IT-mutaxassislarga bo‘lgan talab yuqori. Qayerda o‘qigan ma'qul?
Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis – dunyodagi va O‘zbekistondagi eng talabgor kasblardan biridir. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov OAVga intervyu berar ekan, O‘zbekistonga yarim milliondan ortiq AKT sohasidagi mutaxassislar kerakligini ta'kidlab o‘tdi.
Hozirda deyarli barcha tarmoqlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini yuritadi. O‘zbekistonda soha rivojiga hamda insonlar hayotini yengillashtirish uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida innovatsion yechimlarni tatbiq etish sifatini yaxshilashga katta e'tibor qaratmoqda.
Axborot texnologiyalari kommunikatsiyada, boshqaruv sohasida, bank ishida keng qo‘llaniladi, ularning asosida ta'lim dasturlari, geologik-qidiruv va resurslarni qazib olish, zamonaviy sanoatda, tibbiyotda, xavfsizlikni ta'minlashda zarur bo‘lgan yuqori texnologiyalar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi.
Bahodir: Turli sohalarda axborot texnologiyalaridan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Bu esa IT-mutaxassislarning xizmatiga bo‘lgan talabning ortib borayotganidan darakdir.
Nodirbek: IT-mutaxassisligini o’rgatuvchi yani tayyorlash oliy o’quyv yurtlari qayerlarda bor?
Bahodir: Toshkent shahridagi Inha universiteti IT-mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi.
Oliy o‘quv yurtining talabalariga talab judayam katta. Barcha bitiruvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishgan. Ular Datasite Technology, «Asaka bank», KDB Bank, Fido-biznes, Uztransgaz, «Ipoteka-bank», Green White Solutions, UZINFOCOM va shu kabi kompaniyalarda mehnat qilishmoqda.
Nodirbek: Ushbu oliy o’quv yurtida o’qiyaotgan talabalar nechanchi kursdan ishlashlari va tajribalar orttirishi mumkin?
Bahodir: Ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari davlat va xususiy kompaniyalarda turli xil loyihalar ustida ishlashmoqda. Bu esa ularga shartnoma pulining bir qismini qoplash imkonini beradi.
Qayd etamiz, ayrim xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlari uchun avvaldan mutaxassislar tayyorlashmoqda. Misol uchun «LUKOYL», Huawei, Da Vinci Solutions, «O‘zagrosug‘urta», Eriell Corporation, «O‘ztelekom», Farg‘ona NQIZ va boshqalar talabalarga birinchi bosqichdan boshlab shartnoma pulini to‘lab berib, o‘zlari uchun mutaxassis tayyorlashmoqda.
Universitet talabalari yirik davlat dasturlari va loyihalarida ham ishtirok etishmoqda. Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan tashkil topgan “Fizmasoft” jamoasi “Xavfsiz shahar” dasturini amalga oshirishda qatnashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |