Hayotning paydo bо‘lishi tо‘g‘risidagi qarashlar Hayot paydo bо‘lishi muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarab turli davrlarda turlicha hal etildi. Din peshvolari va idealizm oqimining namayondalari yer yuzidagi barcha о‘simliklar, hayvonlar va odamlar xudo qudrati bilan vujudga kelgan, degan fikrni uzoq davr targ‘ib qilib keldilar. Bunga qarama-qarshi materializm oqimi tarafdorlari esa hayot hech qanday ilohiy kuch ishtirokisiz, tabiiy qonunlar asosida paydo bо‘lganligini e’tirof etdilar. Biroq materializm oqimining dastlabki tarafdorlari о‘lik tabiat bilan tirik tabiat orasidagi tub sifat farqlarini yetarlicha farqlay olmadilar. XVII asrda yashagan Italiya olimi Franchenko Redi hayotning о‘z-о‘zidan paydo bо‘lishi tо‘g‘risidagi bunday tasavvurlar notо‘g‘ri ekanligini birinchi bо‘lib tajribada isbotladi. U о‘z tajribalarida shidishlarga bir parchadan gо‘sht solib, ba’zi idishlarning og‘zini doka bilan yopib, ba’zilarini ochiq qoldirdi. Ochiq holdagi idishlardagi gо‘shtlarga pashsha qо‘ngani uchun tez orada ularda qurt paydo bо‘ldi va rivojlandi. Yopiq shisha idishlardagi gо‘sht sasib chirisa ham, ularda hech qanday qurt paydo bо‘lmadi.
Fransiya mikrobiologi Lui Paster tajribalar о‘tkazib, yirik organizmlargina emas, hatto eng mayda organizmlar ham о‘lik tabiatdan о‘z-о‘zidan bо‘lmasligini isbotlab berdi. Paster tajribasining yakunlari e’lin qilinganidan keyin hayot mangu deb da’vo qiluvchi gipotezalar maydonga keldi. Kosmozoy va panspermiya gipotezalarini bunga misol qilib kо‘rsatish mumkin.
Kosmozoy gipotezasini birinchi marta 1865 yili nemis vrachi Rixter ilgari surdi. Keyinchalik gipotezani olimlardan Tomson va Gelmgols quvvatladilar. Kosmozoy gipotezasiga kо‘ra, koinotda hayot mangu bо‘lib, uning zarrachalari bir sayyoradan, ikkinchi sayyoraga kо‘chib yuradi. Bu zarrachalarning kо‘chib yurishida meteoritlar asosiy о‘rin egallaydi. Mikroskopik kо‘rinishdagi bu hayot zarrachalari meteoritlarga yopishib, ular orqali yerga tushgan va hvyotning rivojlanishiga sababchi bо‘lgan.
Panspermiya gipotezasi 1907 yili shved olimi Arrenius tomonidan ilgari surildi. Bu gipoteza xuddi kosmozoylar gipotezasi singari hayotning manguligini e’tirof etdi. Bu ikki gipoteza mazmunan bir xil bо‘lib,asosiy farqi hayot zarrachalari turli yо‘llar bilan yerga yetib kelganligi haqida edi. Arrenius mulohazasicha hayot kurtaklari meteoritlar yordamida tanqalmaydi, chunki meteoritlar atmosferaga ishqalanishi natijasida juda qizib ketadi. Oqibatda hayot kurtaklari nobud bо‘ladi. Shunga kо‘ra, panspermiya gipotezasiga muvofiq, hayot kurtaklari quyoshdan ajralgan yorug‘lik nurlarining bosimi ta’sirida yerga tarqalgan deyilgan. Panspermiya gipotezasi ham hayot manguligina e’tirof etgan. Bu har ikkala gipoteza ham umuman hayot qanday paydo bо‘lgan, degan muammoni hal eta olmagan.
Hayotning paydo bо‘lishi tо‘g‘risidagi masala hozirgacha biologiyaning eng munozarali muammolaridan biri bо‘lib kelmoqda. Hayotning anorganik materiyadan paydo bо‘lganligini isbotlovchi aniq dalillar yо‘qligi tufvyli shu masala yuzasidan ikki dunyoqarash-materializm bilan idealizm о‘rtasida hamisha keskin kurash borgan.
Materializm hayot-oqsil tanachalarining alohida yashash shakli deb uqtiradi. Demak, idealistik materializm nuqtai nazaridan hayotning paydo bо‘lishidagi muammo tirik, jonli materiya anorganik materiyadan, qachon va qanday paydo bо‘lgan degan muammodir.
Xо‘sh, yerda hayot qanday paydo bо‘lgan. Bu masalani F.Engels dialektik materializm nuqtai nazaridan «Tabiat dialektikasi» asarida umumiy tarzda ifodalab bergan.
Hozirgi kunda hayotning paydo bо‘lgani tо‘g‘risida bir qancha gipotezalar bо‘lib, shulardan diqqatga sazavori akademik A.I.Oparin о‘lik narsadan tirik mavjudotning vujudga kelishining aniq yо‘llari va asosiy bosqichlarini tasvirlab berdi. Hayotning negizi bо‘lmish organik moddalarning abiogen sintez bо‘la olishini bir qancha ilmiy dalillar asosida isbotlab berdi.
Biogenez jarayoni 3 asosiy bosqichdan iborat:
1. Organik moddalarning vujudga kelishi.
2. Biopolimerlarning hosil bо‘lishi.
3. Dastlabki tirik tanachalarning hosil bо‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |