Иқтисод факультети ўқув ишлари бўйича декан муовини



Download 0,95 Mb.
bet1/54
Sana01.02.2022
Hajmi0,95 Mb.
#423990
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
1-bob Tayyori Raqobat Siyosati


1-BoB. raQOBAT NAZARIYASIning evoluTsion
rivojlanishi
1.1. Raqobat, raqobat kurashi nazariyasi
1.2. Raqobatning asosiy shakllari va turlari
1.3. Raqobatning ko`rinishlari va iqtisodiyotda tutgan o`rni
1.4.O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik
1.5. Raqobatchilikni rivojlantirishda chet el tajribasi


1.1. Raqobat, raqobat kurashi nazariyasi
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. I.A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib: «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb yozadilar1.
Bozor iqtisodiyoti raqobat sharoitidagina eng yaxshi faoliyat ko‘rsatadi. Bu hol ko‘pgina ilmiy risolalarda yetarli darajada isbotlangan, shuning uchun aksioma sifatida qabul qilinadi. Raqobat siyosati fani raqobat kurashi sharoitida korxonaning xatti-harakatini tadqiq qiladi, raqobat kurashining mohiyati va shakllarini o‘rganadi, raqobat sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini, jumladan, korxona rivojlanishi turli strategiyalarini shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini tahlil qilishni o‘rgatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyasini raqobat kurashidan alohida ko‘rib chiqish mumkin emas. Raqobat – bu bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o‘zaro bellashuvidir. Odamlarni biri-biri bilan kurashi emas, balki, manfaatlar to‘qnashgan joyda vujudga kelgan kurashishi raqobat deyiladi. Raqobat - bozorning asosiy sharti va qonunidir. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yo‘llash uchun ham kurashadi. Tarmoq sotuvchilarining raqiblari bilan bozordagi eng yaxshi o‘rin va raqobat ustunligiga erishish uchun kurashda sarflayotgan kuch-g‘ayrati raqobatning eng yaxshi va yaqqol indikatori hisoblanadi. Firmaning raqobat strategiyasi bozorda muvaffaqiyatga erishish va imkon boricha raqib firmalar ustidan raqobat ustunligiga erishish bo‘yicha faoliyat dasturidan iborat. Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo`ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.
Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Yutuqli raqobat strategiyasini ishlab chiqishda raqiblarning foydaga intilishi quyidagi xususiyatlarga ega o‘zaro raqobat ta‘sirini shakllantiradi. Raqobatlashuvchi firmalar bozordagi o‘z nufuzlarini doimo yaxshilashga harakat qiladilar. O‘z o‘rnini yaxshilash uchun kurash ko‘proq mijozlarni zabt etishga harakatda namoyon bo‘ladi, buning uchun raqiblar o‘zlarining boshqadan o‘zish va bozorning daromadliroq ulushini o‘zi uchun ta‘minlashga yo‘naltirilgan raqobat strategiyalarini tuzadilar va qaytadan shakllantiradilar.
Raqib korxonalar tomonidan ishlab chiqiladigan raqobat strategiyalari va ular tomonidan belgilanadigan yangi raqobat imkoniyatlarini qidirish yo‘nalishlari bozorda nima foyda berishini (masalan, iste‘molchilarning cheklanishlari va xatti-harakatlari), shuningdek qonun tomonidan nimaga ruxsat berilganini (antitrest qonunchiligini hisobga olib va vijdonli raqobat ta‘rifidan kelib chiqib) baholashdagi xilma-xilligi bilan ajralib turadi, faqatgina korxonalarning tasavvuri bilan cheklanishi mumkin.
Bitta yoki undan ko‘p raqiblar o‘z ahvollarini yaxshilash maqsadida yangi strategik hujum boshlasalar yoki egallagan mavqeini saqlab qolish uchun himoyani yangicha tashkil qilganlarida raqobatning yangi yo‘nalishlari vujudga keladi. Firmaning o‘z strategiyasini to‘g‘rlamasdan yoki qayta ko‘rib chiqmasdan faoliyat ko‘rsatish muddati bozordagi uning muvaffaqiyati (yoki muvaffaqiyatsizligiga), shuningdek raqiblar tomonidan qilingan strategik qarshiliklarga javoban xatti-harakatlariga bog‘liq. Firma raqobat strategiyasining raqiblar strategiyasiga nisbatan past kelganini aniqlaganda, u bunchalik tez mag‘lub bo‘lmaydigan yangi strategiyani topishi zarur, yoki o‘zining holatiga qanoat qilishi kerak.
Faoliyatning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishda, firma osonlikcha takrorlash ham, barbod qilish ham mumkin bo‘lmagan raqobat strategiyasini tanlashi mumkin. Iste’molchilarga raqobatchilar osonlikcha yoki kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishi mumkin bo‘lmagan mahsulotni taklif qila borib, firma bozorda yaxshi mavqeni egallabgina qolmay, unikal, hech kimda yo‘q raqobat imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinki, bu o‘z navbatida, yuqori daromadlarga aylanishi mumkin.
Bevosita raqiblar bilan raqobat yo strategik jihatdan muvaffaqiyat keltirishi, yoki strategik mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin. Agar strategik muvaffaqiyat yetarli darajada bo‘lsa, u bozor kuchlarining faoliyat yo‘nalishiga va raqobat bosimiga ta’sir qilishi va hattoki ularni «boshqarishi » mumkin.
Strategik mag‘lubiyat raqobatga nisbatan yaxshi o‘ylanmagan, yoki zaif amalga oshirilgan yondashishni, yoki unisini ham, bunisini ham aks ettiradi. Mag‘lubiyat firmaning o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishiga, bozordagi o‘z mavqeini yo‘qotishga, yoki hattoki uning tarmoqni tark etishiga olib kelishi mumkin..



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish