Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) – Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan


Pul birligi Yevro ( EUR ) Vaqt mintaqasi



Download 235,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.03.2022
Hajmi235,79 Kb.
#507191
1   2   3
Bog'liq
Lazizjon Jamolov

Pul birligi
Yevro (
EUR
)
Vaqt mintaqasi
UTC
+1
• Yoz (
DST
)
UTC
+2
Qisqartma
IT
Telefon prefiksi
39
Internet domeni
.it
Davlat tuzumi
Tabiati


Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shimolidan
keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi
togʻ etaklari va tekisliklarda 20–28°, baʼzan issiq shamol esganda 40–45° ga koʻtariladi.
Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim
orol va orollarda 1 – 12°. Sharqiy Alp va Shimoliy Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin
(yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600–800 mm, Sitsiliya va Sardiniya
orollarida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining Italiya hududidagi qismida 800 dan ortik,
muzlik bor.
Eng yirik daryosi – Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shimoliy
qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va
gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b.
Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp.
Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng
bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va
alp oʻtloklari bor. Apennin yarim orol, Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500–
600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar
usadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va
kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida
subalp oʻtloklari bor.
Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna,
yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi.
Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob
oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy
bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. – jami maydon 200 ming
ga.
Aholisining 98% dan koʻprogʻi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven
va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili – italyan tili. Asosiy din – katolik
dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: 
Rim
, Milan, Neapol, Turin, Genuya,
Palermo.
Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro shahri yaqinidagi
Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogʻi yaqinidagi Barma-Grande gʻoridan,
Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat
beradi. Shimoliy Italiyada jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, oʻrta Italiyada unga
Tarixi


turdosh boʻlgan madaniyatlar nishonalari juda koʻp. Temir davrshxa Italiya hududida paydo
boʻlgan bir qancha madaniyatlar koʻpgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida
villanlar madaniyati yetakchi boʻlgan. Mil. av. 2–1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar,
et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha
boshlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub boʻlgan sabinlar bilan birga lotinlar 
Rimga
asos
solganlar (mil. av. 754–53-yillar). Mil. av. 5–3asrlarda Italiya hududi qad. Ashning asosiy
qismi boʻlgan. Mil. 5-asrgacha, yaʼni Italiya 
Rim
 davlati tarkibiga kirgan davrgacha boʻlgan
Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tu-zumi shakllanganligi haqida
Qad. 
Rim
maqolasiga qarang .
Mil. 3-asrda, asosan, Italiya hududidan iborat boʻlgan 
Rim
imperiyasida quldorlik tuzumi
inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi:
yirik yer egaligi bilan birga mayda xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi 
Rim
imperiyasi davrida butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib
borgan edi. 4–5-asrda Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar 
Rim
imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-asr boshlarida Italiyaga kirib kelgan vestgotlar 413
yilda 
Rimni
 ishgʻol qildilar. 455 yilda 
Rim
 vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda
german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari
natijasida Gʻarbiy 
Rim
 imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati
oʻrnatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554 yil Italiyani
Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 yil Pragmatik sanksiya chiqardi,
bu qujjat 
Rim
imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi.
568 yilda Shimoliy Italiyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga
uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar.
Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon
vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo 
Rimdagi
yirik yer egaligining bir
qismi (qullar va kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. 
Rim
xususiy mulkchiligi
taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar sinfi va
zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi.
Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751 yilda langobardlar Ravenna
ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556 yilda franklar
qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, 
Rim
dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach,
papalarning te-okratik davlati (Papa viloyati) tarkib togshi. 773–74 yillarda Italiyani franklar
qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda zamindorlik
munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda Italiya qirolligi tashkil topdi. Buyuk
Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng Italiyada mulkdorlik
munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl sulolasidan boʻlgan Karl III
agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida Italiya taxti uchun kurash avj oldi. 9-asrda Italiyaga
janubidan arablar, shimolidan vengerlar hujum qildi. 10-asrning 2-yarmidan 12-asr


boshlarigacha Italiyaning koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10–11-asrlarda
Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar iskanjasidan
qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 – 12-asrlarda Italiya shaharlarida hunarmandlar va
savdogarlar korporatsiyalari–sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach,
hokimiyat senordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining, boy
savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda
savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik katta emas edi.
Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-
kazdi va Italiya iqtisodiyotining rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar
hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boʻldi, bu
shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat shakli – respublika
tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli
markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza,
Ankona) ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga
aylantirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu
qismida 11 –12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va
baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib keldi. 12–13-asrlarda Italiya
shaharlarining qoʻllab-quv-vatlashi bilan qishloq kommunalari vujudga kela boshladi, ular
oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar
hukmronligidan ozod boʻlishlari bilanoq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12–13-
asrda Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik
zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi Italiyaga bostirib kirgan
german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158 yilda imperator chiqargan
Ronkal qaroriga bino-an Italiya kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻldi. German
zamindorlariga qarshi kurash davrida Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy
partiyalari vujudga keldi. 1162 yilda german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy
markazi boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167 yilda Shimoliy Italiya shaharlari birlashib,
"Muqaddas 
Rim
imperiyasi" imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya ligasini tuzdilar.
German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy oʻzligini anglash unsurlari paydo
boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183 yil Konstansa sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan
haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar.
11-asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik
munosabatlari Shimoliy va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi. 13-asrda ham yarim
dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va "Muqaddas 
Rim
imperiyasi" imperatori
Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz
xukmronligini bu-tun Italiyaga yoyishga behuda urindi. 13-asr 60-yillarda Janubiy Italiya oʻziga
Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282 yildagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli Sitsiliya kirolligi
parchalandi. 13-asr oxiri – 14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15-asr oʻrtalarida Janubiy Italiyani


ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu tariqa Italiya janubiy ispanlar xukmronligi ostiga
oʻtdi.
13-asrda Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi ilgʻor shaqar-
davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi,
dengiz orti savdosi, movut toʻqish ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya).
Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantirish uchun foydalanildi. Hunarmandchilikning
kengayishi shahar-davlatlarning oʻziga qarashli hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy
qaramlik) dan ozod qilishiga imkon berdi. Deh-qonlarning koʻpchiligi shaharlarga koʻchib,
ustaxonalardagi yollanma ishchilar safini toʻldirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiya shaharlarida
savdogarhunarmandlar bilan zamindorlar oʻrtasida shiddatli kurash natijasida zamindorlar
siyosiy huquqlaridan mahrum boʻldilar.
Shimoliy va Oʻrta Italiya shahar va qishloklarida ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi
tufayli 14–16-asrlarda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi va
rivojlani-shiga olib keldi. 14-asr Shimoliy va Oʻrta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma
ishchilar necha oʻn minglab ki-shiga yetdi, asosan movut toʻqimachiligida manufaktura paydo
boʻldi. 14–15-asrlarda xalq qoʻzgʻolonlari kuchayib borishidan choʻchigan "semiz" popolanlar
shaharlarda respublika idora usulini tiraniya bilan almashtirdilar. 15-asrda Florensiya, Milan,
Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-asr 2-yarmida
Italiyada reaksiya kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat
munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada maʼrifatparvarlik oqimini keltirib chiqardi. Savdo-
sanoatning rivojlanishi va maʼrifatparvarlik harakati Italiya tarixida yangi davr – chet el
hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab boʻldi. 1789 – 94 yillarda Fransiyada boʻlib
oʻtgan inqilob Italiyadagi inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham
yakobinchilar harakati paydo boʻldi. 1796–97 yillardagi Napoleon yurishidan soʻng Italiya
Respublikasi (1797) tuzildi. 1799 yil A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini Italiyadan surib
chikardi. Lekin 1800 yil Napoleon armiyasi Italiyaga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya,
Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qoʻshib olindi, Sizalpin (1802 yildan Italiya) Respublikasi
Italiya qirolligiga aylantirildi (Napoleonning oʻzi imperator edi). Shunday qilib, butun Italiya
(Sardiniya va Sitsiliya o.laridan tashkari) Fransiya qoʻl ostida birlashtirildi. 1814 yildan
Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon
imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi (1814–15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va
koʻplab qirolliklarga boʻlinganligini rasmiylashtirdi. 19-asr 40-yillaridan Lombardiya, soʻngra
Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi.
1848–49 yillarda inqilob sodir boʻldi. Fransiya, Avstriya hamda Italiya zamindorlari til biriktirib,
inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860 yil may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy
yurish Italiyani birlashtirishda muhim rol oʻynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar


Pyemontga birlashtirildi, 1861 yildan Pyemont birlashgan Italiya qirolligi deb yuritildi. 1870
yilga kelib Italiya birlashtirib boʻlindi va u bosqinchilik yoʻlini tuta boshladi. Italiya Germaniya
va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzdi (1882). Italiya qoʻshinlari 1889–90
yillarda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbagaduch keldi. 1911
– 12 yillardagi Italiya turkiya urushi natijasida Italiya Liviyani bosib oldi. 1916 yil 27 avgustda
Italiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. Urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar
keltirdi. Urushning ogʻir oqibatlari va iqtisodiy tanglik Italiyada gʻalayonlar boshlani-shiga olib
keldi. Ayniqsa, Turin ishchilarining qoʻzgʻoloni juda kuchli boʻldi. Inqilobiy kuchlarning
tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922 yil 31 dekabrda
B. Mussolinini keltirib qoʻydi. Mussolini hukumati demokratik kuchlarga qarshi kurash
boshladi. 1929–33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Italiya iqtisodiyotini mushkul ahvolga
solib qoʻydi. Shunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi
urushga hozirlik koʻra boshladi. 1935 yil 3 oktabrda Italiya urush eʼlon qilmasdan Efiopiyaga
hujum boshlab, 1936 yilning may oyida uni va 1939 yilda Albaniyani bosib oldi. Italiya Millatlar
Ittifoqidan chiqib, "Antikomintern pakti"ga qoʻshildi (1937) va gitlerchilar Germaniyasining
asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940 yil oktabrda Italiya Gretsiyaga, 1941 yil aprelda Yugoslavi-
yaga hujum qildi. 1941 yil 22 iyunda Italiya sobiq SSSRga urush eʼlon qildi, sharqiy frontga
italyan ekspeditsion korpusi (1942 yildan armiya)ni yubordi. Lekin 1943 yil Italiya qoʻshinlari
sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qoʻ-shinlari
bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va hukumatning
marshal P. Badolo koʻliga oʻtishiga sabab boʻldi (1943 yil 25 iyul). Badolo Angliya-Amerika
qoʻmondonligi bilan yarash (soʻzsiz taslim boʻlish) shartnomasiga yashirincha imzo chekdi.
Bundan xabardor boʻlgan Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq
qoʻgʻir-choqhukumat tuzdi. 1943 yil kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash boshladi.
Nihoyat, 1944 yil aprelda barcha antifashist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat
(Badolo boshliq) tuzildi. Umumxalq qurolli koʻzgʻoloni natijasida 1945 yil aprelda mamlakat
fashistlardan ozod boʻldi. 1946 yil 2 iyunda respublika eʼlon qilindi.
Italiya–1945 yildan BMT aʼzo-si. 1992 yil 10 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suve-renitetini
tan oldi va oʻsha yil 24 martda diplomatiya munosabati oʻrnatdi. Milliy bayrami – 2 iyun –
Respublika eʼlon qilingan kun (1946); 1977 yildan 2000 yilgacha iyunning birinchi yakshan-
basida nishonlangan.
Trir shahri devorlarining shi-moliy darvozasi (qurilish 180 yilda boshlangan, ammo nihryasiga
yetmagan).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari


"Olgʻa, Italiya" partiyasi, 1993 yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996 yil partiyaga
aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848 yilda asos solingan, 1944 yilda kayta
tiklangan,1994 yil martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya
Xalq partiyasi, tugatilgan Xristiandemokratik partiya negizida 1994 yil 18 yanvarda rasmiy
ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991 yil tashkil etilgan; Italiya
respublikachilar partiyasi, 1832 yildan faoliyat koʻrsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi,
Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947 yilda tuzilgan, 1966 yilda Sotsialistok
partiya bilan qoʻshilgan, 1969 yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya
sosialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994 yil tuzilgan;Italiya sotsialistok partiyasi,
1892 yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat
konfederatsiyasi, 1906 yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari
konfederatsiyasi, 1948 yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari
konfederatsiyasi aʼzosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950 yilda tuzilgan.
Italiya – yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10
davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,9%,
xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish
sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5 mln. kishi qishloq xoʻjaligida band.
Sanoatida ogʻir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik,
toʻqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat
mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari
kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari,
Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya
o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit
(Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o.da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va
b. qazib olinadi. Issiklik elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom
elektr styalari va geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr
energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida
ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, shuningdek,
Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan
shaharlari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari (chetdan keltirilgan
xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya,
Augusta)da va neft mahsulotlari eng koʻp ishlatiladigan shaharlar (Milan va boshqalar)da.
Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin),
kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin),
Iqtisodiyoti


priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan
atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola, farmatsevtika
va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk ishlab chiqarish yuqori darajaga yetgan. Lombardiya
va Pyemont – anʼanaviy toʻqimachilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari –
un, makaron, pishloq, qand-shakar, kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln.
gektolitr) ishlab chiqarishdir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal ishlab chiqarish rivoj topgan.
Hunarmandchilikka ayniqsa katta eʼtibor beriladi.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari – dehqonchilik (58%) va chorvachilik (42%).
Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib, ekin ekiladi, 11% bogʻ, tokzor va zay-
tunzor, 19,2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari – bugʻdoy, makka-joʻxori, suli, arpa,
sholi. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino ishlab
chiqarish hajmi jihatidan Italiya dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida turadi. Italiya yiliga 6 mln.
tonnaga yaqin turli xil hoʻl meva beradi, uning salkam 60% mamlakat shimolidagi
ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Janubiy viloyatlarda bodom, yongʻoq,
fundukzorlar koʻp. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna (uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi),
sitrus mevalar xrsili yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Chorvachiliqsa
qoramol (8,8 mln. bosh), choʻchqa (9,6 mln. bosh) va qoʻy (12,2 mln. bosh) boqiladi.
Mamlakat shimolida sut va goʻsht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi rivojlangan.
Yoʻlovchilarning 90% dan koʻprogʻi, yuklarning 80% dan ortigʻi avtomobil transportida
tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. –304 ming km, temir yoʻl uz. – 19,6 ming km. Chetga
yuboriladigan va chetdan olinadigan yuklarning aksariyati dengiz transporti orqali tashiladi
(eksport kjlarining 60–65%, import yuklarining 80-90%). Asosiy dengiz portlari: Genuya,
Triyest, Venetsiya, Neapol.
Italiya – xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri (yiliga 50 mln.dan koʻproq sayyoh
kelib ketadi).
Italiya iqtisodiyoti koʻp jihatdan tashqi savdoga bogʻliq. Italiya chetga sanoat mashina-
uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan neft,
koʻmir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yogʻoch, qogʻoz,
Transporti
Tashqi savdosi


oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati
mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi – lira.
Italiyada davlat davolash muassasalaridan tashqari xususiy shifokorlik ham keng tarqalgan.
Shifokorlar universitetlarning 27 tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Kurortlar, ayniqsa, maʼdanli
suv va loy-balchikdar vositasida davolovchi sanatoriy koʻp. Eng mashhurlari: Montekatini-
Terme, Fyuji, Salsomajore, Kastellammare-di-Stabiya, AbanoTerme, Kapri.
Italiyadagi zamonaviy xalq taʼlimi tizimi 19-asrning 2-yarmidan tarkib topa boshlagan. 1859
yilda 6–9 yoshdagi bolalarning majburiy taʼlimi toʻgʻrisida qonun (Kazati qonu-ni) qabul
qilingan edi. Italiyada 6–14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Davlat
maktablari bilan birga, asosan, diniy tashkilotlar taʼminotidagi xususiy maktablar ham
mavjud. Xalq taʼlimi tizimiga quyidagilar kiradi: 3–5 yoshli bolalar uchun majburiy boʻlmagan
maktabgacha tarbiya muassasalari, majburiy maktablar (6– 11 yoshli bolalar uchun 5 yillik
boshlangʻich va 3 yillik quyi oʻrta maktab), majburiy maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim va
hunar taʼlimi beradigan toʻliqoʻrta umumiy taʼlim maktablitseylari (5 yil taʼlim beradigan
mazkur oʻquv yurtini bitirganlar universitetga kirish huquqini oladi), oʻrta ped. oʻquv yurtlari
(boshlangʻich maktab muallimlarini tayyorlovchi 4 yillik oʻqituvchilar institutlari va
maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarini tayyorlovchi 3 yillik ped. maktablari),
hunar oʻquv yurtlari (malakali ishchilarni tayyorlovchi 3 yillik hunar institutlari, oʻrta texnika
maʼlumotli xodimlarni tayyorlovchi texnika institutlari), oʻrta badiiy va musiqa oʻquv yurtlari,
oliy oʻquv yurtlari (universitet va oliy maktablar). Italiyada 27 ta universitet, 50 dan ortiq davlat
va xususiy oliy maktablari hamda xususiy universitetlar bor. Yirik universitetlari: Bolonya
universiteti, 
Rim
universiteti, Neapol universiteti, Milan, Bari, Genuya va b. shaharlardagi
universitetlar. Italiyada 150 yirik kutubxona, jumladan, 
Rimda
31, Milanda 19, Neapolda 19,
Florensiyada 9, Turinda 6 kutubxona bor. 170 dan ortiq muzey va rasm galereyalari mavjud.
Eng mashhurlari: 
Rimdagi
Milliy muzey, Julia muzeyi va villasi, Borgeze muzeyi va galereyasi,
antik sanʼat galereyasi, zamonaviy sanʼat milliy galereyasi, Florensiyadagi Milliy muzey,
arxeologiya muzeyi, rasm galereyasi (jumladan, Uffitsi galereyasi), Messina, Neapol, Palermo,
Peruja, Venetsiyadagi muzeylar.
Tadqiqotlar milliy kengashi (1923) atom energiyasi masalalaridan tashqari barcha fan
sohalarini boshqaradigan va unga rahbarlik qiladigan asosiy davlat tashkilotidir. Unga ilmiy
tadqiqot institut va tadqiqot markazlari, laboratoriyalar boʻysunadi. Kengash Italiyaning
Tibbiy xizmati
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari


xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshiradi. Atom energiyasi Milliy komiteti atom energiyasi
sohasidagi tadqiqot ishlarini boshqaradi. Italiyada bir necha akademiya, jumladan, Dei Linnei
milliy akademiyasi, Milandagi tabiiy fanlar va adabiyot akademiyasi (1803), Palermo, Turin,
Rim
 va b. shaharlarda Tibbiyot Fanlar akademiyasilari bor. Universitetlar qoshida ilmiy
muassasalar ishlaydi. Yadro fizikasi milliy instituti mamlakatda shu sohada olib boriladigan
barcha tadqi-qot ishlarini birlashtiradi. 20 dan ziyod institutda qishloq xoʻjaligi fanlari
sohasida tad-qiqot olib boriladi. Sogʻliqni saklash vazirligi biol., kimyo, farmakologiya,
gigiyena va b. sohalardagi ishlarni na-zorat qilib turadi. Italiyada ayrim xalqaro tadqiqot
markazlari – Neapolda Genetika va biofizika instituti, Triyestda Nazariy fizika markazi, Ud
ineda Mexanika markazi, Isprada Yadro tad-qiqotlari markazi mavjud.
Italiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng yiriklari: "Messajero" ("Xabarchi",
kundalik gazeta, 1878 yildan), "Korryere della sera" ("Kechki xabarnoma", kundalik gazeta,
1876 yildan), "Stampa" ("Matbuot", kundalik gazeta, 1868 yildan), "Diskussio-ne" ("Bahs",
haftalik jurnal, 1953 yildan), "Mondo operayo" ("Ishchi dunyo-si", haftada 2 marta chiqadigan
jurnal, 1948 yildan), "Panorama" (haftalik jurnal, 1962 yildan), "Unita" ("Birlik", kundalik gazeta,
1924 yildan), "Repubbli-ka" ("Respublika", kundalik gazeta, 1976 yildan). Italiyada 1924 yildan
radioeshittirish, 1954 yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. Italiya radioeshittirish va
telekoʻrsatuvlar xizmati – RAI-TV 1924 yilda tashkil etilgan. Ajensiya Natsionale Stampa
Assochata (ANSA) axborot agentligi 1945 yildan, Ajensiya Jornalistika Italia (AJI) axborot
agentligi 1950 yildan beri ishlaydi.
Adabiyotining ilk namunalari oʻrta asrlarda lotin tilida yaratilgan (asosan, liniy qasidalar,
afsonalar, voqeiy qissalar toʻqilgan). Italyan adabiyotida antik yunon va rim adabiyoti
anʼanalari va sharq madaniyatining taʼsiri kuchli boʻlgan. 12–13-asrlarda xalq tilida diniy va
dunyoviy adabiyot namunalari ("Novellino", "Yetti do-nishmand kitobi" va boshqalar) yaratildi.
13-asrda tashkil topgan "Yoqimli yangi us-lub" falsafiy sheʼriyat maktabi namoyandalari (G.
Gvinitselli, G. Kavalkanti, Chinoda Pistoya, D. Freskobaldi) chin muhabbatni kuyladilar. Italiya
adabiyotining buyuk vakili Dante ijodi shu maktab taʼsirida shakllan-di va rivoj topdi. Uning
ijodi italyan adabiyoti va adabiy tilini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Italiyada gumanistik
dunyokarash va yangi adabiyot erta vujudga keldi. F. Petrarka, J. Bokkachcho, L. Ariosto va b.
adiblar istibdodni, diniy jaholatni fosh etdilar. U rta asrlarda Italiyada komediya janri rivojlandi.
Bu janrda B. Bibbiyena, N. Makiavelli, P. Aretino ajoy-ib asarlar yaratishdi.
16-asr boshlarida milliy adabiy til shakllandi, adabiyotda gumanistik dunyoqarash hukmronlik
qildi, yangi adabiy janrlar paydo boʻldi. Ammo 16-asr 2-yarmida mamlakatda roʻy bergan
umumiy tanazzul taʼsirida reaksiya kuchaydi. Mikelanjelo Buonarroti, J. Bruno, T. Tasso va b.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi


adiblar gumanizm anʼanalarini davom ettirdilar. 17-asrda formalistik oqimlar, barokko uslu-bi
qaror topdi. 18-asrda "niqoblar ko-mediyasi"ninghimoyachisi K. Gotssi yangi asarlari bilan
maydonga chikdi. K. Goldoni milliy realistik komediya janri nazariyasini va oʻnlab ajoyib
komediyalarni yaratdi.
18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Italiya adabiyotida inqilobiy klassitsizm oqimi ustunlik qildi.
V. Alfyeri jangovar tragediyalar ("Brut I", "Brut II", "Saul" va hokazo) yaratdi. Napoleon yurishlari
davrida vatanparvarlik ruhidagi adabiyot yuzaga keldi (U. Foskoloning roman, tragediyalari).
A. Mandzoni romanlari ("Ozodlik tantanasi", "Beshinchi may" va boshqalar)da mehnatkash
xalq vakillarining mardonavor kura-shi, shoir J. Leopardi asarlari ("Italiyaga", "Axloqiy lavhalar"
kabi toʻp-lamlar)da Italiya xalqining musibatli qayoti tasvirlandi. 19-asr 30-yillaridan adabiyot
milliy ozodlik kurashi goyalarining targʻibotchisi boʻlib xizmat qildi. Budavrda, ayniqsa, tarixiy
roman, romantik drama, sheʼriyat keng rivoj topdi.
Italiya milliy mustaqillikka erishgandan soʻng ham adabiyotda milliy ozodlik uchun kurash
anʼanalari davom etdi (R. Jovanolining "Spartak" romani va boshqalar). Verizm (Italiya
naturalizmi) oqimining namoyandalari – J. Kaduchchi, J. Verga, M. Serao, G. Deledda, L. Pi-
randello va b. oʻz asarlarida mehnat-kash xalq hayotini haqqoniy aks ettirdilar. 19-asr
oxirlarida Italiya adabiyotida tushkunlik ruhidagi neoromantizm, futurizm oqimlari paydo
boʻldi. Birinchi jahon urushidan keyin mamlakatda fa-shistlar diktaturasi oʻrnatilgach, de-
mokratik adabiyot va matbuot taqiqlanib, fakat "sof sanʼat" ruhidagi asarlar nashr etildi. 30-
yillar oxiridan Italiya demokratik adabiyoti yana rivojlana boshladi. Ikkinchi jahon urushi
yillarida Qarshilik koʻrsatish harakati milliy madaniyat va adabiyot rivojiga madad berdi.
Urushdan keyingi yillarda Italiya adabiyotida bir qator yosh shoir va adiblar (I. Kalvino, M.
Venturi, J. Vas-sani, D. Pea va boshqalar) paydo boʻldi. Neorealizm yetakchi oqimga aylandi.
60–90 yillarda realistik adabiyot yangi bosk,-ichda rivojlandi. Uning yirik vakillari – V. Pratolini,
A. Moravia, I. Kalvino, L. Shashi, M. Venturi, L. Malebra, S. Kvazimodo, E. Montale, D. Fo va b.
Italiya adabiyoti rivojiga sal-mokli hissa qoʻshdilar. K. Goldoni ("Ikki boyga bir malay"), K.
Gotssi ("Baxtli gado"), R. Jovanoli ("Spartak"), Sh. Perro ("Qizil qalpoqcha"), J. Rodari ("Salom
bolalar"), Dante, J. Bokkachcho va b.ning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Etrusklar va Qad. 
Rim
meʼmorlik ansambllari va uy-joy binolari Italiyaning eng kad. meʼmoriy
obidalaridir (qarang 
Rim
). Ilk oʻrta asrlardan 
Rimdagi
bazilika (Santa-Mariya Majore, 5-asr,
Santa 
Anessa

7-a
.,) va markazi gumbazli cherkovlar (San-Stefano Rotondo, 5-asr),
shuningdek, Ravenna yodgorliklari majmuasi va b. yodgorliklar saklangan. 11 –13-asrlarda
roman uslubida barpo qilingan binolar vujudga keldi (Milandagi Sant-Ambrojo bazilikasi, 11-
Meʼmorligi


asr, Aretssodagi Santa-Mariya della Pove cherkovi, 12-asr va boshqalar). Ayrim insho-otlarda
Vizantiya meʼmorligining taʼsiri seziladi (Venetsiyadagi avliyo Mark sobori, 11-asr,
Palermodagi sobor). 11 –12-asrlarda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. meʼmorlik
anʼanalari uslubida barpo etilgan. Shaharlarning tez surʼatlar bilan rivojlanishi mahobatli diniy-
maʼmuriy binolar bilan bir qatorda shahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari,
ratushalar qurishni ham taqozo etdi. 13–14-asrlarda gotika rivoj top-di (Milan, Orvyeto,
Florensiya soborlari). Katta shaharlar vujudga kela boshlagach, qurilishning yangi tamo-yillari
paydo boʻldi (jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat bilan qarala boshladi). B.
Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinola va b. atokli meʼmorlar 
Rim
va Venetsiyada mahrbatli
binolar barpo qildilar. Barokko meʼmorlari (16-asr) koʻp shaharlarda badavlat xonadonlar
uchun ulkan ansambllar, shaxsiy qoʻrgʻonlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar.
Binolarning hashamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi (L. Ber-nini, F. Borromini).
Rimdagi
avliyo Pyotr sobori bilan Navon maydoni (16– 17-asrlar) goʻzal meʼmoriy
ansambllardan hisoblanadi. 18-asrdan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol
shaharlaridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. 20-asrda modernizm (Turindagi
koʻrgazma zali), neoklassitsizm (
Rimdagi
sport markazi), 60-yillardan esa organik meʼmorlik
ta-moyillari shakllandi. Zamonaviy maʼ-muriy inshoot va binolar qurishda sathning kengligi va
qulayligiga, yangicha yechimlarga alohida ahamiyat berildi (
Rimdagi
Termini vokzali, sport
saroyi, Paduyadagi Italiya banki binosi).
Italiya hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi
qoya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari). Jez davrida (mil. av. 2ming
yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8– 2-asrlardan etrusklar yodgorliklari
maʼlum. Mil. av. 8–6-asrlardan Italiya Kds. Yunon, mil. av. 5-asrdan mil. 5-asrgacha Kdd. 
Rim
madaniyati va sanʼatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Oʻrta asrlarda diniy
afsonalar asosidagi asarlar paydo boʻldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanʼatiga yaqin
mozaika rasmlari yaratildi. 12-asr oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi
manzarali haykaltaroshlik tarqaldi. 13–14-asrlarda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar
sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-asrdan Uygʻonish davri realistik sanʼati
taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga koʻproq murojaat qila boshladilar: Rassom va
haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda oʻrganib, ajoyib sanʼat namunalarini
yaratdilar (Leonardoda Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va boshqalar). 15–
16asrlarda moyboʻyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr
dekoratsiyasi sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. 16-asr oxiri va 18-asrda serhasham va
dabdabali barokko uslubi (haykal-tarosh L. Bernini, rassomlardan Pyetroda Kortona, L.
Jordano) qaror topdi. 16-asr oxirlarida paydo boʻlgan akademizm (aka-uka Kar-rachchi) va
Tasviriy sanʼati


manyerizm (haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no,.A. Bronzino) sanʼati
hukmronlik qildi. 18-asr Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi) hayotiy
kuzatishlar kuchliligi bilan koʻzga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-asr 2-
yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinchalik
maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori,
T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash
mavzularida ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin syurrealizm, abstrakt sanʼat avj olib
ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy namunalariga qarshi kurashda realistik
sanʼat namoyandalarining ijodi kamol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu,
rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-
tuygʻularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar.
Italiya – mashhur ashulachilar, opera, zamonaviy nota yozuvi va fortepiano vatani. Uvertyura,
simfoniya, kantata va b. musika janrlari Italiyada yara-tilgan. Barkarola, gondolyera, frotol-la,
vilanella kabi qoʻshiq turlari, galyarda, sitsiliana, tarantella raqslari folklor asosida paydo
boʻlgan. Xalq musiqasining boy manbalari cherkov va Italiya professional musiqasiga zamin
boʻlgan. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa rivojlandi. 14-asrda Are Nova maktabi, 15–16-
asrlarda musika akademiyalari yuzaga keldi. 16–17-asrlarda vokal-cholgʻu musiqaning
oratoriya, kantata singari yangi turlari paydo boʻldi. Florensiya va Neapolda gomofoniya uslubi
taraqqiyoti taʼsirida opera sanʼati shakllandi. Ya. Perining "Dafna" (1594) operasi mazkur
janrning ilk namunasidir. K. Monteverdi tarixda birinchi boʻlib ommaviy opera teatrini ochdi
(1637). 18-asrda opera va milliy ashula sanʼati keng rivojlandi, belkanto uslubi paydo boʻldi.
Florensiya, Bolonya, Neapol teatrlarida J. Pergolezi, A. Salyeri, J. Paiziyello va b.ning rang-
barang operalari sahnalashtirildi. 18-asrda buff opera shakllandi, yangi opera teatrlari ochildi.
A. Vivaldi, D. Skarlatti, J. Tartini kabi sozanda kompozitorlar konsert, sonata janrlariga asos
soldi. N. Paganini oʻzining noyob ijrochilik mahorati va romantik asarlari bilan mashhur. 19-
asr opera sanʼati ijtimoiysiyosiy karashlar taʼsirida rivojlandi. J. Rossini, V. Bellini, G. Donitsetti,
J. Verdi operalarida xalqning ozodlikka intilishi oʻz ifodasini topdi. 19-asr oxirida R. Le-
onkovallo, Sh. Puchchini va b. kompozitorlarning operalarida hayotni haq-qoniy ifodalashga
yoʻnalgan verizm uslubi yuzaga kelgan. O. Respigi, A. Kazella va b.ning ijodida musiqiy
impressionizm hamda neoklassitsizm uslublari rivoj topgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng
Italiya musiqasida tinchlik, ozodlik uchun, fashizmga karshi kurash mavzulari muhim oʻrin
oldi. 50-yillardan avangardizm taʼsiri kuchaydi. L. Dalla-pikkola, L. Berio, L. Nono asarlarida
ichki ziddiyat oxanglari yangraydi, yuksak gʻoyaviy ifoda vositalarining murakkabligi,
toʻqimaliligi bilan qoʻshilib ketadi.
Musiqasi


Zamonaviy italyan kompozitorlari orasida R. Vlad, J. F. Gedini, I. Montemetssi, G. Petrassilar
alohida ajralib turadi. Mashhur dirijyorlari: A. Toskanini, P. Arjento, V. De Sabata, G. Kantelli, V.
Ferrero, K. Sekki, K. Abbado; xonandalari: J. Simonato, R. Skotto, A. Stella, R. Tebaldi, J. Bekki,
T. Gobbi, E. Karuzo, M. Del Monako, L. Pavarotti va b. Teatrlaridan "La Skala" (Milan), "San-
Karlo" (Neapol), "Feniche" (Venetsiya), 
Rim
operasi va b. jahonga mashhur. 1970-yillardan
Italiya estrada sanʼati namoyandalari jahon miqyosida tanilgan (T. Kutuno, A. Chelentano, A.
va R. Pauer, J. Morandi, R. Kara, Pupo, R. Fogli, F. Papetti va boshqalar). Yangi musika
korporatsiyasi (1923 yildan), Musiqashunoslar jamiyati, 14 ta konservatoriya, koʻpgina
musiqa litseylari, maktablari, ilmiy institutlari (jumladan, Verdi merosini oʻrganish instituti)
bor. Venetsiya, Florensiya, Verona kabi shaharlarda har yili musiqa festivallari oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston teatrlarida Italiya kompozitorlari (J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, R. Leonkavallo,
V. Bellini va boshqalar)ning operalari ("Sevilya sar-taroshi", "Traviata", "Rigoletto", "Aida",
"Otello", "Chiochio-San", "Masharabozlar", "Luchiya de Lamermur" va boshqalar)
muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan.
Teatr sanʼatining kurtaklari xalq marosimlari, karnaval bayramlari va oʻyinlariga borib taqaladi.
Oʻrta asrlarda katolik cherkoviga manzur boʻlgan liturgik drama, misteriya, lauda janrlari ustun
edi. Uygʻonish davrida dunyoviy pyesalar, komik janr rivojlandi. 16–18-asrlarda professional
teatr vujudga keldi, sahnalarni dekoratsiya bilan bezash tartib-qoidalari ishlab chiqildi. Xalq
ijodi taʼsirida "niqoblar komediyasi" rivoj topdi. 18-asrda teatr sanʼatiga maʼrifatparvarlik
gʻoyalari singdirildi. K. Goldonining dramaturgiyadagi isloqotchilik faoliyati katta roloʻynadi.
18-asr oxirlarida inqilobiy harakatning avj olishi natijasida jahon dramaturglarining eng yaxshi
asarlari sahnalashtirildi. E. Rossi, T. Salvini, E. Duze, A. Ristori kabi atoqli artistlar yeti-shib
chikdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida Italiya adabiyotidagi, ayniqsa dramaturgiyadagi oqim va
tamoyillar teatrda oʻz ifodasini topdi. Fashistlar diktaturasi yillarida Italiya teatri butunlay
tush-kunlikka uchradi. Fashizm tor-mor etilgach, demokratik kuchlar taʼsirida Italiya teatri
yana jonlandi. L. Viskonti, E. De Filippe, J. Streler, L. Sku-arsina gumanistik ruxdagi asarlarni
sahnalashtirdi. Dastlabki doimiy teatr ("stabile")lar vujudga keldi. 
Rim
, Milan, Genuya, Turin
teatrlari jahon klassikasi va mahalliy mualliflarning asarlarini koʻrsata boshladi. Kuchma
truppalar ham mavjud. V. Gasman, J. Le Lullo, F. Dzefirelli kabi rejissyorlar, A. Proklamer, G.
Mauri, P. Stoppa, V. Marikoni va b. aktyorlar mashhur.
1895 yil "Milan vokzaliga kelgan poyezd" nomli birinchi hujjatli film (rejissyor I. Pakkoni)
yaratildi. 1901 i. Florensiya va 
Rimda
 dastlabki kinoteatrlar ochildi. Ammo 1904 i. Turinda
hujjatli-xronika filmlari studiyasi ochilganidan keyin ha-qiqiy italyan kinematografiyasi vujudga
keldi. 1905 yilda F. Alberini bilan D. Santoni 
Rimda
oʻz kinostudiya-sini tashkil etdi (1906
Kinosi


yildan u "Chi-nes" deb atala boshladi). 1905–06 yillardan Turin va Milandagi kinofirmalar
badiiy filmlar ishlab chiqarishga kirishdi. 1905 yilda "Chines" ommaviy sahnalarga boy boʻlgan
birinchi italyan filmi – "
Rimning
ishgʻol qilinishi", soʻng-ra Italiyaning birlashtirilishiga
bagʻishlangan turkumli kartinalarni yaratdi. 1909–10 yillarda "Kitilina", "Makbet", "Anita
Garibaldi", "Don Karlos", "Otello", "Beatriche Chenchi" va b. filmlar ekranga chiqarildi. Italiya
kinosi 1913 yilda yuksak pogʻonaga koʻtarildi, uning 497 filmi xorijiy kino bozorini toʻldirib
yubordi. Bu davrda M. Kazerini, E. Benchivenga, D. Le Liguoro, E. Guatssioni, L. Maji, B.
Negroni, D. Pastrone kabi rejissyorlar ijod qildilar. Fashistlar xukmronligi davrida (1922–43)
Italiya kino sanʼati natsizmning tashvikrt vositasiga aylandi. Shunga karamay, A. Blazetti va
M. Kamerini suratga olgan filmlarda Italiya hayotidagi illatlar fosh qilindi. Ikkinchi jahon
urushidan soʻng Italiya kino sanʼatida haqiqiy voqelikni aks ettiradigan progressiv
yoʻnalishdagi filmlar yaratila boshladi. L. Viskonti, J. D. Santis, P. Jermi, Ch. Dzavettini, E. de
Filippo va b. Italiya xalqining fashizmga qarshi kurashini, oddiy insonning hayotini
kinotasmalarda real aks ettirdilar ("
Rim
, soat II", "Zaytunlar ostida tinchlik yoʻq", "Chochara" va
boshqalar). Keyingi yillarda "Ita-lyancha nikoh", "Italyancha ajralish", "Har kimniki oʻziga...",
"Sakko va Van-setti", "Ular Sharqqa boradilar", "Kungaboqar" kabi filmlar yaratildi. Italiyadagi
40 dan ortiq kinofirma yiliga 200 dan ziyod film ishlab chiqaradi. Kinoaktyorlar orasida A.
Manyani, J. Mazina, S. Loren, J. Lol-labrijida, K. Kardinale, S. Sandrelli, M. Mastroyanni, J. M.
Volonte, F. Nero, A. Sordi, U. Tonyassi, M. Vitti, M. Plachido va b. mashhur. 1970–90 yillardagi
eng yaxshi filmlardan "Peshayvon" (rejissyor E. Skola), "Gul ki-shining fojiasi" (rejissyor B.
Bertoluchchi), "Ayollar shahri" (rejissyor F. Fellini), "Uch oga-ini" (rejissyor F. Rozi)ni koʻrsatish
mumkin.
Asosiy maqola: 
Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari
Italiya
 (
italyancha

Italia
), rasman Italiya Respublikasi, Evropaning janubida Appenin yarim
oroli va O'rta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, 
Sitsiliya
va 
Sardiniya
orollarini o'z
ichiga oladi. Italiya o'zining shimoliy chegaralarini Alp tog'lari orqali Frantsiya, Shveytsariya,
Avstriya, Sloveniya bilan bo'lishadi. Undan tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan
mustaqil davlatlari joylashgan.
Italiya juda uzoq va buyuk tarixga ega. U er Etruriya va Rim kabi ko'plab Evropa
madaniyatlarining beshigi sanaladi, keyinchalik Buyuk Evropa Renesansi ham aynan Italiyada
boshlangan. Italiyaning poytaxti Rim shahri G'arb tsivilizatsiyasining o'choqlaridan biridir, shu
bilan birga u Katolik Cherkovining markazi hisoblanadi.
Oʻzbekiston – Italiya munosabatlari


Bugungi kunda Italiya demokratik respublika bo'lib, YaIMning hajmi bo'yicha 7-o'rinda,
aholining turmush darajasi bo'yicha jahonda 8-o'rinda turuvchi rivojlangan mamlakatdir. Italiya
hozirgi Evropa Ittifoqining ilk ta'sischi 6 mamlakatidan biridir (1957 yil imzolangan Rim
Bitimi), shuningdek u Buyuk Sakkizlik (G8) mamlakatlari, Evropa Kengashi, G'arbiy Evropa
Ittifoqining a'zosi sanaladi. 2007 yil 1 yanvardan Italiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Havfsizlik Kengashining a'zosi hisoblanadi.
Italiya Evropaning janubida joylashgan etiksimon Appenin yarim oroli, Sitsiliya (9.926 km
2
),
Sadrina (9.301 km
2
), Elba va ko'plab mayda orollardan tashkil topgan bo'lib, 301.323 km
2
maydonni egallaydi. Shimoli-sharqdan janubi-g'arbga 1,145 km uzunlikka ega. Italiyaning
shimoliy chegaralari Monte-Servino (4.478 m), Monte-Roza (4.634 m) kabi osmno'par
cho'qqili Alp tog'lari bilan o'ralgan. Uning eng baland nuqtasi Italiya, Fransiya, Shveytsariya
chegarasida joylashgan Mon Blank cho'qqisi hisoblanib, 4.810 metrni tashkil qiladi. Alp
tog'lari va Appenin yarim oroli orasida Po daryosi bilan keng Lombardiya tekisligi joylashgan.
Italiya o'zining vulqonlari bilan ham mashhurdir: Etna – Evropadagi eng katta harakatdagi
vulqon. Undan tashqari Vulkano, 
Stromboli
va Vezuvi vulqonlari ham Italiya vulqonlaridir.
Italiyada daryolarga juda boy, ulardan Po va Adige eng mihimlaridir. Po daryosi 652 km
uzunlikda bo'lib, shundan 480 km joyida kema qatnovi yo'lga qo'yilgan. Adige daryosining
uzunligi 410 kmni tashkil qiladi. Ularning ikkovi ham g'arb tomonga oqadi va Adriatika
dengiziga quyiladi. Italiya daryolari ko'p bulishiga qaramasdan mayda va sayozdir. Italiyaning
shimoliy qismida ham yarim orol qismida ham bir qancha ko'llar bor. Garda, Magiore, Komo,
Trasimeno shular jumlasidandir.
Italiyaning iqlimi juda o'zgaruvchan va boshqa O'rta er dengizi malakatlarinikidan farq qiladi.
Shimoliy hududlar, 
Turin

Milan

Bolonyada
iqlim nam subtropikdir. Sohilbo'yi mintaqalarida
ichki balandlik va vodiylardan iqlim o'zgachadir, ayniqsa qish oylarida yumshoq va iliq havo,
yozda esa quruq va ancha issiq ob-havo hukmrondir.
ISTAT (Italiya Statistika Qo'mitasi)ning so'ngi baholashiga ko'ra 2007 yilning fevral oyi holatiga
Italiyada aholisi 59.206.382 kishini tashkil qiladi. Italiya aholi soni bo'yicha Evropada to'rtinchi
(Germaniya, Frvntsiya va Buyuk Britaniyadan so'ng), jahonda 22-o'rinda turadi. Aholi sonining
Geografiyasi
Iqlimi
Aholisi


o'sishi asosan immigrantlar va 79,81 yilni tashkil qiluvchi o'rtacha hayot uzunligining o'sishi
bilan bog'liq. Aholi zichligi bo'yicha Italiya bir kvadrat kilometrga 196 kishi bilan Evropada
beshinchidir. Savodxonlik ko'rsatkichi 98% ni tashkil qiladi, majburiy maktab ta'limi 6 yoshdan
18 yoshgachadir. Butun aholining taxminan 2/3 qismi shaharlarda yashaydi, lekin ushbu
ko'rsatkich boshqa g'arbiy Evropa mamlakatlaridan ancha kamdir.
Italiya 20 ta viloyatga (regione) bo'lingan. Ulardan beshtasi mahalliy qonunchilikka o'zgartirish
kiritish huquqiga ega bo'lgan maxsus avtonom viloyat maqomiga ega. Ular o'z navbatida 109
provintsiya (province) va 8.101 munitsipalitetdan (comuni) tashkil topgan.
Xalqaro Valyuta Fondining ma'lumotlariga ko'ra 2006 yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti
(YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu ko'rsatkich jahon mamlakatlari
orasida 7-o'rinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%,
xizmatlar 69% va qishloq xo'jaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot
Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra Italiya 2004 yilda sanoat mahsulotlari eksporti bo'yicha 6-
o'rinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy
kompaniyalardan tashkil topgan bo'lsa, janubiy qismlarda qishloq xo'jaligi rivojlangan.
Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini
tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta
qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot
va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya
ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999 yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.
https://www.initalia.uz
- Italiya va italyan tili hamda grammatikasi haqidagi sayt
1. 

Download 235,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish