Fan nomi: O’zbekistonning eng yangi tarixi
Mavzu: “Istiqlol yillarida Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi”
Guruh: 105-PPS
Bajardi:
Amirov Alibek Davron o’g’li
Prokuratura (lot. procurare — gʻamxoʻrlik qilish) — ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qoʻzgʻatish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab 13—14-asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan. Bosh prokuror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan saylanadi. Boshqa viloyat, tuman va shahar prokurorlari Bosh prokuror tomonidan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ham Prokuratura hokimiyati faol ishtirok etadi. Bundan tashqari prokurorlar sudlarda ham ishtirok etadi.
Adliya (arab tilida, "a'dl" – adolat, toʻgʻrilik, haqqoniylik, xolislik degan ma'nolarni anglatadi) – sudlov muassasalari, sud tashkilotlari va ular faoliyatini anglatadigan tushuncha. Adliya keng ma’nodagi huquqdir.
Hokim — viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Hokim lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir.
Deputat — (lotincha: deputatus — vakil) — [1]. davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi; Oʻzbekiston Respublikasida — xalqning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlaridagi vakolatli vakili. Ularning maqomi, vakolatlari, deputatlik faoliyatining kafolatlari „Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida“ Oʻzbekistan Respublikasining qonunida (1995-yil 6-may) belgilab berilgan; 2) jamoa (guruh) tomonidan biron-bir topshiriqni bajarish uchun vakil qilingan shaxs.
Kengash — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Toshkent shaharda chiqqan (1917, iyun— sentabr). Turkiston musulmonlari Markaziy shoʻrosining nashri. "Najot" gaz.ning (1917-yil mart—iyun) oʻrniga chop etilgan. Gazetaga dastlab tarixchi olim Zakiy Validiy, keyinchalik Munavvarqori Abdurashidxonov muharrirlik qilgan. "K." Turkiston muxtoriyati gʻoyasini keng targʻib qilgan. Jami 16 soni chiqqan. 1917-yil oktabrda "Turon" gazeta bilan birlashib, "Turk eli" nomi bilan nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |