Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash. Umumiy talablar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/76
Sana10.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#770485
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

4-§. Tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash. Umumiy talablar
27. Tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash ish joyiga yanglishib kuchlanish berilganda, ishlovchilarni elektr
tokidan jarohatlanishdan himoyalash maqsadida bajariladi.
28. Tok o‘tkazuvchi qismlarga yerga ulagichlar bevosita kuchlanish yo‘qligi tekshirilganidan so‘ng
o‘rnatilishi kerak. Ko‘chma yerga ulagichlar avval yerga, undan keyin kuchlanish yo‘qligi tekshiriligandan so‘ng
tok o‘tkazuvchi qismlarga ulanishi lozim.
Ko‘chma yerga ulagichlarni olish teskari tartibda: avval tok o‘tkazuvchi qismlardan, so‘ngra yerdan ajratib
olib amalga oshiriladi.
29. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish va echib olish
operatsiyalari dielektrik qo‘lqopda, izolatsiyalovchi shtangani qo‘llagan holda bajarilishi kerak. O‘rnatilgan
ko‘chma yerga ulagich qisqichlarini mahkamlash shtanga yordamida yoki bevosita qo‘lda dielektrik qo‘lqop kiyib
bajarilishi kerak.
Yerga ulash uchun bu maqsadlarga mo‘ljallanmagan simlardan foydalanish, shuningdek, yerga ulagichni
burab ulash taqiqlanadi.
5-§. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va taqsimlash qurilmalarida tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga
ulash
30. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ish olib borish uchun uzilgan uchastkaga qaysi
tomondan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan barcha fazalarga, qutblarga yerga ulagich o‘rnatilishi shart.
Ishlarni bajarish uchun uzilgan yig‘ma shinalar bundan mustasno, ularga bitta yerga ulagichni o‘rnatish
yetarlidir.
TQda ishlanganda, ushbu qurilmani ta’minlovchi liniyaning qarama-qarshi uchlarida yerga ulagichni
o‘rnatish talab etilmaydi. Bunda ishlarni bajarish jarayonida yerga ulagichni olib ishlash zarur bo‘lgan hollar
bundan mustasno.
O‘rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ishlar bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi qismlardan o‘chirgichlar,
ajratkichlar, bo‘lgichlar yoki yuklama o‘chirgichlarining o‘chirilishi, saqlagichlarning olib qo‘yilishi, shinalar yoki
simlarning demontaj qilinishi bilan ajratilishi mumkin.
31. Bevosita ish joyidagi tok o‘tkazuvchi qismlarda ushbu qismlar tokdan jarohatlanishga olib keladigan
ilashgan kuchlanish (potensial) ostida qolishi mumkin bo‘lsa yoki ularga begona manbadan (payvandlash
apparati, yoritish tarmoqlari va shunga o‘xshash) kuchlanishi 42 V o‘zgaruvchan va 110 V o‘zgarmas tok berilishi
ehtimoli bo‘lsa, qo‘shimcha yerga ulagichlar o‘rnatilishi lozim.
32. Tok o‘tkazuvchi qismlarga o‘rnatilgan ko‘chma yerga ulagichlar ko‘zga ko‘rinadigan uzilish bilan
kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratib qo‘yilishi lozim. Yerga ulagichlar bo‘yoqdan tozalangan
joyga o‘rnatilishi kerak.
33. YOTQda ko‘chma yerga ulagichlar tok o‘tkazuvchi qismlarning ulash uchun belgilangan joylariga
o‘rnatilishi kerak. Bu joylar bo‘yoqdan tozalanib, qora qalin chiziq bilan belgilab qo‘yiladi.
YOTQ va OTQdagi ko‘chma yerga ulagichlarni yerga ulash magistraliga yoki yerga ulangan
konstruksiyalarga ulash joylari bo‘yoqdan tozalangan va mahkamlash uchun moslashgan bo‘lishi lozim.
34. Yerga ulagichni o‘rnatishning imkoni bo‘lmasa yoki konstruksiyasiga ko‘ra o‘rnatish xavfli bo‘lgan elektr
qurilmalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi qutilarda, alohida turdagi KTQda) yanglishib ish joyiga kuchlanish
berilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ish joyini tayyorlashda qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilishi shart. Ushbu
choralarga: o‘chirilgan apparatlar va uzatmalarni qulflab qo‘yish; ajratkichlar, rubilniklar, avtomat va
boshqalarning yuqori kontaktlarini yoki pichoqlarini rezinali qalpoq yoki izolatsiya materialidan yasalgan qattiq
to‘shama bilan to‘sish; kommutatsiya apparati bilan ketma-ket ulangan saqlagichlarni olib qo‘yish va boshqalar
kiradi.
Bu texnik chora-tadbirlar ekspluatatsiyaga oid mahalliy yo‘riqnomada ko‘rsatilishi shart. Ko‘rsatilgan
qo‘shimcha choralarni bajarish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bevosita ish joyiga TQning, shchitning, yig‘maning
ta’minlovchi liniyaning uchlari tarmoqdan uzilishi shart.
Bunday elektr qurilmalarining ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi va
tasdiqlanadi.
35. Ushbu qurilmada elektr maydon ta’sirida kuchlanish paydo bo‘lmaslik sharti bilan va begona
manbadan yoki teskari transformatsiya yo‘li bilan bu qurilmaga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan simlar,
kabellar va shinalar barcha tarafdan ajratib qo‘yilgan hollarda, ushbu elektr qurilmalarida ishlarni bajarishda
yerga ulagich o‘rnatish talab etilmaydi. Ajratilgan kabellarning uchlari bunday hollarda bir-biri bilan qisqa
tutashtirilgan va yerga ulangan bo‘lishi shart.
2


36. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida TQning, shchitlarning yig‘ma shinalarida va
ushbu shinalarning yig‘malarida (izolatsiya bilan qoplangan simlardan yasalgan shinalardan tashqari) kuchlanish
olinib ishlanganda, bu shinalarga yerga ulagich o‘rnatilishi kerak. Ushbu TQ, shchitlar, yig‘malarning
ulanmalariga va ulardan ta’minlanuvchi uskunalarga yerga ulagich o‘rnatish zarurati va imkoni naryad, farmoyish
beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi (mazkur Qoidalarning
 60-bandi
).
37. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida:
erga ulovchi pichoqlarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan kamida IV guruhga
ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi bajarishiga ruxsat etiladi;
ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV va III guruhga ega bo‘lgan tezkor
yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak. Kamida III guruhga ega
bo‘lgan ikkinchi shaxs ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lishi va u elektr qurilmasining sxemasi bilan tanishib
chiqqan hamda yo‘l-yo‘riq olgan bo‘lishi kerak;
erga ulovchi pichoqlarni uzish va ko‘chma yerga ulagichni olish tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar
jumlasidan bo‘lgan kamida III guruhga ega bitta shaxs tomonidan bajarilishi mumkin.
38. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida yerga ulagichni o‘rnatish va olib tashlash bo‘yicha barcha
operatsiyalarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga
ega bo‘lgan bitta shaxs bajarishiga ruxsat etiladi.
39. Agar bajarilayotgan ishning xususiyatiga ko‘ra talab etilsa (masalan, izolatsiya qarshiligini o‘lchash va
shunga o‘xshash), ish joyini tayyorlash vaqtida o‘rnatilgan yerga ulagichlarni vaqtincha olib turishga ruxsat
etiladi. Bunda ish joyi mazkur Qoidalarning talablariga to‘la mos ravishda tayyorlanishi kerak va faqat ishni
bajarish vaqtida xalaqit berishi mumkin bo‘lgan yerga ulagichlar olib qo‘yiladi.
Yerga ulagichlarni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish tezkor xodim yoki uning kuzatuvi ostida elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi tomonidan bajariladi.
Mahalliy tezkor xodimlari bo‘lmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida yerga
ulagichni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish ijozat beruvchi shaxs bo‘lmagan hollarda javobgar rahbar yoki
ish bajaruvchi, yoki uning kuzatuvi ostida kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi tomonidan bajarilishi
mumkin.
Naryadni topshirish paytida yerga ulagichni vaqtincha olib turishga ruxsat, uning “Alohida ko‘rsatmalar”
satrida bu operatsiya qayerda va qaysi maqsadlar uchun talab qilinishi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish