Xulosa va takliflar
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to’’lamlari bo’yicha afzal ko’rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo’ladi. Har bir befarqlik egri chizig’i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to’’lamini ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig’i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko’ra cheksiz befarqlik egri chizig’i mavjud bo’lishi mumkin. Biz sodda ko’rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to’’lamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to’’lamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo’naltirilgan tartibda qo’yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to’’lamning boshqa biridan nechog’liq afzalligini ko’rsatib bera olmaydi.
Boshqa tomondan jamg’arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg’arilgan mablag’lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste’molchilik sarflarining har qanday etishmasligini qoplaydi va jamg’arma keltirib chiqaradigan iste’moldagi har qanday etishmaslikni to’ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o’zining barcha mahsulotlarini iste’molchilarga sotishni kuzda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg’armalariga teng miqdordagi mablag’larni investitsiyalarga qo’yishni kuzda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo’lib qoladi.
Iste’mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to’g’ri soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste’molchilik sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg’armaning darajasi bevosita soliqlar to’langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg’armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Agar naflilikka iste’molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko’rishi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |