TYPES AND CONDITIONS OF PSYCHOLOGICAL EDUCATION ORGANIZATION
Аlixanova
G. – the teacher of the Kokand State Pedagogical Institute
Annotation.
This article discusses the solution of existing or emerging socio-
psychological problems in a person, the development of intellectual abilities, the
development of a communication culture, the formation of knowledge, skills and abilities
necessary for the application of psycho-training in various mental conditions, the restoration
of mental balance through training exercises.
Keywords:
imagination, thought, idea, emotion, behavior, training, verbal thinking,
mental development.
Kishilarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida hosil bo‘ladigan
tasavvurlar, fikrlar, eʼtiqodlar, g‘oyalar, his-tuyg‘ular, kechinmalar, turli xil xulq-atvor
shakllarini ijtimoiy psixologiya o‘rganadi. Psixologiya fani insonning ruhiy olami, xulqi,
shaxslararo munosabatni o‘rganadi. Psixologiyaning amaliy yo‘nalishi insonning shaxs
sifatida o‘sishiga yordam beruvchi bir qancha jabhalarni o‘ziga qamrab oladi va tekshiradi.
269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Psixoterapiyadan farq qilgan holda, bu yo‘nalishlar o‘z oldiga maqsad qilib sog‘lom inson
shaxsining kamol topishini, insonning o‘zligini anglashga yordam berishni qo‘yadi.
Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va tartibga
keltirish uchun xizmat qiladi. Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi
bosqichlardan tashkil topadi:
1. Guruhni tashkil etish yoki yig‘ish bosqichi. 2. Boshlang‘ich bosqich. 3. Ishni olib borish
bosqichi. 4. Yakunlash bosqichi.
Trening mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joy shinam, keng, erkin harakatlanishga
mo‘ljallangan, stullar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Xonada ishtirokchilarning orasiga to‘siq
bo‘ladigan ortiqcha jihozlar (ortiqcha stol, stullar) bo‘lmasligi kerak.
Trening jarayonida guruh aʼzolari soni 8-10 kishidan 15-20 gacha bo‘lishi eng maʼqul
variant hisoblanadi. Har qanday trening trenerning qisqacha informatsiya berishi bilan
boshlanadi. Bunda u treningning maqsadi, vazifalari, shuningdek, ishtirokchilar egallashi
mumkin bo‘lgan omillar haqida gapiradi. Yaʼni ishtirokchilarga trening haqida tushuncha,
uning qanday tashkil qilinishi, o‘tkazilishi va ishtirokchilar trening oxirida qanday natijalarga
erishishi mumkinligi tushuntiriladi. Psixologik trening mashqlarining mazmuni, maqsadi
kirishimlilikni shakllantirish, o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikka o‘rgatish, shaxs ijtimoiy
faolligini oshirish kabi mavzularga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.
Mazkur jarayonlarni o‘tkazishda ko‘proq o‘yin metodlaridan foydalaniladi. O‘yin
metodlaridan foydalanib shaxsning o‘zini anglash holatlarini amalga oshirishda munozara,
hissiy o‘z-o‘zini anglash, muloqot jarayonida zarur sifatlarni shakllantirish, muloqot
jarayonida o‘zini konstruktiv baholashga o‘rgatish kabi treninglarni qo‘llash mumkin.
Xulq-atvor va munosabatni shaklantirishga qaratilgan treninglarda xulq-atvor
meʼyorlariga rioya qilishga o‘rgatish, nizoli vaziyatlarni bartaraf qilishga o‘rgatish, milliy va
etnopsixologik xususiyatlarni tarbiyalash va shaxsni faollashtiruvchi o‘yinlarni qo‘llash
mumkin.
Аqliy qobiliyatni rivojlantirish treninglarida aqliy qobiliyatni rivojlantirishga
mo‘ljallangan psixokorreksion dastur, “Fikran sayohat” mashqi, diqqatni boshqarish va
diqqat kabi trening o‘yinlari o‘tkaziladi.
Psixologik treninglarning barchasida deyarli bir xil tarzda trening ishtirokchilarini
jarayonga tayyorlash talab etiladi. Bunda qatnashuvchilardan o‘z fikrlarini tartibga keltirish,
nima haqida mulohazalashni aniqlashtirib olish, xayolda aylanayotgan majburiyatlar,
ehtiyojlar, xohish, yumushlardan forig‘ bo‘lish tavsiya etiladi.
Trening qatnashchilariga bevosita sezgilarga qaytish, diqqatni yuz foiz to‘play olishga,
uni har qanday vaqt va sharoitda boshqarishga imkon beruvchi usullarni egallash lozimligi
tushuntiriladi.
Trening ishtirokchilariga kelgusida psixologik mashqlarni mustaqil tarzda bajarish
bo‘yicha bu kabi mashqlar bilan mustaqil va muttasil shug‘ullanish, har kuni jadal diqqatni
to‘plashga erishish tushuntiriladi. Bunda qatnashchilarga qaysi mashqlar diqqatning
rivojlanishi uchun murakkab va qaysi birlari esa oddiy ekanligiga eʼtibor berish, yaxshi
natijalarga erishish uchun past natijalar berayotgan mashqlar ustida ishlashning ahamiyati
tushuntiriladi.
270
Do'stlaringiz bilan baham: |