Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Elektr uzatish havo liniyalarini yerga ulash



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/76
Sana10.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#770485
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

6-§. Elektr uzatish havo liniyalarini yerga ulash
40. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HL taqsimlovchi qurilmalarning barcha uzilgan joylarida va seksiyaga
ajratadigan kommutatsiya apparatlari oldida yerga ulanishi kerak. Quyidagi hollarda:
shoxoblangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning ikkala uchidan yerga ulanishiga va shu
podstansiyalarda yerga ulagichlar tarmoqdan uzilgan liniya ajratkichlaridan keyin (podstansiya tomonidan)
o‘rnatilishi sharti bilan yerga ulamaslikka ruxsat etiladi;
6 — 20 kV kuchlanishli HLni faqat bitta TQda yoki seksiyaga ajratuvchi bitta apparat oldida yoki bu
qurilmaga yaqin joyda yerga ulagich qurilmasi bo‘lgan tayanchdagi seksiyaga ajratuvchi apparat oldida yerga
ulashga ruxsat etiladi. Ushbu kuchlanishdagi boshqa TQda va havo liniyasi tarmoqdan uzilgan joydagi
seksiyalarga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oldida HLga ish joyi bilan TQ o‘rtasida yoki seksiyaga ajratuvchi
kommutatsiya apparatlari oralig‘ida yerga ulagich o‘rnatish sharti bilan HLni yerga ulamaslikka ruxsat etiladi.
Yerga ulagichlar yerga ulash qurilmasi bo‘lgan tayanchlarda o‘rnatiladi. 1000 V gacha kuchlanishli HL uchun
yerga ulagich faqat ish joyida o‘rnatilishi yetarlidir.
41. HLning alohida fazalarini ta’mirlashda TQda o‘chirilgan faza simini yerga ulash taqiqlanadi.
42. 40-bandda ko‘rsatilgan yerga ulagichlarga qo‘shimcha ravishda har bir brigadaning ish joyidagi simlar,
zarur bo‘lganda esa troslar ham yerga ulanishi kerak.
Tarmoqdan uzilgan va yerga ulangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning bir fazasida yoki navbat
bilan har bir fazasida ishlanganda, ish joyida faqat ish bajarilayotgan faza simini yerga ulashga ruxsat etiladi.
Bunda qolgan yerga ulanmagan fazalarga mazkur Qoidalarga 
7-ilovaning 
1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan
kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.
35 kV va yuqori kuchlanishli HLlardagi boshqa ishlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV dan past HLlardagi
barcha ishlarda hamma fazalarning simlari ish joyida yerga ulanishi kerak.
43. Bir zanjirli HLlarda ish joyidagi yerga ulagichni ish bajarilayotgan tayanchga yoki unga qo‘shni
tayanchga o‘rnatish zarur. Yerga ulagichlarni ularning orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan brigada
ishlayotgan HL uchastkasining ikkala tomonidan o‘rnatishga ruxsat etiladi.
44. Kuchlanish ostidagi boshqa HL bilan kesishgan oraliqdagi HL simlarida ishlar bajarilganda (mazkur
Qoidalarning 
46-bandi
), yerga ulagich ish bajarilayotgan tayanchga o‘rnatilishi lozim.
Agar bu oraliqda sim yoki tros almashtirilayotgan yoki yangidan tortilayotgan bo‘lsa, almashtirilayotgan sim
ham, tros ham, yangidan tortilayotgan sim ham kesishgan joyning ikkala tarafidan yerga ulanishi shart.
45. Tayanchdan izolatsiyalangan yashin qaytargich troslarida yoki ushbu trossga 1 metrdan kam masofaga
yaqinlashish talab etiladigan tayanch konstruksiyalaridagi ishlarni bajarishda tros yerga ulanishi kerak. Yerga
ulagich tayanchdan turib tros izolatsiya qilingan tarafdagi oraliqqa qaratib yoki ushbu oraliqda o‘rnatilishi zarur.
Agar ushbu oraliqda muz eritish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda ish boshlashdan oldin tros tarmoqdan uzilishi
va unga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lsa, shu tomonlardan yerga ulanishi zarur.
46. Ish joyidagi elektr zanjirini uzishdan avval (simlarni, troslarni bo‘laklab olish, seksiyaga ajratuvchi
ajratkichni uzish) uziladigan joyning ikkala tomonidan yerga ulagich o‘rnatilishi kerak.
47. Ko‘chma yerga ulagichlarni quyidagilarga ulash kerak:
metalldan yasalgan tayanchlarda — uning elementlariga;
erga ulash simi bilan jihozlangan temir-beton yoki yog‘och tayanchlarda yerga ulovchi simlarga, ularning
butunligi tekshirilganidan so‘ng.
Temir-beton tayanchlarda ko‘chma yerga ulagichni tayanchning armaturasiga yoki tayanchning armatura
bilan bog‘liq bo‘lgan metall elementlariga ulashga ruxsat etiladi.
Neytrali yerga ulangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr tarmoqlarida nol simni qayta yerga ulash
bajarilgan hollarda, ko‘chma yerga ulagichlarni nol simga ulashga ruxsat etiladi.
Ko‘chma yerga ulagichlarning yerga ulovchi simlariga yoki konstruksiyaga ulash joylari bo‘yoqdan
tozalangan bo‘lishi lozim.


Barcha HLlarda ish joyidagi ko‘chma yerga ulagichlarni chuqurligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan
chuqurlikda yerga kiritilgan maxsus yerga ulagichga yoki mahalliy sharoitlarga qarab boshqa turdagi yerga
ulagichlarga ulash mumkin.
48. 1000 V gacha kuchlanishli HLlarda ishlar tayanchlardan yoki izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan
teleskopik minoralardan turib bajarilganda, yerga ulagichlar ta’mirlanayotgan simlar bilan bir qatorda, ushbu
tayanchlarga osilgan barcha simlarga, shu jumladan telemexanika va radiotranslatsiya simlariga ham o‘rnatilishi
kerak.
49. HL simlari turli balandliklarda osilgan bo‘lsa, yerga ulagich eng pastdagi simdan boshlab, pastdan
yuqoriga qarab o‘rnatilishi, gorizontal osilganida esa — eng yaqin turgan simdan boshlab o‘rnatilishi kerak.
50. Ilashgan kuchlanish zonasidan o‘tadigan yoki boshqa zanjirlari kuchlanish ostida turgan ko‘p zanjirli
liniyaning uzilgan zanjiridagi simlarda (troslarda) tayanchda turib olib boriladigan ishlarda, yerga ulagich ishlar
bajarilayotgan har bir tayanchga o‘rnatilishi kerak.
Ilashgan kuchlanish zonasi — bu HL o‘qidan 110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 metr, 220 kV kuchlanishli
HL uchun — 150 metr, 500 kV kuchlanishli HL uchun 200 metr masofada XL bo‘ylab ikki tarafidan vertikal tekislik
bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo fazosidagi 110 kV va undan yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok
HLning uzunasi bo‘yicha zona.
51. Ilashgan kuchlanish zonasida izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan yoki odamlarni
ko‘tarish uchun ishlatiladigan boshqa mexanizmlardan turib simlarda (trosslarda) ishlar bajarilganda, ularning
ishchi maydonchalari ko‘chma yerga ulagich yordamida sim (tross) bilan ulanishi, minora yoki mexanizmning o‘zi
esa yerga ulanishi kerak. Bunda sim (tross) yaqin turgan tayanchda yerga ulanishi kerak.
52. HLda ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish va tayanchlarga o‘rnatilgan yerga ulagich pichoqlarni ulash
1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli
HLda kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslar,
ulardan biri ish bajaruvchi, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi
tomonidan bajarilishi kerak. Ko‘chma yerga ulagichlarning kamida III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxs tomonidan
echib olinishiga ruxsat beriladi.
Yerga ulagichni o‘rnatishda va echib olishda bu operatsiyalarni bajaruvchi ikki shaxsdan biri, shu jumladan
ish bajaruvchi ham yerda turishi mumkin.
Yerga ulagich pichoqlarni uzishni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan, elektr xavfsizligi
bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish