TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
6. Mahsulotlarni tahlil qilish qobiliyati (nuqsonlar, ularning kelib
chiqish sabablari va bartaraf etish usullarini aniqlash).
7. Mahsulot ishlab chiqarishning ratsional texnologik ketma-
ketligini yaratish qobiliyati.
8. Materiallar, zamonaviy jihozlar, konstruksiyalarni tanlashni
e’tiborga olgan holda, texnologik qayta ishlashning turli
metodlarini qo‘llash.
Refleksiv – baholash
(refleksiyani amalga
oshirish tajribasi va
konstruktorlik –
texnologik faoliyatda
o‘z-o‘zini nazorat
qilish)
1.
Konstruktorlik-texnologik faoliyatda o‘z-o‘zini nazorat qilishni
amalga oshirish qobiliyati.
2.
Konstruktorlik–texnologik faliyat jarayonini rejalashtirish
jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyati.
3.
Yangi mahsulot yaratish va loyihalashda o‘z-o‘zini nazorat
qilish, o‘zaro nazorat, nazorat usullaridan foydalanish qobiliyati.
4.
Konstruktorlik–texnologik faoliyat natijalarini baholash va
tahlil qilish, shaxsiy kasbiy faoliyat samaradorligi asosida belgilash
qobiliyati.
5.
Konstruktorlik– texnologik faoliyat bosqichlarida o‘z-o‘zini
baholashni
amalga
oshirish
qobiliyati:
loyihalash,
konstruksiyalash, modellashtirish, yuqori darajadagi iste’molchi
talablari va estetik sifatlarini e’tiborga olgan holda dizayn
mahsulotini tayyorlash qobiliyati.
6.
Ijodiy fikrni (for-eskiz, ijodiy eskiz, ishchi eskizlar) namoyish
qilish uchun eskizlarni taqdim etish va ishlatish qobiliyati.
7.
Dizayn mahsulotini ishlab chiqarishning texnologik ketma-
ketligini amalga oshirish qobiliyati.
8.
Materiallar, jihozlar, konstruksiyalarni tanlashni e’tiborga
olgan holda, texnologik qayta ishlashning tanlangan metodlarini
baholash qobiliyati.
Tadqiqotchilar V.I.Baydenko, V.V.Gracheva va A.A.Orlovlarning fikrlariga ko‘ra,
umumiy va kasbiy kompetentliklar o‘z o‘rnida “yaxlit birlik”ni tashkil qiladi. “Kasbiy
kompetentliklar kvalifikatsiyalar (bosqichlar)ni ta’riflash, oliy ta’limning o‘quv rejalari va
dasturlarini tuzish uchun kerak, umumiy (universal) kompetentliklar kasbiy profillarni
o‘zgartirish va moslashish imkoniyatini beradi”
1
. Kasbiy kompetentliklar konstruktorlik –
texnologik faoliyat jarayonida shakllanadi va namoyon bo‘ladi, natijada dizayn mahsulotini
olish bilan yakunlanadi va model holatida talabalar rejali, dizayn, model, taxmin, tadqiqot
qilish, nostandart qarorlar qabul qilish uchun kerak bo‘ladigan portfolio yaratish uchun
sharoitlar yaratadi, muammoli vaziyatlarni hal qilishni va keyinchalik konstruktorlik –
texnologik faoliyatni, bilim, ko‘nikmani egallash, nostandart vaziyatlarda tajribaning
shakllanishiga imkon yaratadi.
1
Орлов А.А. Компетентностный подход в высшем профессиональном образовании: монография [Текст]
/ под ред. А.А. Орлова, В.В. Грачева. – Тула: ТГПУ им. Л.Н. Толстого, 2012.– 261 с.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |