Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
yana-da chuqurroq o‘rganishga keng imkoniyat ochishini ta’kidlab o‘tishimiz lozimdir. Muzey 
pedogogikasi nima va u nima uchun kerak degan savol tug‘iladi. Ko‘p yillik umumjahon 
tajribalaridan kelib chiqqan holda u bolalarni tarbiyalash jarayonidagi bebaho ko‘makchi, 
ularni shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, nafaqat o‘z hayoti bilan, balki yuzlab insonlar 
hayoti bilan birga yashashga o‘rgatadi, yosh avlodni buzg‘unchilikka emas, balki 
bunyodkorlikka da’vat etadi. 
Muzey pedogogikasi – pedogogika, psixologiya va muzeyshunoslikning o‘zaro 
uyg‘unligi natijasida shakllangan fan yo‘nalishi hisoblanadi. Dastlab muzey pedogogikasi 
tushunchasi XX asr boshlarida Germaniyada shakllangan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Uni 
hayotga tatbiq etishda A.Lixtvark, A.Reyxven va R.Froydental nomlari bilan bog‘liq. Avvaliga 
bu soha o‘quvchilar bilan ishlashga mo‘ljallangan muzey faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida 
talqin etildi. 1913-yilda A.Lixtvark birinchi marta muzeyning ma’rifiy maskan sifatidagi 
ahamiyati g‘oyasini shakllantirdi va tashrifchi bilan muloqotda yangi usullarni taklif etdi. 
R.Frondental birinchi bo‘lib muzeylarda maktab tizimidagi mashg‘ulotlar o‘tish metodikasini 
yaratdi. Shuningdek, muzey muhitida ta’lim jarayonini tashkil etish uchun pedogog 
mutaxassisning zarurligini ta’kidlab, unga «muzey pedogogi» nomini berishni taklif etdi. 
1934-yilda Germaniyada «Muzey pedagogikasi» tushunchasi birinchi marta iste’molga 
kiritildi. Y.K.Frizenning fikriga ko‘ra, muzey pedagogikasi – bu ma’rifiy ishlar va muzey 
didaktikasiga tayanadigan, muzey vositalari bilan badiiy tarbiyaning an’anasi hisoblanadi
1

F.Fogt fikricha esa, muzey pedagogikasi – bu muzeylararo hamda ularning kolleksiyalari va 
tomoshabinlari o‘rtasidagi vositachilik faoliyatidir
2
. A.Reyxveyn esa muzeylarda pedogogik 
faoliyatni rivojlantirish uchun, asosan, ekspozitsiyalarni maktab o‘quv dasturlariga moslab 
tashkil etish, o‘qituvchi, o‘quvchi va muzey orasidagi hamkorlik, maktab o‘qituvchilarini 
muzey ilmiy xodimlari tomonidan malakasini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish 
zarurligini ta’kidladi
3
. Insonlarning ijtimoiy xotirasi sifatida muzey qadimgi davrlarni 
o‘rganish, bugungi kun haqida mulohaza yuritish va kelajakka to‘g‘ri qadam bosish uchun 
imkoniyat yaratadi
4
. Muzeylar faoliyatida ta’lim-tarbiya sohasiga azaldan katta e’tibor 
berilgan. Masalan, Fransiyadagi Luvr muzeyi, AQShning yirik muzeylaridan sanalgan Nyu-
Yorkdagi Metropoliten muzeyi va Rossiya muzeylarida ta’lim tizimiga katta ahamiyat 
berilgan. Rossiyada ta’lim sohasidagi islohotlar muzey pedagogikasi sohasida ham bir qator 
tadqiqotlar bilan bog‘liq. B.A.Stolyarov tadqiqotlarida ta’lim muassasalari bilan hamkorlik 
pedagogikasini tarixiy-qiyosiy, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etgan
5
. O‘zbekistonda ham 
muzeylarning eng faol hamkori ta’lim tizimi muassasalari hisoblanib, muzeylardagi 
tashrifchilarning deyarli 70 foizini yoshlar tashkil etadi. Bu raqamlar mamlakatimizda 
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dunyoqarashini boyitish va ajdodlar merosiga 
hurmat bilan qarash kabi xislatlarni shakllantirishda muzeylarning ham o‘ziga xos o‘rni bor 
ekanligidan dalolat beradi. Xorijiy muzeylar tajribasiga nazar solsak, u yerda muzey 
1
Школьный музей на рубеже веков: Метод. рекомендации. М, 2001. 
2
Шляхтина Л.М. У истоков музейной педагогики: О.Ф. Вальдгауер // Образователь-ная деятельность 
художественного музея. Вып. 7. СПб., 2002.
3
Соколова Н.Д. Ты пришел в музей. Путеводитель по Русскому музею для младших школьников. 
Самара, 2003.
–Б.16.
4
Ж.Х.Исмаилова. Замонавий музейшунослик асослари. Тошкент: Турон Замин Зиё, 2016. –Б- 32. 
5
Ж.Х.Исмаилова. Замонавий музейшунослик асослари. Тошкент: Турон Замин Зиё, 2016. –Б. 36. 
59



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish