Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida ta’mirlash ishlari



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/76
Sana10.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#770485
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

4-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida ta’mirlash ishlari
1-§. Yer qazish ishlari
23. Kabellar uchun handaqlar yoki kotlovanlarni qazishdan oldin yer qazish ishlari olib boriladigan hududda
ushbu hudud tegishli bo‘lgan tashkilot yoki korxonaning ishlarni bajarish uchun yozma ruxsatini olish hamda
mavjud yer osti inshootlari, gaz, suv quvurlari va boshqa kommunikatsiyalarning aniq o‘rnashgan joyi to‘g‘risida
ko‘rsatma olish zarur.
Yer qazish ishlari yer osti inshootlari yaqinida va kommunikatsiyalarning muhofaza zonasida olib borilgan
taqdirda, kommunikatsiyalar egasi bo‘lgan korxona yoki tashkilot tomonidan ko‘rsatib berilgan ishlash shartlari
bajarilishi lozim.
24. Kabellar o‘tgan joydan 1 metrdan kam masofada yer qazish mashinalaridan va 5 metrdan kam
masofada pona-bolg‘a yoki shunga o‘xshash kuch bilan uradigan mexanizmlardan foydalanishga ruxsat
etilmaydi.
Yer qazish ishlari kabellar ustida bajarilganda, tuproqni yumshatish uchun parchalaydigan bolg‘alardan va
uni qazib chiqarish uchun yer qazuvchi mashinalardan, shuningdek, lom va kirkalardan foydalanish uchun faqat
kabelgacha eng kamida 0,3 metr masofa qolishiga qadar qazishga ruxsat etiladi. Yerning qolgan qatlamidagi
tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak.
Kabellarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning nazorati ostida yer qazish ishlarini boshlashdan oldin yer
qazish ishlarini bajaruvchi tashkilot tomonidan kabellar o‘tgan chuqurlikni va ularning joylashuvini aniqlash
maqsadida tuproqning nazorat uchun qazilishi va yer qazish mexanizmlarining ishlash chegaralarini belgilovchi
vaqtincha to‘siqlar o‘rnatilishi lozim.
25. Qish faslida tuproqni belkurak bilan qazishni faqat tuproq isitilgandan so‘ng boshlash mumkin. Bunda
issiqlik manbaini kabelga qadar 15 sm masofagacha yaqinlashtirish mumkin.
26. Yer qazish ishlarini bajarishda kabellarning planida va sxemalarida qayd etilmagan quvurlar, yer osti
inshootlari aniqlansa, aniqlangan inshootlar va jismlarning xususiyatlari aniqlanishi va tegishli ruxsatnoma
olinishiga qadar yer qazish ishlarini to‘xtatib turish va bu haqda javobgar rahbarga ma’lum qilish lozim.
27. Zaharli gazlar paydo bo‘lishi bilan ishlar darhol to‘xtatilishi, ishchilar esa zaharli gaz bilan ifloslanish
manbai aniqlanishi va u bartaraf etilishiga qadar xavfli joydan zudlik bilan chiqarib yuborilishi zarur. Zaharli
gazlar paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lganda, yer qazish ishlari faqat ishlovchilar gazga qarshi niqob bilan
ta’minlanib, ularga gazni aniqlovchi indikator berilgandan keyin davom ettirilishi mumkin. Bunda ishni
boshlashdan oldin ishchilarga zaharli gazga qarshi kurashish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
28. O‘pirilish xavfi bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli yerlarda handaqlar qazilayotganda, ularning devorlari
puxta mahkamlanishi kerak.
To‘kiluvchan tuproqli yerlardagi ishlar zovur devorlarini mustahkamlamasdan, ammo uning chetida tabiiy
qiyalik burchagini saqlagan holda bajarilishi mumkin.
29. Yer osti suvlari bo‘lmagan, tabiiy namlikdagi tuproq yerlarda va yer osti inshootlariga yaqin joylashgan
yerlarda kotlovanlarni va handaqlarni mustahkamlanmagan tik devorlarining quyidagi chuqurlikdan
oshirmasdan qazishga ruxsat etiladi:
uyilgan va shag‘alli yerlarda — 1 m;
qumloq tuproqli yerlarda — 1, 25 m;
qumoq tuproqli va loyli yerlarda — 1,5 m;
o‘ta zich va qoya osti tuproqli yerlarda — 2 m.
Qovushqoq zich tuproqli yerlarda tik devorli handaqlarni rotorli va zovur qazuvchi ekskavatorlar yordamida
mustahkamlagichlarni o‘rnatmasdan, 3 metrgacha chuqurlikda qazishga ruxsat etiladi. Bu hollarda ishchilarning
zovurlarga tushishiga ruxsat etilmaydi. Zovurlarning ishchilar ichida bo‘lishi zarur bo‘lgan joylarida
mustahkamlagichlar o‘rnatilishi yoki qiyaliklar barpo etilishi zarur.
Qish faslida yerning muzlagan qismida (erning quruq tuproq qismidan tashqari) yer qazish ishlarini
mustahkamlagichlar o‘rnatmasdan bajarishga ruxsat etiladi.
30. Yer qazish sharoiti mazkur Qoidalarga 10-ilovaning
 29-bandida 
ko‘rsatilgandan farq qiladigan holatlarda
kotlovanlar va handaqlarni qazish ishlari tik devorlarni bo‘yi baravar tirgovich yordamida mustahkamlab yoki
tabiiy qiyalikni saqlagan holda, devorlarni mustahkamlamasdan bajariladi.
31. Devorlari mustahkamlanmasdan mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 
29-bandida 
ko‘rsatilgandan kattaroq
chuqurlikdagi zovur va handaqlar qiyaliklarining eng katta qiymati mazkur Qoidalarga 
7-ilovaning 
2- jadvali
bo‘yicha qabul qilinadi.
32. Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan kotlovanlar va handaqlarning tik devorlari mazkur Qoidalarga
7-
ilovaning 
3-jadvalida keltirilgan talablarga muvofiq mustahkamlanishi lozim.
33. Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan kotlovanlar va handaqlarning mustahkamlanishi odatda inventarli
bo‘lishi va namunaviy loyihalarga muvofiq bajarilishi lozim.
34. Kotlovanlar va handaqlarning taxtadan yasalgan mustahkamlagichlari tuproqni o‘raga qayta solinishiga
ko‘ra pastdan yuqoriga qarab ajratib olinadi.
Bir vaqtning o‘zida birdaniga olinadigan mustahkamlagich taxtalarning soni uchtadan oshmasligi,
sochiluvchan va barqaror tuproqlarda esa bir donadan oshmasligi kerak. Taxtalarning olinishiga qarab,
bo‘shagan tirgovichlar boshqa joylarga o‘rnatiladi. Bunda eski o‘rnatilgan tirgovichlar faqat yangisi
o‘rnatilgandan keyingina olib tashlanadi.
35. O‘ralar, handaqlar va kotlovanlarni qazishda ishlatiladigan qurilish materiallari hamda kotlovanlar va
handaqlardan chiqarib tashlanayotgan tuproq iloji boricha to‘silgan joy ichiga yoki yo‘lovchilar va transportga
xalaqit bermaydigan qilib undan chetroqqa joylashtirilishi zarur.


36. Kotlovan, handaq va o‘ra qazish ishlari bajarilayotgan joy ogohlantiruvchi yozuv va belgilar o‘rnatilgan
to‘siqlar bilan to‘silishi, tungi vaqtda esa to‘siqlarga ogohlantiruvchi chiroqlar o‘rnatilishi zarur.
37. Yo‘lovchilar va transport o‘tishi uchun handaqlar ustiga ko‘prikchalar tashlanishi kerak.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish