Raqobatni sub’ektlariga qarab asosan uchta guruhga bo‘lish mumkin.
1. Bozorda ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar orasidagi raqobat muhim hisoblanib, uni ham uch turga ya’ni, tarmoq ichidagi, tarmoqlararo va mintaqaviy raqobatga bo‘lish mumkin.
a) tarmoq ichidagi raqobat bu asosan bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat hisoblanib, u asosan tovarlar sifati, narxi, tovarning ko‘rinishi, korxona foydasi miqdori va xuddi shunday tovarlar ishlab chiqarayotgan boshqa ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga bog‘liqlikni taqozo etadi. Ishlab chiqaruvchilarga ichki va tashqi sharoitlarning har xil ta’siri tufayli ular bozorda turlicha ulushga ega bo`ladilar va turli mavqeni egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |