Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

 
Annotation. 
In this article we show social-economic, scientific-technical, educational 
and cultural collaboration links between the Republic of Uzbekistan and Greet Britain. 
 
The 
author also effectively used archival materials to reveal the essence of the issue. 
Keywords:
collaboration, invitation, Digital Economy, trade-economic, humanitarian 
sphere, over university links, joint ventures, cultural days, man’s laws. 
Tarixiy tadqiqotlar tahlili shuni kо‘rsatadiki, ikki mintaqa, ya’ni Yevropa va О‘rta Osiyo 
davlatlari о‘rtasidagi hamkorlikning tarixiy ildizlari uzoq asrlar qa’ri – antik davrga borib 
taqaladi. Jumladan, Rim imperatori Andrian (milodiy II asr) davrida saroy ayollari Buyuk ipak 
yо‘li orqali keltirilgan Maroqand shoyisidan tayyorlangan kiyim kiyishganligi haqida 
ma’lumotlar manbalarda keltirilgan
1
.
 
1
ЦГА. РУз, ф. М-2, д.172, л.13. 
223


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
Sharq va G‘arb davlatlari о‘rtasidagi diplomatik aloqalarning rivojida Amir Temur va 
Temuriylar davri о‘ziga xosligi va takomillashganligi bilan ajralib turadi. Bevosita Amir Temur 
hukmronligi davrida Yevropaning yirik davlatlari – Angliya, Fransiya, Ispaniya kabi davlatlar 
bilan hamkorlik aloqalari olib borilgan
1
. Bunda Angliya qiroli Genrix IVning 1403-yilda Amir 
Temur va uning о‘g‘li Mironshohga maktublar yо‘llagani yuqoridagi fikr-mulohazaga misol 
bо‘la oladi
2
. О‘sha davrda, Yevropada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-
sharoit mintaqa xalqlari qatori inglizlarning ham Sharq mamlakatlari bilan aloqa о‘rnatishini 
taqozo etdi. Zero, buyuk Amir Temur vujudga keltirgan ulkan saltanat nafaqat Osiyoning, 
balki Yevropaning ham diqqat markazida turardi. Oradan qariyb olti asr о‘tib, ikki mintaqa 
xalqlarining avlodlari yana bir-biri bilan о‘zaro aloqalarni tikladi. Ikki mintaqa о‘rtasida 
siyosiy, madaniy hamkorlik yо‘lga qо‘yildi. 
 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida Buyuk Britaniya о‘zining iqtisodiy salohiyati va 
jahonga mashhur firma va kompaniyalar faoliyati bilan ajralib turadi. Buyuk Britaniya 
О‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 31-dekabrda tan olgan va 1992-yil 18-fevralda diplomatik 
munosabatlar о‘rnatildi
3
. О‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya о‘rtasidagi hamkorlik 1993-yil 
22-25-noyabrda О‘zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning Buyuk Britaniyaga 
qilgan tashrifi chog‘ida imzolangan “Savdo-iqtisodiy hamkorlik tо‘g‘risida”, “Kapital 
qо‘yilmalar sarflanishini rag‘batlantirish va о‘zaro himoya qilish haqida” hamda “Ikki 
yoqlama soliq solinishiga yо‘l qо‘ymaslik tо‘g‘risida”gi shartnomalarga asoslanadi
4

Hamkorlikning izchil davom etayotganligini 2016-yil dekabr oyida Buyuk Britaniya tashqi 
ishlar vaziri Alan Dunkanning О‘zbekistonga rasmiy tashrifida kо‘rish mumkin. Tashqi ishlar 
vaziri Alan Dunkan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev bilan uchrashib, ikki 
tomonlama aloqalarning bugungi ahvoli tahlil etildi va istiqbol rejalar kelishib olindi. 
Markaziy Osiyodagi yirik davlat - О‘zbekiston bilan kо‘p sohalarda manfaatli hamkorlikni 
rivojlantirishdan rasmiy Londan ham juda manfaatdor ekanligini Alan Dunkan alohida 
ta’kidlab о‘tdi. 2017-yil holatiga ko‘ra ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni 
rivojlantirishga 22ta huquqiy shartnomalar asos bо‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy 
aloqalarda yildan yilga о‘sish bо‘lganligini kо‘rish mumkin. 2009-yil yakunlariga kо‘ra ikki 
tomonlama savdo – tovar aylanmasi 37,3 mln. AQSH dollarini tashkil etgan
5
. Bu kо‘rsatgich 
Buyuk Britaniyaning О‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 
hajmi bо‘yicha 2-о‘rinda turishini anglatadi
6
. Buyuk Britaniya raqamli iqtisodiyot hamda 
sun’iy intellektni rivojlantirish va amaliyotga tadbiq etish bо‘yicha jahondagi eng ilg‘or 
davlatlardan biri hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning ushbu sohadagi yutuqlari bilan tanishish 
maqsadida 2019-yil 29-31-oktabr kunlari “О‘zbekistonda hukumatning raqamli 
1
Хидоятов Г.А. Г. История дипломатии. С древнейших времен до ХХ века. Том I. Ташкент.: “Зар қалам”,
- 2004. – С. 130-131., МИД РУз //Цель и задачи внешнеполитического курса Узбекистана. http: // 
www.mfa.uz 
2
МИД РУз //Цель и задачи внешнеполитического курса Узбекистана. http: // www.mfa.uz 
3
Давлатлар ва халқаро ташкилотлар. (Маъсул муҳаррир ф.ф.д. Қ.Н. Назаров). Тошкент, “Академия”, 
2005. – Б. 163. 
4
Ғуломов Х.Г. Холлиев А.Г. Международные связи Республики Узбекистан с Великобританией и 
США(1991
-2001гг). Ташкент, “Университет”, 2002. – Б. 23. 
5
Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий алоқлар, инвестициялар ва савдо вазирлиги жорий 
архиви. Европа Иттифоқи билан савдо
-иқтисодий, инвестиция ҳолати ҳақида маълумот. – Б. 3; 
6
Ўзбекистон Республикаси билан ўзаро савдо-товар айланмаси бўйича Европа Иттифоқи давлатлари 
ичида 2009 йил якунларига кўра Германия 1
- ўринни эгаллади. 
224



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish