2-§. Elektr uzatish havo liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
9. HLda naryad bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi lozim:
kuchlanish olinganda, shu jumladan ikki tayanch oraliqlari kesishgan joylarda, ilashgan kuchlanish
zonasida, shuningdek, tarmoqdan uzilgan ko‘p zanjirli 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLda simlarni montaj
qilish va almashtirish bo‘yicha;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda: odam oyog‘i ostidan
hisoblaganda yer sirtidan 3 metrdan yuqori balandlikda; tayanchning konstruktiv qismlarini bo‘laklab; tayanch
oyog‘ini 0,5 metrdan ko‘p chuqurlikda kavlab ;
qo‘riqlash maydonida, HL trassasini tozalashda kesilayotgan daraxtlarning simga tushishining oldini olish
choralarini ko‘rish talab etilgan hollarda; 0,4 — 10 kV HL trassasini tozalashda shox-butalarni kesishda, ularning
simlarga tushishi yoki ularni kesish bilan bog‘liq ravishda odamlarni simlarga xavfli masofaga yaqinlashishida,
yuk ko‘taruvchi mashina va mexanizmlarni qo‘llab bajaraladigan ishlar. HLdagi qolgan barcha ishlar farmoyish
bo‘yicha bajarilishi mumkin.
10. Har bir HLga, ko‘p zanjirli liniyalarda esa uning har bir zanjiriga alohida naryad beriladi, bitta naryad
berishga ruxsat etilgan quyidagi hollar bundan mustasno:
ko‘p zanjirli liniyaning bir necha zanjirlarida kuchlanish olinganda va kuchlanish olinmasdan, tok
o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bir nechta HLda
bajariladigan bir turdagi ishlar;
HLlarning kesishgan joylaridagi ishlar; kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLlarda bir liniyadan boshqasiga
o‘tishni rasmiylashtirib, navbatma-navbat bajariladigan ishlar.
11. Ta’mirlanayotgan liniyadan kuchlanish olinganda bajariladigan ishlarga berilgan naryadda uni kesib
o‘tgan qaysi liniya uzilishi mazkur Qoidalarning
46-bandiga
va yerga ulanishi mazkur Qoidalarga
9-ilovaga
muvofiq yerga ulagich o‘rnatilishi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Agar ishlarni bajarish sharoitlariga ko‘ra
ta’mirlanayotgan liniya yaqinidan o‘tayotgan liniyani o‘chirish talab qilinadigan bo‘lsa, naryadda ta’mirlanayotgan
HLga tegishli xuddi shunday ko‘rsatma kiritilishi lozim. Bunday hollarda ta’mirlanayotgan liniyani kesib o‘tuvchi
yoki uning yaqinidan o‘tayotgan liniyaga yerga ulagich o‘rnatish ishga ijozat berishdan oldin amalga oshirilishi
kerak hamda ishlar to‘liq tugallanishiga qadar ulardan yerga ulagichlarni olish taqiqlanadi.
12. Ish kuni tamom bo‘lishi sababli ishdagi tanaffuslarda ish joylariga o‘rnatilgan yerga ulagichlar olinmaydi.
Kelgusi kun ishni boshlashda qoldirilgan yerga ulagichlarning butligi va mustahkam ulanganligi tekshirilganidan
keyingina brigadani ishlashiga ijozat beriladi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini
ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalariga
9-ILOVA
1. Kuchlanish olinib bajariladigan ishlar uchun ish joyini tayyorlash bo‘yicha quyidagi texnik chora-tadbirlar
ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart:
a) zarur o‘chirishlarni amalga oshirish va ish joyiga kommutatsiya apparaturasining yanglishib yoki o‘z-
o‘zidan ulanib qolishi oqibatida kuchlanish berilishini istisno etuvchi choralarni ko‘rish;
b) qo‘lda boshqariladigan uzatmalarga va masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarining
kalitlariga taqiqlovchi plakatlarni osib qo‘yish;
v) odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan himoya qilish uchun yerga ulanishi zarur bo‘lgan tok
o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;
g) yerga ulagichni o‘rnatish (erga ulagich pichoqlarini ulash, ular bo‘lmagan taqdirda, ko‘chma yerga
ulagichlarni o‘rnatish);
d) ogohlantiruvchi va ko‘rsatma beruvchi plakatlarni osib qo‘yish, zarur bo‘lgan taqdirda, ish joyini va
kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish. Mahalliy sharoitlarga qarab tok o‘tkazuvchi qismlar,
yerga ulagichlar o‘rnatilishidan oldin yoki keyin to‘siqlar bilan ajratib qo‘yiladi.
Elektr qurilmalariga smenada ikki va undan ko‘p shaxs tomonidan tezkor xizmat ko‘rsatilganda, ushbu
bandda qayd etilgan tadbirlar ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak. Elektr qurilmalariga bitta shaxs tomonidan
xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, ularni bir kishi bajarishi mumkin, kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida
ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish (mazkur Qoidalarga 9-ilova
37-bandi
) va ajratkichlari noto‘g‘ri harakatlardan
blokirovkalash qurilmalariga ega bo‘lmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarning ikki va undan
ko‘p ulanmalaridagi almashlab ulashlarni bajarish ishlari bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |