78
3.
Avvalgi kun refleksiyasi
Bunda asosan trening ishtirokchilari bilan avvalgi kunda o’tilgan trening
natijalari hamda o’zgarishlar haqida suhbatlashiladi. Bunda har bir trneing
ishtirokchisi o’z fikrini aytishi kerak.
2-sessiya
.
Asosiy qism
4.
“Moviy osmon ostida” testi
Moviy, yoki havo rang ko‘ngilni tinchlantiradigan xususiyatga ega. Hattoki Siz
moviy tusdagi biror bir ko‘rinish
yoki surat, kartinani tasavvur qilsangiz, tomir
urishingiz sekinlashayotganini, nafas olishingiz chuqurlashib
borayotganligini
sezasiz. Boshqa ranglar ham o‘ziga xos ma’noga ega. Tafakkuringizda Siz
tasvirlagan ko‘rinish Sizning ongingizning tub-tubida yashiringan talantingizni
ochib beradi.
1. Oppoq qor bilan qoplangan tekislik. Siz shunday o‘ziga xos uquvchanlik
qobiliyatga egasizki, bu qobiliyat Sizga bir qarashdayoq vaziyatni tushunib olish va
murakkab muammolarni hech qanday isbotlar va tushuntirishlarsiz echib tashlashga
yordam beradi.
Siz sinchkov va dadil, xal qiluvchan odam bo‘lish uchun barcha
kerakli xususiyatlarga egasiz, bu bilan hattoki Sizni ozroq bashoratchi deyish ham
mumkin. O‘z intuitsiyangizga ishoning – u Sizni doimo to‘g‘ri yo‘nalishda olib
boradi.
2. Moviy dengiz kengligi. Sizda shaxslararo munosabatlarga tabiatan berilgan
talant mavjud. Odamlar Insonlar Sizning o‘zgalar bilan muloqot qila olish
qobiliyatingizni hamda turli xil guruhlarga mansub odamlarni birlashishiga
yordam
bershingizni hurmat qilishadi. Sizning shu erdaligingizning o‘zi bilan boshqalarning
osoyishta va samarali ishlashiga yordam berasiz, bu esa Sizni o‘z vaqtida har qanday
loyihaning yoki har qanday komandaning bebaho a’zosiga aylantiradi. Siz: “Juda
yaxshi ish. SHunday davom ettiring” deydigan bo‘lsangiz, odamlar Siz haqiqatan
ham shunday hisoblaysiz, deb o‘ylashadi. Bu ular uchun yanada ko‘proq ahamiyat
kasb etadi.
3. Yam-yashil maysalar bilan qoplangan tog‘lar. Siz ta’sirchan nutq, muloqotga
kirishish qobiliyatiga egasiz. Siz doimo nimalarni xis qilayotganligingizni ifodalash
uchun kerakli so‘zlarni tanlay olasiz, va odamlar Sizni eshitayotib, tezda o‘zlari ham
xuddi shu narsalarni xis qilayotganliklarini anglay boshlaydilar. Aytishlaricha,
baham ko‘rilgan quvonch ortarkan, baham ko‘rilgan g‘amginlik kamayarkan. Sizda
esa, doimo boshqalarga ana shu tenglamaning to‘g‘ri javobini topishga yordam bera
oladigan ite’dodingiz bor.
4. Sariq rang gullar bilan qoplangan dala. Siz bilimlar va g‘oyalar bilan limmo-
lim to‘la ijodlar xazinasisiz va deyarli cheksiz imkoniyatlar egasisiz. Boshqa
79
odamlar bilan hamohanglikda qoling va o‘z orzularnigiz ushalishi ustida ishlashni
to‘xtatmang, va shunda Siz erishishingiz mumkin bo‘lmagan narsa qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: