘rsating.

  71. Fiziokratlar maktabi qayerda vujudga kelgan?

  72. Fiziokratlar ta’limoti bo‘yicha boylik qaysi sohasida paydo bo‘ladi?

  73. Fiziokratlar ta’limotining yetakchisini ko‘rsating.

  74. F.Kenening «Iqtisodiy jadvalida» qanday muammolar tadqiq etiladi?

  75. F.Kenening sinflar nazariyasi ko‘ra unumsiz sinf tarkibiga kimlar kiritilgan?

  76. F.Kene nima sababdan savdogarlar, hunarmandlar, xizmatkorlar, ishchilar, amaldorlarni “unumsiz sinf”, deb ataydi?

  77. F.Kene “Iqtisodiy jadval”ining kamchiligi nimada?

  78. F.Kenening takror ishlab chiqarish modelida kredit qanday rol o‘ynaydi?

  79. F. Kenening iqtisodiy jadvalining tarixiy ahamiyatini ko‘rsating

  80. V.Petti qanday nazariyaning asoslarini yaratdi?

  81. V.Petti qanday fanga asos solgan?

  82. V.Pettining iqtisodiy qarashlari bo‘yicha boylik qaysi sohada yaratiladi?

  83. V.Pettining iqtisodiy qarashlari bo‘yicha pulning asosiy funksiyasini ko‘rsating

  84. V.Pettining daromad nazariyasi bo‘yicha ish haqini ko‘rsating

  85. V.Pettining daromad nazariyasi bo‘yicha yer bahosi qanday aniqlanadi?

  86. V.Pettining daromad nazariyasi bo‘yicha renta nima?

  87. “Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onsidir” iborasining muallifi kim?

  88. Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisini ko‘rsating.

  89. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari bo‘yicha qiymat qanday o‘lchanadi?

  90. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari bo‘yicha nima iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak?

  91. Jak Tyurgoning iqtisodiy qarashlari bo‘yicha qiymat qanday aniqlanadi?

  92. Jak Tyurgoning iqtisodiy qarashlari bo‘yicha baho qanday aniqlanadi?

  93. Ilk bor kapital egalari va yollanma ishchilar sinfini kim ajratgan?

  94. “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot" asarini muallifini ko‘rsating.

  95. A.Smit va D.Rikardo qaysi iqtisodiy maktabning yirik vakillari hisoblanadi?

  96. Sanoat inqilobi qayerda yuz bergan?

  97. Sanoat inqilobi dastlab qaysi sohada boshlangan?

  98. Yollanma ishchilarning qo‘l mehnatiga asoslangan, alohida ishlab chiqarish operatsiyalari bo‘yicha mehnat taqsimotiga ega korxona ...

  99. Mashinalarga asoslangan, ommaviy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat korxonasi ...

  100. A.Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot" asarida kimning moliyasi o‘rganilgan?

  101. A.Smitning tadqiqot predmetini ko‘rsating.

  102. A.Smit qarashlariga muvofiq mehnat unumdorligini oshirishning asosiy omili – bu ...

  103. A.Smit qanday faoliyatni butun jamiyatga naf keltiruvchi, deb qaraydi?

  104. A.Smit qarashlariga muvofiq “iqtisodiy inson” – bu ...

  105. A.Smit qarashlariga muvofiq “tabiiy tartib” ...

  106. A.Smitning qiymat va daromadlar nazariyasi ko‘ra tovarning xususiyatlarini ko‘rsating.

  107. A.Smitning qiymat va daromadlar nazariyasi bo‘yicha qiymatning daromadlar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsating.

  108. A.Smitning qiymat va daromadlar nazariyasi bo‘yicha foyda kimning daromadi hisoblanadi?

  109. A.Smitning ta’limotiga ko‘ra mamlakatning boyligi nimaga bog‘liq?

  110. D.Rikardoning tadqiqot predmetini ko‘rsating.

  111. D.Rikardo fikriga ko‘ra siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi nimadan iborat?

  112. D.Rikardo qiymatni qanday turlarga bo‘lgan?

  113. D.Rikardo kapitalni qanday qismlarga bo‘lgan?

  114. J.B. Seyning tadqiqot predmetini ko‘rsating.

  115. J.B. Seyning iqtisodiy ta’limotiga ko‘ra boylikning manbai nimaga bog‘liq?

  116. J.B. Seyning ishlab chiqarish omillari nazariyasiga ko‘ra qiymatni yaratish jarayonida nimalar teng ishtirok etadi?

  117. “Sey” qonuniga muvofiq ...

  118. Tomas Robert Maltus tadqiqotining predmetini ko‘rsating.

  119. Tomas Robert Maltus birinchi marta iqtisodiy o‘sish muammosini nima bilan bog‘lashga harakat qilgan?

  120. Tomas Robert Maltusni “aholining nufus qonuni”ning mazmunini tushuntirib bering.

  121. Klassik maktabga muxolif nazariyalarni ko‘rsating.

  122. Iqtisodiy romantizmda qanday muammo o‘rganilgan?

  123. Iqtisodiy romantizm namoyondasi S.Sismondi ishlab chiqarishning qanday shakliga qarshi chiqdi?

  124. S.Sismondi boylikni taqsimlash va tartibga solishni kim o‘z qo‘liga olishi zarur deydi?

  125. Iqtisodiy romantizm namoyondasi P.Prudon iqtisodiyotdagi raqobatga qanday munosabatda bo‘lgan?

  126. Iqtisodiy romantizm namoyondasi P.Prudon pulga qanday munosabatda bo‘lgan?

  127. Iqtisodiy romantizm namoyondasi P.Prudon kimlarning iqtisodiyotdagi yetakchilik o‘rnini e’tirof etgan?

  128. P.Prudonning islohotchiligiga xos g‘oyalarida qanday kreditlarni tashkil etish nazarda tutilgan?

  129. Tenglik, erkinlik va ijtimoiy adolat maqsadini ko‘zlovchi konsepsiyani ko‘rsating.

  130. T.Kompanellaning Quyosh shahrida davlat va iqtisodiy tizimida mulkga munosabat qanday bo‘ladi?

  131. Hayoliy sotsializm namoyondasi K.Sen-Simon bo‘lajak adolatli jamiyatni nima deb ataydi?

  132. Hayoliy sotsializm (K.Sen-Simon) nazariyasiga ko‘ra industrial jamiyat nima asosida rivojlanadi?

  133. Hayoliy sotsializm vakili Sh.Fure qanday ishlarda jamiyat roliga alohida e’tibor beradi?

  134. Hayoliy sotsializm namoyondasi R.Ouen fikriga ko‘ra mehnatkashlarning og‘ir ahvolga tushib qolishlariga sabab nimada?

  135. Nemis tarixiy maktabi vakillari qanday iqtisodiy nazariya mavjudligini inkor etishadi?

  136. Nemis tarixiy maktabiga xos xususiyatni aniqlang.

  137. F.List qanday tamoyilni ilgari surdi?

  138. Nemis tarixiy maktabi vakillari qanday fanga asos soldilar?

  139. Marjinalistlar narxning shakllanishini nima bilan bog‘lashgan?

  140. Marjinalizm qanday ma’noni bildiradi?

  141. Marjinalizmda qiymat qanday aniqlanadi?

  142. Marjinal naflilik (marginal utility) nazariyasi qaysi nazariyaga muqobil tarzda paydo bo‘ldi?

  143. Marjinalizm ta’limotining tadqiqot predmetini ko‘rsating.

  144. Marjinalizm maktabining o‘rganish sohasi nima?

  145. Marjinalizm ta’limotida iqtisodiy tizimni tahlil etishda qanday tamoyilga o‘tildi?

  146. “Marjinal naflilik nazariyasi” ko‘ra mahsulotni iste’mol qilish miqdorining o‘sib borishi bilan uning naflilik darajasi qanday o‘zgaradi?

  147. Tovarlarga talabning narxga bog‘liq ekanligini talab egri chizig‘i yordamida ko‘rsatib bergan olimning ko‘rsating.

  148. “Marjinal inqilob” bosqichiga xos xususiyatni ko‘rsating.

  149. U. Djevons insonning lazzatlanishni his qilishi deb nimaga aytadi?

  150. Avstriya (marjinalizm) maktabining asoschisi kim?

  151. Marjinalizmning Avstriya maktabining tadqiqot usulini aniqlang.

  152. K.Menger fikriga ko‘ra resurslarning cheklanganligi sharoitida xo‘jalik yurituvchi shaxs nimaga intiladi?

  153. Oygen fon Byom-Baverk naflilikni qanday turlarga ajratadi?

  154. Sub’ektiv naflilik nima?

  155. Lozanna (marjinalizm) maktabining asoschisi kim?

  156. Marjinalizmda narxning shakllanishini nimaga bog‘liq holda o‘rganiladi?

  157. Quyidagi nazariyalarning qaysi biri “marjinal naflilik nazariyasi” ta’sirida paydo bo‘ldi?

  158. Neoklassik maktab vakillarini yagona maktabga birlashtirib turuvchi xususiyat ko‘rsating.

  159. A.Marshall qaysi maktab vakili hisoblanadi?

  160. Tovar narxi qanday aniqlanadi?

  161. Ishlab chiqarish xarajatlari qanday turlarga bo‘linadi?

  162. O‘zgaruvchan xarajatlarni ko‘rsating.

  163. Artur Pigu qanday nazariya muallifi?

  164. Artur Piguning tahlil predmetini ko‘rsating.

  165. Tovar taklifi asosida nima yotadi?

  166. K.Marks nazariyasi bo‘yicha kapital - bu ...

  167. K.Marks nazariyasi bo‘yicha qo‘shimcha qiymat - bu ...

  168. K.Marks nazariyasiga ko‘ra kapital egasi qanday turdagi tovarlarni sotib oladi?

  169. K.Marks nazariyasiga ko‘ra qo‘shimcha qiymat kimga tegishli bo‘ladi?

  170. K.Marks nazariyasiga ko‘ra ish haqi – bu ...

  171. XX asrning boshlarida K.Marksning iqtisodiy qarashlari qayerda keng tarqaldi?

  172. Marks ta’limoti jamiyatdagi barcha ijtimoiy ziddiyatlarning asosini nima bilan bog‘lagan?

  173. Markazlashgan va rejalashtirilgan ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti qayerda vujudga keltirildi?

  174. Sotsialistik iqtisodiyotda ijtimoiy adolat g‘oyasi nimani keltirib chiqardi?

  175. Marks nazariyasiga muvofiq yollanma ishchi kapital egasiga nimani sotadi?

  176. Qaysi nazariyada iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish uchun turli institutlardan foydalanish zarurligi asoslanadi?

  177. Monopolistik kapitalga qarshilik qilish qaysi nazariyaning vazifalariga kiradi?

  178. Quyidagilarning qaysi biri institutsionalizmning rivojlanish yo‘nalishlariga kirmaydi?

  179. Veblen fikricha, insoniyatning kelajagi nimaga bilan bog‘liq bo‘ladi?

  180. Tovarlar va xizmatlarni xarid qilish ob’ektiv ehtiyojdan emas, balki o‘z moliyaviy imkoniyatlarini namoyish etish bilan bog‘liq sub’ektiv hohish-istak bilan bog‘liq holda amalga oshsa qanday qonun buziladi?

  181. Nomukamall raqobat nazariyasi muallifini ko‘rsating

  182. Nomukammal raqobat - bu ...

  183. Bozorda yagona sotuvchining mavjudligi nima deb ataladi?

  184. Monopsoniya – bu ...

  185. Oligopoliya – bu ....

  186. Firma qachon monopol hokimiyatga ega bo‘ladi?

  187. R.Kouz 1937 yilda nashr etgan «Firmalar tabiati» nomli maqolasida qanday nazariyaga asos soldi?

  188. R.Kouz qaysi xarajatlarni firma hajmi va uning tashkiliy tarkibini belgilab beruvchi omil sifatida keltiradi?

  189. Quyidagi xarajatlarning qaysi biri transaksiya xarajatlari hisoblanmaydi?

  190. «Muammoni firma yoki bozor munosabatlari ixtiyoriga topshirishga qaraganda, davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi har doim ham ijobiy natija beravermaydi» deyilgan holat iqtisodiy adabiyotda kimning teoremasi deb ataladi?

  191. Ijtimoiy tanlov nazariyasi muallifi kim?

  192. Qanday nazariya insonlar tomonidan davlat muassasalaridan o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishning turli usullarini o‘rganishga qaratilgan iqtisodiy nazariyadir?

  193. Zamonaviy iqtisodiy nazariyalarda opportunizm deyilganda nima tushuniladi?

  194. Bevosita siyosiy ta’sir uchun muayyan qarorlar qabul qilishga qaratilgan faoliyat nima deb ataladi?

  195. Neoinstitutsionalizmda siyosat kimlar o‘rtasidagi o‘ziga xos ayirboshlashning murakkab tizimi, deb tushuntiriladi?

  196. Qaysi iqtisodiy ta’limotda iqtisodiy agentlarning halol hatti-harakati to‘g‘risidagi fikrlar o‘rniga opportunistik hatti-harakat tushunchasi kiritildi?

  197. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish g‘oyasiga asoslangan nazariya – bu ...

  198. Keynschilik qayerda va qanday shakllangan?

  199. Keyns iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish metodologiyasini ko‘rsating

  200. Keyns nazariyasi bo‘yicha davlat xarajatlari qachon ko‘payishi lozim?

  201. Makroiqtisodiy tahlilning metodologik asoslarini shakllantirgan olimni ko‘rsating

  202. Keyns qanday bozorlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini aniqladi?

  203. Yalpi talabning tarkibini aniqlang

  204. Agar ommaviy iste’mol milliy iqtisodiyot darajasida yalpi talabning jonlanishiga olib kelmasa, Keyns taklifiga ko‘ra bu ishni kim amalga oshirishi zarur?

  205. Keyns taklifiga ko‘ra davlat iqtisodiyotni qanday qilib jonlantirishi mumkin?

  206. Davlat xarajatlari orqali iste’mol talabini qo‘llab-quvvatlash qanday siyosat orqali amalga oshiriladi?

  207. Keyns fikricha, qanday sharoitda muomalada pul massasining ortishi mos ravishda inflyatsiyaga olib keladi?

  208. Keyns bo‘yicha har qanday boylikni bir birlik vaqt ichida maksimal narxda sota olish imkoniyati nima deb ataladi?

  209. Iste’mol talabining yetarli bo‘lmasligi qanday qilib qoplanishi mumkin?

  210. AQShning qaysi Prezidenti «Yangi kurs» dasturini amalga oshirgan?

  211. Investitsiyalashni rag‘batlantirish yuqori bo‘lishi uchun ssuda foiz stavkasi qanday bo‘lishi lozim?

  212. Quyidagilarning qaysi biri keynschilik ta’limotining rivojlanishn yo‘nalishi hisoblanmaydi?

  213. Liberal g‘oya bilan davlatning uyg‘un holatda iqtisodiyotga aralashishini yoqlovchi nazariya qanday nomlanadi?

  214. «Erkin bozor» va «ijtimoiy tenglashtirish» asosida adolatli taqsimlash tamoyillarini uyg‘unlashtirish g‘oyasi neoliberalizmning qaysi maktab vakillariga tegishli?

  215. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi “Oyken maktabi” ta’sirida qanday atala boshlandi?

  216. Qaysi iqtisodiy ta’limotda davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli futbolni boshqarib boradigan, ammo o‘yinda ishtirok etishga haqqi bo‘lmagan hakamga o‘xshatiladi?

  217. Qaysi olim neoliberalizm nazariyasining asoschisi hisoblanadi?

  218. F.Xayek 1944 yilda e’lon qilgan «Qullikka yo‘l» asarida iqtisodiyotga davlat aralashuvining har qanday shakli qanday rejim shakllaridan biri ekanligini asoslashga harakat qilgan?

  219. F.Xayek fikriga ko‘ra, davlatga ishonib topshirish mumkin bo‘lgan maksimum narsa – bu ...

  220. Monetarizm maktabi vakillari iqtisodiyotdagi beqarorlik sabablari nimada, deb hisoblashadi

  221. Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida tartibga solishga asoslangan nazariya qanday nomlanadi?

  222. Monetarizmda qanday masala birinchi o‘ringa chiqdi?

  223. Monetarizm nazariyasi bilan bir vaqtda qanday konsepsiyalar ishlab chiqildi

  224. Taklif iqtisodiyoti maktabi investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida qanday chora ko‘rishni tavsiya qilishadi

  225. Taklif iqtisodiyoti maktabi tavsiyasiga ko‘ra, davlat korxonalarini xususiylashtirish natijasida nimalarga erishiladi. Noto‘g‘ri javobni toping.

  226. Nima uchun taklif iqtisodiyoti vakillari budjet taqchilligiga qarshi chiqishadi.

  227. Quyidagilardan qaysi biri davlat tomonidan ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega?

  228. Qanday stavka optimal soliq stavkasi hisoblanadi?

  229. Soliq stavkalari o‘zgarganda yuzaga keladigan arifmetik samara qanday o‘zgarishlarga olib keladi?

  230. Soliq stavkalari o‘zgarganda yuzaga keladigan iqtisodiy samara qanday o‘zgarishlarga olib keladi?

  231. Soliq tushumlari va soliq stavkalari dinamikasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning grafikda ifodalanishi nima deb ataladi?

  232. Ishsizlik va inflyatsiya o‘rtasida teskari bog‘liqlikning grafikda ifodalanishi qanday nomalanadi?

  233. «Neoklassik sintez» nazariyasi tashabbuskori bo‘lgan olimni ko‘rsating

  234. Mikro va makro iqtisodiyot o‘rtasidagi uzilishni to‘g‘rilash, ularni yagona tahlil nuqtai nazaridan birlashtirish qaysi nazariyada amalga oshirilgan

  235. Samuelson fikricha, aniq vaziyatdan kelib chiqib Keyns va Fridmen taklif etgan qanday usullardan birgalikda samarali foydalanish mumkin.

  236. Xususiy, jamiyat va davlat manfaatlarini integratsiyalash asosida takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlab beradigan ijtimoiy-iqtisodiy tizim qanday nomlanadi?

  237. Alfred Bernxard Nobel kim bo‘lgan?

  238. Nobel mukofotlari qanday mukofot hisoblanadi?

  239. Nobel mukofoti laureatlari qachon va qayerda taqdirlanadi?

  240. Nobel vasiyatnomasiga muvofiq mukofotlar uchun jamg‘armadan qanday foydalanish mumkin?

  241. Iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti qachon va nima sababdan ta’sis etildi?

  242. Bozor iqtisodiyotiga qanday o‘tiladi?

  243. Aholi ishtirokida, davlat tomonidan ishlab chiqilgan, bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davlat nazorati ostida amalga oshirilishi nima deb tushuniladi?

  244. Qaysi javobda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning mamlakatlar yo‘li noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  245. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyutsion yo‘li qanday ataladi?

  246. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladigan yo‘lini ko‘rsating

  247. Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishdan iborat?

  248. Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangantaraqqiyot strategiyasiga muvofiq 2030 yilga borib O‘zbekiston qaysi davlatlar guruhiga kirishi uchun zamin yaratilishi zarur?

Download 55,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish