Istiqlol davrida bolalar sheʼriyati



Download 47 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi47 Kb.
#732396
Bog'liq
2 5393205981368818690


ISTIQLOL DAVRIDA BOLALAR SHEʼRIYATI.
Mingboyeva G., Tursunova M
ANNOTATSIYA.Maqolada MTT tarbiyalanuvchilari hayotida bolalar sheʼriyatining ahamiyati, Istiqlol davrida bolalar uchun bir-biridan qiziqarli sheʼrlar yozgan shoirlar hamda ular tomonidan yozilgan sheʼrlar va ularning yosh avlodning komil inson boʻlib kamol topishidagi oʻrni haqida keltirilgan.

Kalit soʻzlar: bolalar ,sheʼr, bolalar sheʼriyati, shoirlar, sheʼriy asarlar.
Bolalar adabiyotining yosh avlod tarbiyasiga ta’siri shak-shubhasizdir. Ayniqsa, eng kichik yoshdagilar uchun she’riyat janridagi asarlar bolalar ongiga tez yetib boradi, tez esida qoladi, shuningdek, bolalar adabiyoti ilk tarbiya samaralaridan biri sifatida yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdagi asosiy vositalardan biridir. MTT tarbiyalanuvchilari bolalar adabiyoti bilan tanishar ekan ertak, hikoya,rivoyat qatorida sheʼrlarga ham oʻz qiziqishini bildiradi. Tarbiyachining tarbiyalanuvchiga sheʼr oʻqib berishi jarayonida bola xayolida obrazlar, sheʼrdagi tasvirlar koʻz oʻngida jonlanadi. Bolani sheʼriyatga yaʼni sheʼrlarga qiziqtirishda sheʼrning qofiyasi, mazmuni, mavzusi yaʼni bola hayotiga aloqadorligi ,hajmi inobatga olinishi kerak. Albatta bolani sheʼriyat bilan tanishtirishda, sheʼriyatga qiziqishini orttirishda ota-onaning ham oʻrni benihoya. Ota-ona boshchiligida, mashgʻulotlar davomida bolalarga sheʼr yodlatish orqali bolani dunyo qarashini kengaytirib, nutqini, xotirasini rivojlantirib borish mumkin.
Bolani sheʼriy asarlar bilan tanishtirishda hamma sevib sheʼrlarini yod oladigan, oʻqiydigan Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev kabi shoirlar qatorida istiqlol davri shoirlari Muhiddin Omon, Dilshod Rajab, Kavsar Turdiyeva, Abdurahmon Akbar va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan eʼtiborga sazovordir.
So‘nggi yillarda bolalar sheʼriyati yo‘lida samarali ijod qilib kelayotgan o‘zbek bolalar shoirlari talaygina. Ular keksa avlod vakillarining eng yaxshi an’analarini saqlagan holda o‘z yangi yo‘nalish va uslublarini ham yaratmoqdalar. Shulardan biri Kavsar Turdiyevadir.
Kavsar Turdiyevaning har bir she’ri ma’naviy yo ma’rifiy tarbiyaga, ko‘pincha, ikkalasiga baravar xizmat qiladi. Kavsar Turdiyevaning bolalarga atalgan she’rlarini mavzu jihatdan bo‘lib chiqsak, ularda vatanparvarlik, mehnat, tabiat, bog‘cha va maktab, ota-onaga munosabat, do‘stlik, sog‘lom turmush tarzi va boshqa mavzularni uchratish mumkin.
Har qaysi she’r bolalar adabiyotining o‘ziga xos xusu￾siyatlarini hisobga olgan tarzda o‘quvchilar yoshi va bolalar she’riyatining talabidan kelib chiqqan holda yoritiladi.
Muallif she’rlarining ma’naviy-axloqiy yuki, tasviriyligi, musiqiyligi ularning ko‘pchiligi kuyga solinishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, „Mard o‘g‘lonlar bo‘lamiz“, „Lolaqizg‘aldoq“, „Zamonaviy qizaloq“, „Sehrli o‘lka“, „Mittivoylar qo‘shig‘i“, „Bolalik“, „Yaxshi bola, yomon bola“ va boshqalar.
Shoiraning vatanparvarlik mavzusidagi ko‘pgina she’rlarida Vatan uchun yosh avlodning mas’ulligi, ular shu yurt ravnaqi uchun kuch-g‘ayratlarini ayamasliklari kerakligi, ona-Vatanning yaratib berayotgan imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanishlari o‘zlarining, shu bilan birga, Vatanning yuksalishiga olib kelishi yaqqol ko‘rsatiladi. Chunki yurt farzandi o‘sha elning bir bo‘lagi, ular bir-birini to‘ldiradi va bir-biriga kerak:
Vatanim qaydadir?
Qalbim so‘roqlar,
Yuragim bog‘langan
Yaqin-yiroqlar.
Vatan — yuragimning
Òug‘ilgan joyi.
O‘lkamning quyoshi,
Yurtimning oyi.
Vatanim jismida
Men ham bir bo‘lak,
Vatanim menga-yu,
Men unga kerak.
Yuqoridagi she’rda Vatan, uning qismlari, bo‘laklari, ya’ni uni tashkil qiluvchilari quyosh, oy, zamin uyg‘unligi tarannum etiladi. Agar bu yerda Vatan obrazi lirik talqin etilsa, „Vatan iqbol kutar“ she’rining har bir misrasi go‘yo harakat uchun dasturdek jaranglaydi:
Senda, menda, bizda,
Har bir o‘g‘il-qizda
Yagonadir Vatan,
Asra uni har dam.
Sendan, mendan, bizdan,
Har bir o‘g‘il-qizdan
Vatan iqbol kutar,
Bizga imkon tutar.
„Bu bizning O‘zbekiston“ she’ri esa respublikamiz viloyatlarining o‘ziga xos jihatlarini iftixor bilan tarannum etadi.Bu she’rda ham bolalar uchun qulay savol-javob shakli tanlanadi:
— Qaysi yurtning nonlari
Kiritadi jonlarni?
— Minoralari baland
Samarqand bu, Samarqand!
Kavsar Turdiyevaning so‘nggi yillardagi ijodida turkum she’rlar katta o‘rin tutadi. Kavsar Turdiyevaning hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’riyatida o‘z ovozi, o‘z uslubi bor. Uning she’rlari yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Abdurahmon Akbar serqirra ijodkor boʻlib, bir-biridan goʻzal,qiziqarli, taʼsirchan sheʼrlar yozgan. Abdurahmon Akbar „Kichkintoy va paxtaoy“, „Ehtiyotkor toshbaqa“, „Uyquchining tushlari“, „Oymomaning qirq ertagi“ kabi ellikka yaqin she’riy va tarjima kitoblar muallifi. Abdurahmon o‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun Usmon Nosir nomidagi mukofot va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan (1).
Abdurahmon Akbar ijodi rang-barang mavzuda, shirali, ta’sirli yozilganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat she’rlarining qahramonlari ko‘ngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quvnoq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmaydigan bolakaylar ekanligining guvohi bo‘lasiz. Kattalar his qiladigan narsalarni bu bolakaylar ham his qiladilar.
Abdurahmon Akbar o‘z ijodiy izlanishlari bilan hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’riyatiga lirik kayfiyat va bola kechinmalarini qahramon tilidan berishning o‘ziga xos uslubini olib kirdi.
Ancha qiyin bugungi mavzu,
Quloq soling, dedi muallim.
Chor-atrofni bosgandayin suv
Zum o‘tmasdan sinf bo‘ldi jim,
Meni esa Nodira bilan
Suhbatlashgim kelaveradi.
Shoir bolalikni xotirlab, ,,Bolalik '' nomli sheʼrni yozdi. Bu sheʼrda bolalikning oʻzgacha shodliklari,shoʻxliklari nafis badiiy did bilan ifodalangan.Insonning bolalik davrida oʻyinqaroq boʻlishi,ota- onani oy va quyoshga tenglashtirishi, oila davrasida aka,opalar bilan baxtiyor yashashini tasvirlab bergan.
Bolalik
Bolalikda hamma shod,
Bolalikda hamma shoʼx.
Bolalikda hamma sogʻ,
Bolalikda kasal yoʻq.
Oʻgʻilmidir,qizmidir,
Bolalikda hamma bir.
Dunyo degani- koʻcha,
Togʻlarga oʻxshar adir.
Onang-oy, otang-quyosh,
Akang,opang-qarindosh.
Bolalikda koʻzlardan
Toʻkilgan yosh-ermak yosh.
Bolalik-sohira qush,
Yaratganning sanʼati.
Goʻzal shodlik, goʻzal tush-
Bu dunyoning jannati.
Abdurahmon Akbar qalamiga mansub she’r va tarjimalarda bolalar dunyosiga chuqurroq kirib boriladi, ularda fikr aniq va lo‘nda ifodalanadi. Asarlar tilining sodda va ravonligi, tasvir vositalarining puxtaligi, jahon bolalar she’riyatining eng yaxshi an’ana va usullarini, shakllarini o‘zida omuxta qilganligi bilan nafaqat yosh kitobxonlar, shu bilan birga, katta yoshdagi adabiyot, she’riyat muxlislari e’tiborini ham torta oladi. Yoshlarning barkamollikda, bugunning va kelajakning egasi ekaninihis etib ulg‘ayishlariga ko‘mak beradi.
O'zbek bolalar she'riyatining iste'dodli shoirlaridan biri Dilshod Rajab ( Rajabov) .Dilshod Rajabning ilk she'ri 5- sinfda o'qigan kezlari „Gulxan" jurnalida chiqqan. Ayni paytgacha uning „Qorgiz sovg'a keltirdi" (1990), „Hazilkashlar davrasida" (1991), „Otamning bog' i" (1996), „Daryo ko'ngil" (1997), „Jilvon o'g'loni" (2001), „Alifbo" (2001), „Sanoq" (2002) to`plamlari chop etilgan (2).
Shoir sheʼrlari sodda, ravon tilda yozilgan boʻlib, bolalarning sheʼrni tez anglab olishiga yordam beradi. Dilshod Rajab sheʼrlari quvnoqlik , begʻuborlik hislari bilan sugʻorilgan.Shoir sheʼrlarida yosh avlodni chinakam insoniy fazilatlar bilan tarbiyalashni oldiga maqsad qilib qoʻyadi, bu maqsad orqali hayot haqiqatlarini tinglovchiga yetkazib beradi. Masalan, ,,Qarash'' sheʼrida kungaboqarni quyoshga tomon intilib yashashini misol tariqasida koʻrsatib, insonni yuksaklikka tomon intilishi kerakligini , faqat oʻz ehtiyojlarini, nafsini oʻylab yashamasligi kerakligini aytib oʻtgan.
QARASН
Kungabogar chindanam
Menga juda yoqadi.
U doim yorug`likka,
Yuksaklikka boqadi.
Lekin hamma ham unga,
Shu ko'z bilan qaramas.
Ba'zilar bor hayotda
Fikri-zikri qorin, nafs.
Farqi yo'qdir ularga
Qay tomonga boqishi.
Ular uchun muhimi
Pistasini chaqishi.
,, Istiqlol bolalari'' sheʼrida shoir mustaqil, hur oʻlkada oʻsib, ulgʻayayotgan yosh avlodning baxti,quvonchini juda hayajonli, gʻururli tarzda ifodalab bergan.
Istiqlol bolalari
Istiqloldan bahra olgan,
Yurt mehrini dilga solgan,
Shodlik kuyin baland chalgan
Biz bolalar,biz bolalar -
Quvnoq oʻgʻil-qiz bolalar.
Chaqin chaqnar koʻzimizda,
Olov bor-da koʻksimizda,
Yolgʻon yoʻqdir soʻzimizda,
Biz bolalar, biz bolalar -
Quvnoq oʻgʻil- qiz bolalar.
Vatan - ozod, Vatan - obod,
Kelajakka boramiz shod,
Shodon avlod - sogʻlom avlod
Biz bolalar, biz bolalar -
Quvnoq oʻgʻil-qiz bolalar.
Aʼlo oʻqish - chin ontimiz,
Oʻzbek elim quvonchimiz,
Buyuk Vatan ishonchimiz
Biz bolalar, biz bolalar -
Quvnoq oʻgʻil-qiz bolalar.
Bu sheʼr bolalarni Vatanga mehrini, muhabbatini kuchaytirib, ona vatan uchun xizmat qilish sharafli burch ekanligini oʻqtiradi.
Xulosa qilib aytganda, bolalar sheʼriyati orqali yosh avlodga taʼlim- tarbiya berish, dunyo qarashini, tasavvurlarini boyitish, shoirlarimizni yuqorida keltirilgan goʻzal, maʼnoli sheʼrlarini yosh avlodga oʻrgatishimiz, shu orqali Vatanimiz rivojiga hissa qoʻshishimiz biz uchun yuksak vazifa boʻlmogʻi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.
1.M. Jumaboyev; Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish : darslik. 2- nashri / O‘zR Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – Toshkent: „VORIS-NASHRIYOT“, 2017. 376 b.
2.T. Adashboyev, A.Akbar.O'zbek bolalar adabiyoti antologiyasi, I jild, She'riyat. — Т.: ,,O'qituvchi" N M I U, 2006.-288b.
3.F.Q.KIYIKBAYEV,BOLALAR ADABIYOTI, 5111800 - Maktabgacha ta‘lim yo`nalishi talabalari uchun oʼquv qo`llanma, ANDIJON -2020.
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish