Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
qilib yurgan eri timsolida ifodalanishini kuzatamiz. Eng xarakterlisi, yozuvchi konsepsiyasi 
asarda xarobaga aylangan Tursoriya shahri surati orqali aks etgan g‘oyada ifodalanadi. Kezi 
kelganda aytib o‘tish joizki, “Tun panjaralari” qissasi boshqa asarlarning yozilishi uchun ham 
asos bo‘lib xizmat qilgan. Asar qahramoni – yozuvchini iztirobga solayotgan omillardan biri 
uning o‘zligini izlashga undovchi xayoliy olami – Tursoriyadir. N.Eshonqulning “Xaroba 
shahar surati” hikoyasida ham asar qahramoni doimo Tursoriya sari intiladi.
Ma’naviy 
xarobalik – yozuvchi tomonidan topilgan ajoyib topilma. Tursoriya haqidagi afsona 
qahramon anglab etgan haqiqat. Xaroba shahar surati, ya’ni Tursoriya yozuvchining foniy 
(ijtimoiy) dunyodagi ko‘ngil xarobalari. Yozuvchi mana shu xarobalar oralab boqiylikka, ya’ni 
Tursoriyaga intiladi. Unda faqat shaxs maqomiga ega bo‘lgan kishilargina boqiy dunyoda 
erishadi. Asardagi falsafiy mazmun foniy dunyoda o‘zingni poklab, izlab, izlaganingga boqiy 
dunyoda erishasan, degan sharqona qarashda aks etgan. Ushbu asarlardagi Tursoriya degan 
makon qayerdan kelib chiqqani, albatta, bir mutaxassis sifatida bizni ham, o‘quvchilarni ham 
qiziqtiradi. Bu borada bizda uchta versiya mavjud. Birinchi versiya, yozuvchi tug‘ilib-o‘sgan 
qishloq – Tersota nomi bilan bog‘liq. Yozuvchi ongidagi o‘z qishlog‘i obrazi, shahar va ijtimoiy 
hayotning qing‘irliklaridan holi bolaligi o‘tgan makon Tursoriya idealiga asos bo‘lgan bo‘lishi 
mumkin. Ikkinchi versiya, turkiy “tur” va forscha “sar” (bosh) so‘zlarining qo‘shilishi orqali 
yasalgan qo‘shma so‘z bo‘lib, aql (aql boshda bo‘ladi-da!) maqomida turmoq, dunyo 
qing‘irliklariga aql ko‘zi bilan qaramoqni bildirishi ham ehtimol. Oxirgi versiya esa bir muncha 
ijtimoiy mazmunga ega. Ya’ni yozuvchi bu makon atamasi bilan “turk” yoki “turkiylik” “sari” 
(tomonga) degan ijtimoiy jihatdan ideal g‘oyani ilgari surgan bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. 
Tarixiy-badiiy asarlar (Burhoniddin Rabg‘uziy “Qisas ul-anbiyo”, Mirzo Ulug‘bek “To‘rt ulus 
tarixi”, Muhammadrizo Ogahiy “Zubdat ut-tavorix”)da qayd etilishicha, turkiy qavmlar 
otasining asl ismi Tur bo‘lgan. N.Eshonqul nasridagi yetakchi poetik pafos milliylik ekanini 
e’tiborga olib qaraydigan bo‘lsak, shu versiya haqiqatga yaqinroq tuyuladi. 
Ta’kidlaganimizdek, 
N.Eshonqul 
adabiy-estetik 
qarashlarining 
ikkinchi 
asosiy 
yo‘nalishlaridan yana birini milliylik, odamiylik, ijtimoiy gumanizm kabi g‘oyalar tashkil etadi. 
Adibning madaniyat haqidagi fikr-mulohazalari ham alohida o‘ringa ega. Muallif “Tun 
panjaralari” qissasining yozilishiga turtki bergan sabablar ichida eng birinchisi sifatida 
J.P.Sartrning “So‘z” qissasi va unda yozuvchining o‘zini shafqatsiz fosh qilishi, hayotni kashf 
qilish uchun yashamaslik kerak, degan xulosasi ekanini qayd etadi. “Tun panjaralari” 
qissasidagi qahramon – atrofdagi holat va fikr turg‘unligidan bezgan, “o‘zini o‘z xayoliga 
bandi qilgan, o‘zini izlayotgan odam.”
1
Shu nuqtayi nazardan yondashsak, asar qahramoni 
o‘z ko‘ngil olamini, ichki tug‘yonlarini ayovsiz fosh etuvchi kimsadir. Yozuvchining adabiy-
estetik qarashlarida ilgari surilgan masalalardan yana bittasi yaratilayotgan asarlar har biri 
ijtimoiylik bilan u yoki bu darajada bog‘lanishdadir, degan fikrlarida ko‘zga tashlanadi. 
N.Eshonqul o‘z asarlarida ijtimoiy mazmunni mutlaq inkor etmaydi. Bu uning G‘arb 
modernistlaridan farq qiladigan muhim jihatlaridan biridir.
Xullas, yozuvchining adabiyot haqidagi asosiy kuzatishlari asosida adabiy-estetik 
pozitsiyasini belgilash hamda ushbu pozitsiyaning o‘z asarlarida namoyon bo‘lish usul va 
tamoyillarini ochib berish yozuvchi ijodiy laboratoriyasi va ijod psixologiyasini o‘rganishning 
muhim jihatlaridan biridir. N.Eshonqul qarashlarida har bir ijodkor o‘z “men”iga ega bo‘lishi 
uchun tashqi omillardan tashqari o‘z ichki olamiga – shaxsiyatini namoyon qiladigan 
tafakkur, tasavvur olamiga ega bo‘lmog‘i lozimligi o‘z aksini topgan. Bunday xulosalar 
1
Эшонқул Н. Шу китоб. – Б.68-69. 
237



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish