TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
oqilona qarorlar qabul qilishga hamda stressdan chiqib ketish yo‘llarini topishga yordam
beradi.
1
Emotsinal soha shaxs ijtimoiy hayotining muhim boshqaruvchisi hisoblanadi. Bu haqda
Y.M.Orlov “Hissiyotlar kompyuter dasturlariga o‘xshaydi: ba’zi daqiqalarda ular yoqiladi va
nazorat qilinadi. Bizning madaniyatimiz “dasturchi”, ya’ni fikrlashimiz hamda his-
tuyg‘ularimiz harakatlarimizni boshqaradi. Salomatlik uchun nafaqat hissiyotlarni
boshqarish, balki kasallikka chalinmaslikni ta’minlash lozim. Inson fikrlashdan voz kechishi
emas, balki, ijobiy fikrlashni o‘rganishi lozim", - deydi. His-tuyg‘ular – bu ruhiy xulq-odatlarga
bog‘liq holda shakllanadi. Ong ularni to‘liq qamrab ololmaydi, shuning uchun xatti-
harakatlarning muhim qismi ongsiz, avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
2
O‘z-o‘zini boshqarish xarakterning muhim chizgisi hisoblanadi, u odamga o‘z xulq-
atvorini boshqarishga eng mushkul vaziyatlarda faoliyatni bajarish qobiliyatini saqlab
qolishga yordam beradi. Mulohazali, o‘z-o‘zini boshqara olgan inson har qanday vaziyatda,
hattoki favqulodda holatlarda ham o‘z emotsiyalarini ijobiy boshqara oladi. Turli xavotirli
vaziyatlarda aqliga tayanadi, o‘zini bo‘ysundira olishni biladi, ularga o‘zining psixik hayotining
birlashgan tuzilishini buzishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu xususiyatning asosiy tarkibini bir
nechta psixologik mexanizmlarning ishi tashkil etadi.
L.S.Vigotskiy: “Tafakkur - hissiy bilish endi yetarli bo‘lmay qolgan yoki hatto ojizlik qilib
qolgan joyda boshlanadi. Tafakkur sezgi, idrok va tasavvurlarning bilish bog‘liq bo‘lgan
ishlarini davom ettiradi va rivojlantiradi hamda ularning chegaralaridan tashqariga chiqib
ketadi”
3
- deb izohlaydi.
O‘smirning sog‘lom tafakkurga ega bo‘lishida uning tafakkurida individual
xususiyatlarning tarkib topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek psixolog olimi E.G‘oziev o‘smirlik davrining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib,
o‘smirlar muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablarini izohlab:
– ommaviy axborot ko‘lamining kengayishi tufayli o‘smirlar ongliligi darajasining
ko‘tarilgani;
– o‘smirlarning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani;
– o‘smirlar bilan ishlashda g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga
alohida yondashish zarurligi;
– oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy-hayotga chuqur
kirib borayotganligi;
– o‘quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o‘zini-o‘zi boshqarish,
anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani”
4
- deb ta’kidlaydi.
Insonda tafakkurning individual xususiyatlari, eng avvalo, fikrlash faoliyatining har xil
va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi turlari hamda shakllari turlicha (ko‘rgazmali-qiyofali,
ko‘rgazmali-ta’sirchan va mavhum tafakkur) nisbatda tarkib topgani uchun yuzaga keladi.
Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik, epchillik, fikrning
tezligi kabi boshqa sifatlari ham kiradi.
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko‘ra bilish va
qo‘ya bilishda, undan so‘ng ularni o‘z kuchi bilan yecha bilishda namoyon bo‘ladi.
Tafakkurning ijodiy xarakteri xuddi mana shunday mustaqillikda yorqin ifodalanadi.
1
Орлов Ю. “Мышление, дарящее здоровье и успех» Воспитание школьников.-М.,1992.-№6 4-6.
2
Орлов Ю.М. Эмоциональный стресс/.М.Орлов.-М.:Просвещение,1997.-37.
3
Выготский Л.С. Психология развития человека. – М.: Изд-во Смыссл; Изд-во Эксмо, 2005. -665с.
4
Ғозиев Э. Психология. (Ёш даврлари психологияси) ўқув қўлланма.Тошкент «Ўқитувчи»1994й 134-б.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |