Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
tajribasini o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichda fanda mazkur tushunchani rivojlanish tarixi va 
uni kiritishdan maqsad tushuntiriladi. Yangi tushunchani kiritishni talab etgan fan, texnika, 
ishlab chiqarish amaliyotining rivojlanish muammolari aytilib, fan sohasidagi amaliy 
tatbig‘ining ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Yangi tushuncha ta’rifini kiritish bosqichi qator 
amallardan tashkil topgan: tayyorgarlik ko‘rish bosqichida, aniqlanadigan tushuncha hajmiga 
tegishli zaruriy va yetarli shartlardan iborat obyekt ajratib ko‘rsatiladi. Algebra kursi 
tushunchalari abstraktligi sababli, ushbu bosqich o‘z ichiga tushuncha ta’rifini ifodalovchi 
matematik model qurilishini oladi:
-
 
tushunchaga ta’rif berish: atama va uning so‘zli ifodasi kiritiladi, mazkur tushuncha 
mazmuni gap bilan ifodalab beriladi; tushuncha shartlarida keltirilgan ifodalarni 
qanoatlantiruvchi mavjud obyektni aniqlash (hech bo‘lmasa, aniq obyektlardan misollar 
keltirish orqali); yangi tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchi hayotiy tajribasiga 
murojaat qilish; belgilashni kiritish (belgi, sxema, grafik...).
Shuni ham e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozimki, har doim ham ta’riflarni kiritish 
yuqorida qayd etilgan tartibda keltirilmaydi. Lekin, ilmiy matematik tushunchalarni 
shakllantirishda yuqorida qayd etilgan barcha qadamlar amalga oshiriladi. 
Qator tushunchalar uchun birdaniga yakuniy ta’rif berib bo‘lmaydi. Tushuncha asta-
sekin, ketma-ketlikda rivojlantirilishi lozim, shu sababdan ta’limning turli bosqichlarida 
mazkur tushunchaning teran mazmunini izchillikda ochib beruvchi ta’rifning turli ifodalari 
kiritiladi. Ba’zan esa ta’lim berish jarayonida qator asosiy tushunchalarning (limit, 
o‘zgaruvchi va sh.k.) ta’rifi umuman berilmasligi ham mumkin. Tushuncha shakllanish 
jarayonining keyingi bosqichi – mustahkamlash. Birinchi navbatda ta’rifni o‘zlashtirish 
bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish lozim. Bunda ta’rif matni bilan ishlashni tashkil etish: 
ta’rifning qaysi ko‘rinishga (turi, konstruksiyasi, aksiomatikasi...) tegishliligini, ta’rif va undagi 
muhim belgilarining mantiqiy tarkibini aniqlash zarur. Keyinchalik esa matematik 
tushunchalarni shakllantirish uchun uni tanish (tushunchaga keltirish), natijani izlash 
(natijani keltirib chiqarish) va tanlash yuzasidan taxminiy yo‘nalishdagi harakatlarni amalga 
oshirish kerak bo‘ladi. Psixologiya va didaktika bo‘yicha tadqiqotchilarning izlanishlarida, 
tushuncha abstraktligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uni shakllantirish jarayonidagi taxminiy 
yo‘nalishdagi harakatlar asosi shunchalik ahamiyatli bo‘lishligi ko‘rsatib berilgan. 
O‘rganilayotgan tushunchani mustahkamlashdagi keyingi qadam – tushunchaning turli 
talqinini o‘zlashtirish, shakllantirilayotgan tushunchani turli usuldagi taqdimotini o‘rganish, 
mazkur tushuncha bilan boshqa tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rnatish, nostandart 
masalalarni yechish uchun tushunchani tatbiq etish. O‘zlashtirilgan tushunchalarni 
mustahkamlash bosqichi ta’lim oluvchining ma’lumotga egaligiga ta’siri (atrof-olamni 
individual idrok etishi, o‘rab turgan real olamda o‘z yo‘nalishini topishda shaxsiy tajribasidan 
foydalana olishi, talqin qila olishi, hodisa, dalil va boshqalarni baholay va tushuntira olishi) 
nuqtayi nazaridan juda muhim hisoblanadi. Aynan shu bosqichda o‘quvchining shakllangan 
shaxsiy va yaxlit bilimlar tuzilmasida yangi bilimning tizimlashish jarayonini boshlanadi. Shu 
sababli ushbu bosqichda yana motivatsiyaga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir, deb 
hisoblaymiz. Chunki ana shu tushunchani kiritish orqali muammo yechimga ega bo‘ladi. 
O‘rganiladigan mavzu ichida masalani yechish uchun tushunchani tatbiq etish uchta asosiy 
yo‘nalish orqali amalga oshiriladi: 
133



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish