108
osmoningizdagi yulduzlar deb biling. Yulduzlarni qo‘lingiz bilan tutolmaysiz,
ammo ular tunlari yo‘lchi yulduz vazifasini o‘tab, hayotingizni yoritib turadi.
O‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan kelajakda kim bo‘lmoqchi ekanliklari
haqida so‘radi va har kimni orzusiga qarab baholashini aytdi.
– Nodira, sen katta bo‘lganingda kim bo‘lmoqchisan?
– Men shifokor bo‘lib, bolalarni davolamoqchiman.
– Senga besh baho. Sardor, sen qaysi kasbni tanlading?
– Men bankir bo‘lmoqchiman. Ko‘p pulim bo‘lishini xohlayman.
– Yaxshi. Senga to‘rt baho. Sherzod, sen kim bo‘lmoqchisan katta bo‘lganingda?
– Men katta-katta zavod-fabrikalarning egasi bo‘lib, ming-minglab odamlarni ish
bilan ta’minlamoqchiman. Ko‘p turli narsalar ishlab chiqarib, butun dunyoga
sotmoqchiman. Sinfdagi bolalar kulishibdi. O‘qituvchi esa:
– Senga uch baho. Dars tugaguncha, tuzukroq kasbni orzu qilolsang, senga ham
besh baho qo‘yaman, – debdi.
Dars tugashiga oz qolganda, Sherzod o‘qituvchiga debdi:
– Ustoz, mayli, menga uch baho qo‘yavering. Men orzuyimdan voz kechmayman.
O‘qituvchi tabassum bilan javob beribdi:
– Sherzod, orzuyingdan hech qachon voz kechma, va albatta, unga erishgin. Men
sening qat’iyatingni sinagan edim. Bahoying besh!
Orzularingizni chegaralamang. Aksincha, ularni turli xayollar bilan boyiting. Har
bir insonning
orzulari uning saviyasini belgilaydi. Orzularingizning baland va kattaligi
kelajakka nisbatan munosabatingiz va dunyoqarashingiz kengligiga bog‘liqdir.
Uzoq yaylovlarda qo‘ylarini o‘tlatib yurgan cho‘pondan so‘rashibdi: «Pulingiz
ko‘p bo‘lsa nima qilardingiz?»
Cho‘pon aytibdi: «Barra ko‘k piyoz bilan issiq shirmoy non yerdim».
Yonidagi boshqa bir cho‘pondan ayni savolni so‘rashibdi. Cho‘pon: «Bu do‘stim
aytganidan yaxshiroq yana nima bor?!» degan ekan. Ba’zan katta-katta orzular qilish
uchun ikkilanishingiz va hatto cho‘chishingiz mumkin. Siz o‘z kuch-quvvatingizni
qo‘rquv va xavotirlarga emas, orzularingizni ro‘yobga chiqarish va ularni amalga
oshirish uchun sarflang, yana va ana o‘z ustingizda ishlang. Bilim va
qobiliyatlaringizni shakllantiring. Hayot haqida tajriba ortiring. Unutmang,
orzularingiz hayotdagi maqsadlaringiz emas. Maqsadlarga erishish shart. Orzular
esa hayotingizning bir yerida doim nur sochib tursin! Orzu qilishda birgina qoida
bor: u ham bo‘lsa faqatgina sizning ishonchingizdir. Orzularingiz haqida
boshqalarga – oila a’zolaringizga, yaqin do‘stingizga ham aytganingizda ular kulishi
mumkin. Ahamiyat bermang, o‘z orzularingizga ishoning. Inson qanchalik orzu
qilar ekan, shuncha vaqt yashaydi. Orzu qilish to‘xtaganda, hayotda vaqt to‘xtab,
uning mazmuni va ma’nosi yo‘qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: