Истеъмолчиларнинг асосий ҳУҚУҚлари



Download 262 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2022
Hajmi262 Kb.
#521799
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iste\'molchi tanlovi nazariyasi Odiljonov Dostonbek

2.1.1-jadval



Iste’molchining tovar (ish, xizmat)lar to’g’risida ma’lumot olish huquqi
Qonunning 6-moddasida belgilab qo’yilgan iste’molchilarning asosiy va muhim huquqlaridan biri-ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) hamda tovar (ish, xizmat)lar haqida o’z vaqtida zarur, to’g’ri va tushunarli ma’lumot olish huquqidir. Ushbu huquq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan «Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishning rahbariy tamoyillari» deb nomlangan (N 39G’248 – sonli 1985 y. 9 aprel) rezolyutsiyada, Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatining iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik dasturida (1975 yildagi EIH ning birinchi dasturida), Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlarning «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorligining asosiy yo’nalishlari to’g’risida»gi bitimida (2000 yil 25 yanvar) va boshqa ko’pgina xilqaro hujjatlarda iste’molchining sosiy xuquqlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Qonunning 6-moddasida keltirilgan zarur, to’g’ri va tushunarli ma’lumot tushunchalariga amaldagi Fuqarolik kodeksida ham, Qonunda ham to’liq ta’rif berilmagan. Shu o’rinda zarur va to’g’ri ma’lumot deganda nima tushuniladi degan savol tug’iladi. Bizningcha, zarur ma’lumot deganda sotuvchi tomonidan xaridorga beriladigan to’liq hajmdagi ma’lumotlar tushuniladi. Zarur ma’lumot iste’molchida tovar (ish, xizmat) haqida tasavvur hosil qilish, aynan ulardan qanday foydalanish kerakligi to’g’risida tushunchani vujudga keltirishi lozim. Odatda, iste’molchi sotib olishni mo’ljal qilgan tovar (ish, xizmat) haqida etarli ma’lumot (bilim)ga ega bo’lmaydi (ega bo’lishi mumkin bo’lsa-da, qonun iste’molchi bunday ma’lumotga ega bo’lmaydi, deb tahmin qiladi). Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga tovar (ish, xizmat) haqida etarli va to’liq ma’lumot berishi lozim. Iste’molchi esa unga taqdim etilgan ushbu ma’lumotlardan oqilona foydalanib, o’ziga ma’qul bo’lgan, o’zini qiziqtirgan tovarning xususiyatlari, sifati, uni ishlatish va saqlash tartibi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi, ushbu tovar (ish, xizmat) natijalaridan mutaxassis ko’magisiz mutaqil ravishda foydalana olishi lozim bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan kelib chiqib, «zarur ma’lumot» deganda:
birinchidan, sotuvchi (ijrochi, ishlab chiqaruvchi)ning yuridik manzili va u tasarruf (realizatsiya) qilayotgan tovar (bajarayotgan ish, ko’rsatayotgan xizmat) haqida aniq ma’lumotlar tushuniladi (bu ma’lumot orqali iste’molchi unga nuqsonli tovar sotilganda yoki bajarilgan ishda (ko’rsatilgan xizmatda) kamchiliklar aniqlanganda javobgarni topish bilan bog’liq qiyinchiliklar yuzaga kelishining oldi olinadi);
ikkinchidan, o’zida albatta uning sifati, asosiy iste’mol xususiyatlari, narxi, ishlab chiqaruvchining majburiyatlari va Qonunning 5, 6-moddalarida sanab o’tilgan talablarni aks ettirgan ma’mot majmui tushuniladi (bu esa iste’molchiga o’ziga kerakli tovar (xizmat)ni tanlab olish imkonini beradi);
uchinchidan, sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga savdo va xizmat ko’rsatish qoidalari to’g’risida beradigan to’liq ma’lumot tushuniladi. Bunday qoidalarning mavjudligi uning bajarilishi majburligini belgilaydi. Bu esa iste’molchining kuchi va mablag’i tejalishiga olib keladi.
To’g’ri ma’lumot deganda tovar (ish, xizmat)da aks ettirilgan ma’lumot uning asl holdagi ko’rinishiga, ya’ni tarkibiga va xususiyatlariga mos kelishi tushuniladi.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko’rsatilishi shart:
- tovar (ish, xizmat) majburiy talablarga muvofiq kelishi shart bo’lgan normativ hujjatlarning nomi;
- tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan o’ziga xos xususiyatlari ro’yxati;
- bahosi va sotib olish shartlari;
- ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
- ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
- tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
- tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek, bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
- ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, ro’yxatga olish va litsenziya guvohnomasining qayd raqami;
- ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek ta’mirlash ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko’rsatadigan korxonalarning manzillari;
- tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari;
- teatr-kontsert tadbirlari o’tkazilayotganda fonogrammadan foydalanishi to’g’risidagi axborot.
Sertifikatlanishi shart bo’lgan tovar haqida iste’molchiga uning sertifikatlanganligi to’g’risida ma’lumot taqdim etilishi lozim.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo’qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni realizatsiya qilish ma’lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko’rsatmasi bo’yicha to’xtatib turilishiga sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan «Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi to’g’risida»gi Qonunning 12-moddasiga asosan, iste’molchiga sotilayotgan qadoqlangan va o’ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo’shiladigan biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat qo’shimchalari yorliqlariga (suqma varaqalariga) ega bo’lishi, ularda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerakligi belgilangan. Ya’ni:
- oziq-ovqat nomi;
- oziq-ovqatning nimaga mo’ljallanganligi (maxsus bolalarbop mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
- tayyorlovchining nomi;
- tovar telgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
- oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo’shimchalarining nomi;
- oziqlik qimmati, navi;
- saqlash shart-sharoitlari (masalan, quyosh nuri tushmaydigan, salqin va quruq joyda; Q5 dan Q20 gacha daraja issiqlikda);
- tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
- tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
- og’irligi;
- foydalanish usuli (biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat qo’shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
- muvofiqlik belgisi (mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);
- normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari va shunga o’xshash ma’lumotlarni o’zida aks ettirishi lozimligi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib tovarni to’g’ri tanlash uning markirovkasida etarli (og’irligi, hajmi va tarkibi haqida) ma’lumotlar bo’lishini taqozo etadi. Ammo ko’plab tovarlarni ulgurji, ya’ni katta hajmlarda etkazib berilishi ko’p hollarda ularda ma’lumotlarni aks ettirish imkoniyati bo’lmasligiga olib keladi. Shuning uchun ham ko’pgina rivojlangan davlatlar qonunchiligida ishlab chiqaruvchilarning, tovarlarning miqdorini va har bir donasining narxini ham alohida ko’rsatishlari shartligi belgilangan.
Iste’molchilarga to’g’ri ma’lumot berish usullaridan biri – to’g’ri, maqbul va chiroyli tarzda do’kon yoki atele peshtaxtalariga sotuvda mavjud bo’lgan yoki tashkilotda tayyorlanadigan mahsulotlar namunalarigina qo’yiladi. Har bir namuna aniq jihozlangan yorliq va narxnoma bilan ta’minlanadi. Tovar yoki xizmatlar narxlari qaydnomasi hammaga ko’rinarli joyga osib qo’yilishi lozim. Peshtaxtalar belgilangan talablar darajasida jihozlangan bo’lishi, ular oynalari terlashining hamda muzlashining oldi olinishi, kechqurunlari esa ular yaxshi yoritilgan bo’lishi kerak. Bu, o’z navbatida, iste’molchiga peshtaxtadan mahsulotlarning xususiyatlariga baho berib, o’ziga maqbulini tanlash imkonini beradi. Sotib oluvchining talabiga binoan peshtaxtadagi tovar namunasi unga sotib yuborilishi mumkin.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotni taqdim etishda asosiy vazifa – ular ichidan keraklisini tanlab olishdan iborat. Iste’molchilarga taqdim etiladigan ma’lumotlarning kerakli hijmini ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning o’zi belgilaydi. Ammo u ma’lumot to’liq bo’lmaganligi uchun qonunda belgilangan javobgarlik mavjudligini esidan chiqarmasligi lozim. Ayrim turdagi tovar (ish, xizmat)lar haqidagi ma’lumotlar ro’yxati va ularni iste’molchilarga etkazish usullari O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgilanishi mumkin. Ular O’zbekiston Respublikasining barcha hududida umummajburiy kuchga ega bo’ladi.
Shu jumladan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tomonidan o’rnatilgan qo’shimcha ma’lumotlar tovarning xususiyati va spetsifikasi haqida yanada to’liqroq ma’lumotga ega bo’lishga olib kelishi mumkin.
II. BOB ISTE’MOL, JAMG’ARMA VA INVESTITSIYALAR.
2.1. Iste’mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi.

Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini bildiradi.


Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik xarakteridagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishini bildiradi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.
Iste’molchilik sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qism.
Jamgarma – aholi, korxona (firma) va davlat foriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’planib borilishi.
Iste’molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi.
Jamg’armaga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamgarmaga ketadigan ulushi.
Iste’molga qo’shilgan moyillik – shaxsiy daromad o’sgan qismining iste’mol qilinadigan qismi yoki ulushi.
Jamg’armaga qo’shilgan moyillik – shaxsiy daromad o’sgan qismining jamg’armaga ketadigan hissasi.
Iqtisodiy jamg’arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko’paytiirish uchun foydalanish.
Jamg’arish normasi – jamg’arish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Kapital qo’yilmalar - asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar.
Investitsiyalar – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi quyilmalar.
Investitsion faoliyat – investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha qilinadigan amaliy harakatlar.
Investr – investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad ( foyda) o’sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.

2.2. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.


Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va iqtisodiy jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol keng ma’noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste’mol qilib tugatishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.


Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi, ya’ni ular to’liq iste’mol qilinadi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog’liq ravishda moddiy ne’matlarni va xizmatlarni iste’mol qilish ajratiladi.
Individual yoki jamoa bulib iste’mol qilish farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat a’zolarining ixtiyorida bo’lgan moddiy ne’matlarni iste’mol qilish individual iste’molga kiradi. Jamiyat a’zolarining guruhlari moddiy ne’mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa bo’lib iste’mol qilishga kiradi.
Iste’mol fondi mablag’laridan butun iqtisodiyot doirasida band bo’lgan xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar boshqarishdagi moddiy sarflarni o’z ichiga oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo’liga kelib tushadigan qismi iste’molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi.
Iste’molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlari uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to’planib borilishi.
Uning hajmi uy xo’jaliklari daromadidan iste’molchilik sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Daromad fondida iste’molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi. Jamg’armaning o’sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag’larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo’naltirilishini bildiradi.
Shu sabali daromadda iste’molchilik sarflari va jamg’arma nisbatining o’zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg’armaga qo’yish oqibatida u tovarlarda bo’lgan talabda o’z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to’liq sarflangandagina jami talabni ta’minlash uchun etarli bo’ladi. Demak jamg’arma daromadlar-xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo’lishiga olib keladi.
Jamg’arma daromadlardan mablag’larni olib qo’yishni bildirib iste’molchilik sarflar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun etarli bo’lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o’z daromadining qandaydir qismini jamg’arsa, o’zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko’payishi ishlab chiqarishning qiskarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo’lishi mumkin.
Boshqa tomondan jamg’arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg’arilgan mablag’lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste’molchilik sarflarining har qanday etishmasligini qoplaydi va jamg’arma keltirib chiqaradigan iste’moldagi har qanday etishmaslikni to’ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o’zining barcha mahsulotlarini iste’molchilarga sotishni kuzda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg’armalariga teng miqdordagi mablag’larni investitsiyalarga qo’yishni kuzda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo’lib qoladi.
Iste’mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to’g’ri soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste’molchilik sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg’armaning darajasi bevosita soliqlar to’langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg’armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg’arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to’langandan keyingi daromad shaxsiy jamg’armani aniqlab beradigan asosiy omil bo’lib chiqadi.
Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi.
Jamg’arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy omillaridan biri hisoblanib, investitsion xarakterdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg’arishning amalda namoyon bo’lish shakli bo’lganligi sababli dastlab taxlilni jamg’arshning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg’arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko’paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Amalda jamg’arish kapital mablag’lar yoki investitsion sarmoyalar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. «Jamg’arish» va «kapital mablag» yoki «investitsion sarflar» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital mablag’ yoki investitsiyalarning chegaralari jamg’arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (ya’ni eskirgan ob’ektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya fondining bir qismi ham ularning manbai bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, «jamg’arish» tushunchasi investitsion sarflar doirasidan chiqib ketadi, chunki u faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning, shuningdek ehtiyot zaxiralarining kengayishini ham anglatadi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg’arish bir-biridan farqlanadi. Jamg’arilgan mablag’larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag’larini kengaytirishga ketadigan qismi, ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish fondini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish iqtisodiy o’sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, uquv muassasalari, madaniyat, sog’liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg’arish fondi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg’arish normasi bevosita jamg’arish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:

JN q ( JF G’ MD ) x 100


Bunda, JN-jamg’arish normasi, JF-jamg’arish fondi, MD-milliy daromad.


Jamg’arish normasining ham o’z chegarasi bo’lib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarsiz bo’lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki mablag’lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar etkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojoanishi o’rtasida nomutanosiblik paydo bo’ladi. Mablag’larning sochilib ketishi, ob’ektlarni barpo etish muddatlarining cho’zilib ketish xavfi oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish jarayonidayoq ma’naviy jihatdan eskiradi, tugallanmagan qurilishlar ko’payadi. Oqibatda, iqtisodiy o’sish pasayib ketish tamoyiligi ega bo’ladi.
Shunday qilib, jamg’arish fondi iqtisodiy o’sish sur’atlari va sifatiga faqat o’zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko’rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o’ringa chiqadi.
Jamg’arish flndi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko’payishini belgilaydigan omillar, jamg’arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo’llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg’arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog’liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o’sha miqdorida mahsulotlarni kamroq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.
Jamg’arishning miqdori milliy daromaddagi jamg’arish va iste’mol fondlari o’rtasidagi nisbati ham bog’liq bo’ladi.

Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.


Investitsiyalar sarflarining ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko’plab mutanosibliklar uning o’sish sur’atiga bog’liq bo’ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog’liq sarflarni bildiradi.


Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo’yilmadir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni ruyobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi.
Investitsiya faoliyati qo’yidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

  • investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k);

  • qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);

  • jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);

  • byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish.

1998 yil O’zbekistonda investitsion qo’yilmalarning 49,2 %ni korxonalarning o’z moliyaviy mablag’lari hisobiga, 24,2 %ni byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan.

Respublikada investitsiyalarning moliyalashtirish


manbalari bo’yicha tuzilishi (% hisobida).
2.2.1-jadval

Tuzilishi

1991

1992

1993

1994

1995

1998

Jami kapital qo’yilmalari

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Shu jumladan byudjet mablag’lari

44,5

26,6

32,1

25,3

22,9

24,2

O’z mablag’lari

38,7

52,9

46,2

47,1

47,0

49,2

Bank kreditlari

...

0,3

8,3

11,1

9,6

6,2

Chet el investrlari va kreditlari



















Mablag’lari

...

...

0,1

6,6

14,0

20,3

Aholi mablag’lari

16,8

20,2

13,2

9,9

6,5

...

Investitsiyalarning manbalaridan biri aholi kredit qatlamlari (ishchilar, o’qituvchilar, vrachlar va boshqalar) jamg’armasi hisoblanadi. Muammo shundan iboratki, jamg’arma hujalik yurituvchi bir guruh tomonidan amalga oshiriladi, investitsiyalar esa shaxslar yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining butunlay boshqa guruxi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. O’z-o’zidan aniqki investitsiyalar manbai bo’lib iqtisodiyotda faoliyat qiluvchi sanoat, qishloq xo’jalik va boshqa korxonalar foydasi ham hisoblanadi. Bu erda «jamg’aruvchi» va «investor» bir-biriga to’g’ri keladi.


O’zbekistonda kapital qo’yilmalarda nodavlat sektorini ulushi 1991 yildagi 24 %dan, 1998 yil 40,6 %ga etgan.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil aniqlaydi:
Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish ko’zda tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladi.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkachi hisoblanadi. Foiz stavkasi – bu real asosiy kapitalni ssotib olish uchun zarur bo’lgan band qilingan pul kapitaliga korxona to’lashi zarur bo’lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (10 %) foiz stavkasi (7 %) dan ortiq bo’lsa investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksincha, foiz stavkasi ( 12 %) kutilayotgan sof foyda normasi ( 10 %) ko’p ortiq bo’lsa, investitsiyalash samarasiz hisoblanadi.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa qo’yidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi.

  1. Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari.

  2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori.

Xulosa va takliflar


Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to’’lamlari bo’yicha afzal ko’rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo’ladi. Har bir befarqlik egri chizig’i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to’’lamini ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig’i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.


Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko’ra cheksiz befarqlik egri chizig’i mavjud bo’lishi mumkin. Biz sodda ko’rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to’’lamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to’’lamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo’naltirilgan tartibda qo’yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to’’lamning boshqa biridan nechog’liq afzalligini ko’rsatib bera olmaydi.
Boshqa tomondan jamg’arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg’arilgan mablag’lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste’molchilik sarflarining har qanday etishmasligini qoplaydi va jamg’arma keltirib chiqaradigan iste’moldagi har qanday etishmaslikni to’ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o’zining barcha mahsulotlarini iste’molchilarga sotishni kuzda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg’armalariga teng miqdordagi mablag’larni investitsiyalarga qo’yishni kuzda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo’lib qoladi.
Iste’mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to’g’ri soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste’molchilik sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg’armaning darajasi bevosita soliqlar to’langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg’armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Agar naflilikka iste’molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko’rishi deyiladi.

Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish