Istiqlol davri o’zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini



Download 20,53 Kb.
Sana02.02.2022
Hajmi20,53 Kb.
#426086
TuriReferat
Bog'liq
avtoreferatga taqriz Xumora Axmedova


Eshmatova Yulduz Boymahmatovnaning “Istiqlol davri o’zbek qissachiligida
ayol ruhiyatining badiiy talqini” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha
falsafa doktori(PhD) dissertatsiya avtoreferatiga
T A Q R I Z
Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Qissa, odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissa milliy kitobxonlikning, adabiy jarayonning qiyofasini ko‘rsatuvchi o‘ta muhim janr. Romanga yetmagan, hikoyaga sig‘magan oraliq ijodiy quvvat qissada aks etadi. Aynan qissa chinakam kitobxonlarni saralab, tarbiyalab, romanga tayyorlab beruvchi oraliq janrdir.
Qissa hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Mustaqillik yillarida barcha sohada bo’lgani kabi adabiyotda ham yangicha izlanishlar, qarashlar shakllandi. Jumladan, qissachilik janrida ham sezilarli o’zgarishlar bo’ldi. Bugungi globallashuv jarayonida badiiy asarni shunchaki o’qish bilan uning tub mazmunini tushunush birmuncha qiyindir. Asar mazmuniga chuqurroq kirib borish bugungi kun kitobxonining zimmasidagi vazifa sanaladi.
Tadqiqotchi o’z ilmiy ishini yozish jarayonida N. Eshonqul, X. Do’stmuhammad, Sh. Xolmirzayev va boshqa yozuvchilar ijodining aynan ayol ruhiyati badiiy talqini jihatidan izlanishlar olib borgan. Dissertatsiya ishi tarkibi kirish, uch asosiy bob, olti fasl, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan tashkil topgan. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 137 betni tashkil etadi. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, dissertatsiyaning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti aniqlangan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “O’zbek adabiyotshunosligida qissa janri va ayol obrazi muammosining tadqiqi”ga bag’ishlangan bo’lib, qissa janrining o’rganilish tarixi evolyutsiyasi va xorijda va milliy adabiyotshunoslikda ayol obrazining o’rganilishiga bag’ishlangan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi “Istiqlol davri o’zbek qissachiligida ayollar ruhiyatini ifodalashdagi yordamchi badiiy vositalar” deb ataladi.
Uchinchi bob esa “Ozbek ayoli ruhiyatining yoritilishida yangi qirralarning namoyon bo’lishi” deb nomlangan.
Dissertatsiyaning e’tirof etiladigan jihatlari quyidagilar:
1. Dissertatsiya ilmiy-nazariy jihatdan mukammal strukturaga ega, ya’ni boblar hamda fasllarda qo‘yilgan masalalar uzviylik va izchillik asosida shakllantirilgan.
2. Ayol ruhiyatini teran ochib berish maqsadida yaratilgan onaxonlar, kayvoni ena obrazalari aks etgan ertak-qissa, modern qissalar, realistic qissalardagi tasviriylik, kinoyaviylik hozirgi qissanavislar ijodi orqali ochib berilgan.
3. Dissertatsiyani yoritish mobaynida dissertant ishda, adabiyot taraqqiyotida ayolning tutugan o’rni va ahamiyatini yaqqol ko’rsatib bera olgan.
4. Tajriba-sinov ishlari shaklan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan.
Ishning yakuniy qismida berilgan adabiyotlar ro‘yxati tegishli tarzda shakllantirilgan. Boblar bo‘yicha va umumiy xulosalar ilmiy yuqori saviyada bayon etilgan. Shu bilan birga ishda muayyan kamchilik va nuqsonlar ko‘zga tashlanadi: dissertatsiya matnida bir necha o‘rinda uslubiy, texnik-imloviy va ishoraviy xatoliklar uchraydi.
Umuman olganda, bu kamchiliklar ish saviyasiga ta’sir etmaydi, mazkur dissertatsiyada tadqiqotchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga to‘la erishgan. Ishni tugallangan va xulosalangan deb hisoblashga asoslar bor.
Binobarin, Eshmatova Yulduz Boymahmatovnaning “Istiqlol davri o’zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini” mavzusidagi dissertatsiyasi аvtoreferаti OʻzR OAK talablariga mos, tadqiqotchi tomonidan dissertatsiyada belgilangan maqsad va vazifalar toʻliq amalga oshirilgan, Dissertatsiya muallifi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori ( PhD) ilmiy darajasiga loyiq.
Download 20,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish