Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
“Ajr”, “Istilo” (Ayni hikoya tahrir etilib, hozir “Evolutsiya” nomi bilan chop etilgan – F.B.), 
“Bevaqt chalingan bong”, “Maymun yetaklagan odam” hikoyalari tahlili asosida bayon etadi. 
N.Eshonqul asarlarida yozuvchi shaxsiyati, uning “men”i o‘ziga xos tarzda namoyon 
bo‘ladi. Uning qahramoni tom ma’noda ko‘ngil odami. Odam orqali olamni anglash 
qahramonning murakkab ruhiy kechinmalari, so‘ngsiz o‘y-xayollari, iztirob-u diltangliklari 
aro kechadi. Qahramon “men”i bu olamda yashamaydi. Eng avvalo, o‘z “men”i olamida 
namoyon bo‘ladi va shu olam orqali tashqi olamga nazar soladi.
N.Eshonqul o‘zining adabiy-estetik qarashlarida, adabiy suhbatlarida ham hayotning 
ulkan va so‘ngsiz haqiqatlari to‘g‘risida fikr yuritadi. Uning asarlarida aks etgan olam oddiy 
hayotiy voqelik asosida emas, balki olam bilan odamni bog‘lab turuvchi asl rishta – olam va 
odam bir butunligi haqidagi oliy haqiqatlarga tayanadi. N.Eshonqul qahramonlari “men”i, 
yozuvchi shaxsiyati ana shu katta ilohiy haqiqatlarni anglash yo‘lida kechinmalar 
kechirayotgan, ruhan poklanayotgan yoki o‘zini anglashga harakat qilayotgan shaxsdir.
Adib dunyoqarashidagi eng xarakterli jihat G‘arb va Sharq falsafasi alal-oqibat bitta 
g‘oyada birlashadi, degan xulosada namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham uning asarlarida 
Sharq-u G‘arb qarashlari uyg‘unlashib, birikib ketadi. Adibning “Tun panjaralari” qissasi ham 
shu g‘oya bilan sug‘orilgan. Yozuvchining “Maymun yetaklagan odam” kitobiga so‘z boshi 
yozgan Xurshid Do‘stmuhammad “tun, xaroba, zulmat, tobut, o‘lik, og‘riq sifatlari 
umumlashib, N. Eshonqul badiiy tafakkuri o‘q chizig‘ini tashkil etadi”, deb yozadi. 
Adabiyotshunos D.Xoldorov ham ayni fikrning tasdig‘i sifatida adib uslubida rang bilan 
bog‘liq ramzlar muhim rol o‘ynashini, qora rang yozuvchi asarlarining sarlavhalariga ham 
chiqqanini e’tirof etadi
1

“Tun panjaralari” qissasida aks etgan voqelik ham qora tun fonida 
metaforiklashtirilgan. Filol.f.d. U.Jo‘raqulov keyingi yillar o‘zbek nasridagi metaforiklik 
haqida quyidagilarni yozadi: “Bunday asarlarda yozuvchi tomonidan tanlangan biror mavzu 
hamda voqea bir butun istiora tizimiga aylantiriladi. Syujet va obraz umumlashma (tipologik) 
mohiyat kasb etadi. Asar kompozitsiyasi o‘rnini istiora qolipi (metaforik model) egallaydi. 
Natijada asar makon-zamon qamrovi ulkanlashadi. Ma’no ko‘lami kengayadi”
2

Qissada yozuvchi voqelikni, aniqrog‘i “men”ning qalb kechinmalarini tun manzaralari 
orqali ifoda etadi. Tun qahramonning faoliyat maydoni. Asarni shartli ravishda ikki qismga 
ajratish mumkin: dastlab, qahramonning qoq tunda bitayotgan maktubi; ikkinchisi, ayni shu 
maktub bitish jarayonidagi ruhiy holati. 
Ayni chog‘da bu tipdagi asarlarda inson ruhiyatini turli xil badiiy detallar (nutqiy, xatti-
harakat, imo-ishora va h.k.), dialog va monologlar, kechinmalar va boshqa tasviriy vositalar 
orqali aks ettirish samarali natija beradi. Insonning ichki, ya’ni botiniy olamini ko‘rsatishda, 
ziddiyatli holatlarni tasvirlashda ichki monolog katta rol o‘ynaydi. 
“Tun panjaralari” qissasida inson mohiyatining namoyon bo‘lishi “men”ning ongida 
kechayotgan o‘y-fikrlar orqali epifaniya asosida, ya’ni muallif ishtirokisiz ochiladi. Ma’lumki, 
inson ongida kechayotgan o‘y-fikrlar, xayollar betizgindir, shu boisdan, bu qissada aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan an’anaviy syujet yo‘nalishi yo‘q. Bu N.Eshonqul moderncha uslubiga 
xos xususiyatlardan biri sanaladi. 
1
Холдоров Д. Ижод моҳияти – услуб хосияти. – Тошкент: Turon zamin ziyo, 2017. – Б. 60. 
2
Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп. – Тошкент: Ғ.Ғулом, 2015. – 
Б. 260. 
235



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish