TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2020/2
Buyuk Britaniyaning Lafbaro universitetida 2001-yil 14-dekabrida О‘zbekiston Respub-
likasi taqdimoti tashkil etilib, uni О‘zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasi
kо‘magida tashkil etdi
1
. Lafbaro universiteti Buyuk Britaniyadagi yetakchi oliy о‘quv
yurtlaridan biri sanalib, О‘zbekiston bilan о‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida
ahamiyat beradi. Buning isbotini mazkur oliy о‘quv yurtida ta’lim olayotgan о‘zbek
talabalarining soni tobora kо‘payib borayotganligidan ham kо‘rish mumkin. Universitet
prorektori, professor Xarri Tomson ushbu taqdimot marosimi о‘zbek xalqining tarixi,
madaniyati, an’analari va bugungi kuni bilan yaqindan tanishtirishga hamda mamlakatlar
о‘rtasidagi samarali muloqotlarni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Masofadan о‘qitishni rivojlantirishga yо‘naltirilgan London iqtisodiyot maktabi bilan
Butunjahon Bankining (1mln. AQSH doll.) loyihasi amalga oshirilmoqda
2
.
О‘zbekiston – Buyuk Britaniya aloqalaridagi yangi bosqichni Buyuk Britaniyaning
Vestminstr universiteti о‘rtasidagi hamkorlik asosida 2002-yil Toshkent shahrida
mamlakatdagi birinchi ingliz tilida dars о‘tadigan Xalqaro Vestminstr universitetining
ochilishida kо‘rish mumkin
3
. Ushbu universitetni о‘tgan davr mobaynida kо‘plab
О‘zbekistonlik yoshlar bitirib, ular hozirda yurtimiz va xorijiy kompaniya va firmalarda
samarali faoliyat yuritib kelishmoqda.
Aynan shu yо‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida 2020-yil iyunida
Londondagi Vestminstr universitetida “О‘zbekistonning milliy san’ati va taomlari”
kо‘rgazmasi о‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga dasturda “О‘zbek filmlari” namoyishi ham kо‘zda tutilgan. Albatta,
ushbu tadbir va kо‘rgazmalar ikki tomonlama aloqalarni yana-da rivojlantirib, uni yangi sifat
bosqichiga kо‘tarishga xizmat qiladi.
О‘zbekiston Respublikasining madaniy sohadagi hamkorligida Buyuk Britaniya alohida
ahamiyatga ega. О‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida 2001-yil respublika
mustaqilligining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida “Buyuk Britaniya –
О‘zbekiston” dо‘stlik jamiyatining rasmiy taqdimot marosimi bо‘lib о‘tdi
4
. Unda О‘zbekiston
tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakillari ishtirok etdi. Madaniy sohadagi aloqalar hamkorlik
faoliyatning asosiy yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yо‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini
Britaniya Kengashi nazorat qiladi. Ushbu jamiyatning tuzilishi mamlakatlar о‘rtasida turli
sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashga, xalq
diplomatiyasi usullari bilan ikki mamlakat о‘rtasidagi dо‘stona aloqalarni yana-da
rivojlantirishga xizmat qilishi kо‘zda tutgan.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, О‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya
bilan hamkorligi ikki mamlakat xalqlari taraqqiyot darajasi va madaniy turmush-tarzi har xil
bо‘lishiga qaramasdan, о‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyot, ta’lim, fan va madaniyat sohalardagi yutuqlar bilan tajriba almashish
1
Британия университетида Ўзбекистон тақдимоти // Ўзбекистон овози. – 2001. – 15 декабрь.
2
МИН ВУЗ // Международное сотрудничество, обмен учебными программами и взаимное признание
квалификации выпускаемых специалистов.
www.unesco.kz/education/he/uzbek/uzbnat_ru.doc
3
Ўша жойда.
4
МИД РУз // Сотрудничество Республики Узбекистан со странами Европы. Сотрудничество в
культурно
-гуманитарной сфере. http: // www.mfa.uz.
226