TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
shaxsni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bunda bolaning psixik-jismoniy tayyorgarligi, uning
shaxsini shakllanishiga uni o‘rab turgan muhitning ta’siri, korreksion o‘qitishga katta e’tibor
qaratiladi. Taklif qilinayotgan adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va
mustaqil ijodiy fikr yaratishga o‘rgatish korreksion-pedagogik tizimida eng muhimi
korreksion o‘qitish jarayonida tushunarli nutq, kommunikativ malakalarni rivojlantirish,
bilish faolligi, mutolaa va adabiy ijodga qiziqishni faollashtirish zaruratini aks ettiradigan
ta’limot asosiy sanaladi. Adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va
mustaqil ijodiy fikr yaratishga o‘rgatish samaradorligi ta’lim jarayonida uchta turdagi
didaktik, maxsus va o‘ziga xos tamoyillarni amalga oshirish bilan belgilanadi. Ularni ajratish
uchun, asosiysi, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning psixik rivojlanishidagi o‘ziga
xosliklarni maxsus maktab o‘quvchilariga ona tili o‘rgatishning butun o‘quv jarayoniga
ta’sir o‘tkazadigan xususiyatlari; o‘quv fani sifatida o‘qish fanining o‘ziga xosliklarini hisobga
olish sanaladi. Tamoyillarning uchta guruhini ajratishning ahamiyati ularning mohiyati bilan
belgilanadi, zero aynan tamoyillar o‘qitishning ma’lum turini tashkil etishda asos vazifasini
o‘taydi. Shunga ko‘ra pedagogik tizimning komponentlarini ishlab chiqishda, ular o‘rtasidagi
aloqadorlik va munosabatlarni aniqlashda, avvalo, (ilmiylik, tushunarlilik, ko‘rgazmalilik,
izchillik va tizimlilik, faollik va mustaqillik kabi) o‘qitish jarayoni qonuniyatlarini aks
ettiradigan didaktik tamoyillarga asoslandik. Didaktik tamoyillardan tashqari, zaif eshituvchi
o‘quvchilarning xususiyatlarini aks ettiradigan maxsus tamoyillar guruhini ajratishni zarur
deb bildik. Bu guruhga kommunikatsiya, nutqiy amaliyotni maksimal darajada boyitish,
o‘qitishning vaziyat bilan bog‘liqligi, nutq va tafakkurni o‘stirishning birligi, ta’limni nutqning
holati haqidagi ma’lumotlar asosida qurish tamoyillarini kiritdik. Xususiy tamoyillar maxsus
tamoyillarni o‘qish fanining o‘quv fani sifatidagi o‘ziga xosligi bilan belgilanadigan o‘ziga xos
tarzda aniqlashtirishdir.
Pedagogik tizim doirasida adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va
mustaqil ijodiy fikr yaratishga o‘rgatishni tartibga soluvchi o‘ziga xos tamoyillar tizimiga
adabiy-badiiy tamoyilning kiritilishi adabiy ta’lim darslarida adabiyotning barcha, eng avvalo,
matnlarni so‘z san’ati hodisalari sifatida idrok qilishga undash va o‘quvchilarni muallif
asarlari olamiga g‘arq qilish, hissiyotlar, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish mumkin bo‘lgan
muhitni yaratishda namoyon bo‘ladigan estetik funksiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq.
Navbatdagi spetsifik tamoyil – badiiy asarni yaxlit o‘rganish tamoyili, bunda badiiy asarning
har bir ahamiyatli elementi badiiy yaxlitlik tiklanishi va rivojlanishining ma’lum momenti
sifatida qaraladi, adabiy o‘qish darslarida adabiy matn tahliliga qarashlarni o‘zgartiradi
1
.
O‘qishga o‘rgatishning an’anaviy metodikasi sharoitida matn tahlilida zaif eshituvchi
o‘quvchining e’tibori matnni qurish qonuniyatlari va o‘ziga xosligini anglash emas, balki
ko‘proq muallif matnini uzatish, undan nusxa olish va qayta yaratishga qaratiladi. Pedagogik
tizimda badiiy asarni yaxlit o‘rganish natijasi kitobxonlarning badiiy-ijodiy faoliyati bo‘ladi, u
badiiy asarni va o‘z fikrlarini yaratish jarayonini idrok qilish qonuniyatlari bilan belgilanadi
2
.
Adabiy asarni o‘rganishning tizimlilik tamoyili o‘quvchilar badiiy asar matni bilan ishlaganda
1
Морозова Н.Г. Воспитание сознательного чтения у глухонемых школьников. – М.: Учпедгиз, 1953. –
184 с.
2
Зыкова Т.С. Развитие речи глухих младших школьников в системе коррекционного обучения.
Автореферат дисс. ... доктора пед. наук. –
М., 1993. – 35 с .
9
Do'stlaringiz bilan baham: |