Hozirgi hikoyachilikda janriy izlanishlar



Download 17,17 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,17 Kb.
#205868
Bog'liq
HOZIRGI HIKOYACHILIKDA JANRIY IZLANISHLAR


HOZIRGI HIKOYACHILIKDA JANRIY IZLANISHLAR

Hozirgi oʻzbek hikoya va qissachiligida Erkin Aʼzam, Xurshid Doʻstmuhammad, Sobir Oʻnar, Abduqayum Yoʻldosh, Nazar Eshonqul, Ulugʻbek Hamdam, Zulfiya Qurolboy qizi singari ijodkorlar qalam tebratishmoqda. Ular yaratgan hikoya va qissa namunalari ham uslub, ham shakl jihatidan oʻzgarib bormoqda.

Xususan, oʻzbek hikoyachiligi ikki xil uslubiy yoʻnalishda rivojlanayotganligini kuzatish mumkin: anʼanaviy realistik va modernistik. Zamonaviy oʻzbek yozuvchilari ustoz oʻzbek hikoyanavislarining, shuningdek, jahon hikoyachiligi ijodiy tajribalari bilan, ramziy-majoziy obrazlar va uslub jihatdan Gʻarb adabiyotiga xos modernistik shakl va usullardan keng foydalanishib, hikoyachilikda yangicha badiiy-estetik yangilanishlar yasashmoqda. Ularda qahramon ruhiyatiga yanada chuqur kirish, badiiy psixologizmning yangicha tasviriy vositalari boʻlgan adabiy gallyusinatsiya, illyuziya singari tasvirlar, yangicha ramziy-psixologik timsollar yaratish, hatto yozuvchi fantaziyasi bilan yaratilgan badiiy-romantik toʻqima obrazlar talqini ham uchraydi.

Shu maʼnoda, soʻnggi oʻn yillik oʻzbek hikoyachiligida Xurshid Doʻstmuhammadning “Beozor qushning qargʻishi”, Sobir Oʻnarning “Chambilbeyning oydalasi”, Nazar Eshonqulning “Yalpiz hidi”, Abduqayum Yoʻldoshning “Bir tun va bir umr”, Ulugʻbek Hamdamning “Uzoqdagi Dilnura” nomli qissa va hikoyalaridan jamlangan kitoblari eʼtiborga loyiq.

Binobarin, Xurshid Doʻstmuhammadning “Jim oʻtirgan odam” hikoyasida bitta ilmiy institutda qirq yil xizmat qilgan olim – Qurbonalining hayoti, xususan, uning pismiq xarakteri, yaʼni, koʻrib, bilib turib, bilmaganlikka olish kabi jamiyatimizda kun kechirayotgan shaxslarga xos loqaydlik ijtimoiy salbiy illati badiiy muhokama etiladi. Hikoya qahramoni Qurbonali, aslida, hayotining birinchi qismida botir, gapga chechan edi. Ammo hayotining ikkinchi qismida xuddi otasi kabi, padari vasiyat etib ketganidek, tiliga qulf solib, jim yashaydi. Binobarin, Qurbonalining odamovi, ajabtovur xarakterini hikoya matnida muallif oʻz bayoni vositasida shunday tasvirlaydi: “Qitmirligimi, pismiqligimi tutganida u hech bir moʻminning yetti uxlab tushiga kirmagan qiliqlarni oʻylab topadi. Deylik, uyidan chiqqach, roʻparasidan tanish-bilish yaqinlashayotganini koʻrgan zahoti koʻzini chirt yumib, yoʻlida davom etaveradi. Yoʻl besh qoʻlday maʼlum – na qoqiladi, na suqiladi. Betma-bet kelgan tanish esa hayron salomlashaymi-yoʻqmi, deya bir qarorga kelgunicha Qurbonali bekatga yetib ulguradi. Qiligʻidan oʻzi mutaassir boʻlib miriqib… ichida kuladi. Ha, bu inson ichida kulib, ichida quvonib, ichida xunob boʻlishni, nimaiki boʻlmasin, barini ichiga yutish sanʼatini mukammal egallagan”. Hikoyada bayon etilayotgan onasi vafoti bilan oʻtkazilgan Ilyosvoynikidagi (Qurbonalining qoʻshnisi) xudoyi maʼraka, taʼziyaga kelgan chollarning gurungi, bu bahsga oʻzgacha talqin bergan nomaʼlum shaxsning deyarli har kuni hikoya qahramoni oldidan chiqib, maʼrakadagi voqeani eslatish orqali, goʻyoki, ramziy maʼnoda, jamiyatda olimlik maqomini olganu ammo odamiylik maqomiga erisha olmagan Qurbonalining fojiaviy hayoti muhokama etiladi. Qurbonali har kuni kutilmaganda oldidan chiqib, maʼrakadagi voqeani eslatuvchi bu kishini “Kimsan” deb ataydi. Bizningcha, yozuvchi bu obrazga hikoya qahramoni Qurbonali tili va nigohi bilan “Kimsan” deb ism berar ekan, mazkur ifodada ham hikoyanavisning muayyan badiiy maqsadi nish berib turibdi. Nazarimizda, Kimsan obrazi hikoyaning bosh qahramoni Qurbonaliga, uning butun boshli hayotiga, hayotiy aʼmoliga, qirq yillik ilmiy faoliyatiga “Sen oʻzi kimsan?”, “Bu dunyoda yashab, umring poyoniga yetganida oʻzingga savol berib koʻr-chi, sen nimaga intilding? Nimaga erishding? Nimani yutqazding?” – degan bir qator zalvorli savollarni oʻrtaga tashlayotgandek taassurot uygʻotadi. Demak, Kimsan hikoya syujetini va uning muhim kompozitsion gʻoyasini shakllantiruvchi aniq maqsadli, mantiqli obraz sanaladi.

Shu bois, hikoyada atay oʻylab topilgan topildiq obraz “Kimsan” asar badiiy gʻoyasini ochishda ochqich hisoblanadi. Kimsanning luqmali gap-soʻzlaridan, chunonchi, “jim oʻtirgan odam eng xavfli odam”, degan hukm-xulosasidan soʻng, Qurbonali oyogʻi kuygan tovuqdek tipirchilab, vijdoni azobda qoladi. Qurbonali qanday fan sohasi bilan shugʻullangan, qanday ilmiy kashfiyot qildi kabi tafsilotlarga yozuvchi mutlaqo toʻxtalmaydi. Asarda ilgari surilayotgan ikkita muhim gʻoya oʻsimlikning oʻq tomiri singari koʻrinish berib turibdi. Birinchidan, Qurbonali hayoti misolida: “Olim boʻlish oson, ammo odam boʻlish qiyin”, degan jaydari bir xalqona falsafa koʻrsatib beriladi.

Xurshid Doʻstmuhammad hikoya qahramonlari ismiga (Qurbonali, Kimsan, Qurolboy, Toʻlash tarasha, Ilyosvoy, Odilxon yuvosh) va maʼrakadagi: “Ilmli kishi qanday xususiyatlarga ega boʻlmogʻi lozim?” degan bahsli munozaraga ham milliy, ham falsafiy-ramziy maʼno yuklaydi.

Eng muhimi, hikoyada millatning tili qulf boʻlib qolishiga sabab boʻlgan shoʻro davri, hatto oʻz dini va eʼtiqodini baralla ayta olishdan ham qoʻrqadigan xalq fojiasi Qurbonali va uning otasi hayoti misolida va institut rahbari gap-soʻzlari orqali badiiy tasvirda aks ettiriladi. Taʼmirtalab boʻlib qolgan idoraning zinasi Qurbonalining tashabbusi bilan sement qilinadi, soʻngra, jamiyatdagi ijtimoiy oʻzgarishdan soʻng oddiy sement zinalar tomigacha marmardan qilinadi. Mazkur tasvirlarda, xususan, Qurbonalining idoradoshi Odilxon yuvoshning quyidagi gap-soʻzlaridanoq, ziyoli shaxsining naqadar qashshoqona hayot kechirayotganidan voqif boʻlamiz: “ – Qurbon aka, – dedi koʻzini chimirib. Koʻzoynagiga koʻrsatkich barmogʻini nuqdi. Soʻng gʻoyatda maxfiy yangilikni oshkor qilayotgan odamdek, boʻzrayib turib shipshidi: – Zina qolib, devoru tomlargacha marmar qoplanib ketdiyu, sakkiz yildan beri oynakni butlolmayman!..” Jamiyatda chiroyli, zamonaviy binolar qad rostlashi va ular, shubhasiz, insoniyatga xizmat qilishi davlatning taraqqiy etganligidan nishona. Ammo ishxonadagi marmar zinalarning sovuqligi, yaltiroqligi va toygʻoqligi singari inson his-tuygʻulari ham sovuqlashib, badbinlashib, odamovilashib ketmogʻi aslo ijobiy xususiyat emas. “Jim oʻtirgan odam” hikoyasidagi ikkinchi oʻq chiziq – marmar zinalar qaysidir maʼnoda hikoyada insonlarga xos “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” insonlarning ramziy timsoli maʼnosini badiiy ifodalagan.

Zamon kundan-kun shiddatkor, yangicha axborot texnologiyaga, yangi maʼlumotlarni tez oʻzlashtirib, jadal hayotga tatbiq eta oladigan uddaburon yoshlarga, shaxslarga muhtoj. Endi bunday tezkor jamiyatda Odilxon yuvosh singari shaxslar yaxshi hayot kechirishga qodir emas. Chunki tuzum, jamiyat va zamona zayli oʻzgardi. Hikoya qahramoni Qurbonali Odilxon yuvoshning qoʻli kaltaligi sababini zamonadan emas, oʻzidan koʻradi: “Koʻzoynaging darz ketibdi-yu, mabodo koʻzing sitilib oqsayam aravangni oʻzing, oʻz qoʻling bilan sudraydigan zamon kelganiga qancha boʻldi, soʻtak! Eplasang – sudra aravangni, koʻchani boshingga koʻtarib sudra, eplamasang – egamning dargohi bepoyon!..” Qurbonalining ichki monologi orqali ifodalangan fikrlaridan ayon boʻlmoqdaki, u zamondan orqada qolib ketgan qoloq odam ham emas, u fikrlay oladi, baholay oladi, lekin dilidagi gapini tiliga chiqarmaydi. Uning eng katta nuqsoni shu. Zero, yuqoridagi qahramon ichki monologida u sakkiz yildan beri darz ketgan koʻzoynagini yangilay olmayotgan kasbdoshining shunday yurishiga eʼtiroz bildirib: “Eplasang – sudra aravangni… eplamasang – egamning dargohi bepoyon!..” – deya Odilxon yuvoshni oʻlimga mahkum etib, uni ayovsiz tanqid etadi.

Besuyak tili tufayli Qurbonalining begunoh otasi ikki marotaba qamalib chiqqan. Shu bois, otasi qalbiga choʻkkan qoʻrquv vahimasi, ogʻiz ichidagi bir parcha etni dushman sifatida talqin etish prinsipi bora-bora farzand yuragini ham zabt etadi. Goʻyoki, qoʻrquv – nasliy-irsiy kasallik kabi avloddan-avlodga oʻtib, zabonsizlik, tilini ichiga yutib yashash sanʼatini egallagan qahramonning oilaviy shajarasi koʻz oldimizda gavdalanadi.

Qurbonali ehtiyotkorlikda, tilni behuda valdiratmaslikka shu darajada berilib ketadiki, natijada, u odamovi, insoniy sifatlardan mahrum boʻlib qolgan ayanchli qiyofaga tushib qoladi. Adib Qurbonali obrazini satirik obraz darajasiga olib chiqib tasvirlaydi: “Bunday damlarda Qurbonali ich-ichidan hoholab kuladi. Kuladi-yu, sirtiga chiqarmaydi, shunday shodumon holatida ham qovogʻi soliq, sipo, vazmin va beozor qiyofasiga sodiq qoladi. Qiyofa qanchalik toʻng boʻlsa, huda-behudaga gaplashaveradigan, otamlashaveradigan kimsalar shuncha kamayadi. Qurbonali yelimdek yopishqoq tanish-notanishlardan yetti gaz nari yuradi…” Mazkur psixologik portretda Xurshid Doʻstmuhammadning qahramon ruhiy holatini mahorat bilan aks ettirishda, hajviy nasr va satirik obraz yaratishda rus yozuvchilari Gogol, Chexov hamda taniqli oʻzbek adiblari Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Said Ahmad singari hikoyanavislarning ijodiy tajribalari unga qoʻl kelganligi yaqqol sezilib turibdi.

Qurbonali besamar hayoti natijasida, “mahallaning soʻpisi” darajasigagina chiqa olgan oddiy olim, u burnining tagidan narini koʻra olmadi. Aslida, olim shaxs dunyo ilmidan, dunyo afkor ommasi qiziqayotgan muammolar bilan qiziqa olishi, ular bilan bahslashishi, juda boʻlmaganda, ular darajasida fikrlay olishi lozim edi. Adib Qurbonalining hash-pash deguncha oʻtib ketgan besamar umri misolida, bugungi kun ziyolisini jadalroq mehnat qilishga, faqat tor doirada emas, xorij ilmini ham egallash darkorligini uqtirayotgandek hissiyot uygʻotadi.

Hikoyada Kimsan, marmar zina, telexronitel kabi soʻzlarga urgʻu berib borilar ekan, shular orasida, Qurbonalining shaxsiy qoʻriqchisi bor, degan gumonlarga borib qolgan hammaslaklarning gap-soʻzlaridagi ikkinchi tagmaʼnoli soʻzni uqib olishimiz mumkin. Bu, aslida, mustamlaka sharoitida yashagan oʻzbekning oʻtmishiga ishora. Qahramon ismining “Qurbonali” deb atalishida ham aniq badiiy-estetik maqsad koʻzlanganligi muqarrar.

Kuzatganimizdek, Xurshid Doʻstmuhammad hikoyasida qavatma-qavat maʼno mavjud, shunga koʻra, adib ijodini polifonik badiiy tafakkurga ega, deyish mumkin.



SHARIPOVA.M,101
Download 17,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish