ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 871
Malayziyaning o‘quv sistemasiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan
ma’lumotlardan tashqari quyidagilarni keltirish mumkin.
3 yillik o‘rta ta’limdan so‘ng, 2 yillik yuqori ta’limda tahsil olgan o‘quvchilar
turlicha kasb-hunar egalari bo‘ladilar, xohlovchilargina oliy o‘quv yurtlariga
boradilar.
Oliy ta’lim sistemasida sirtqi bo‘lim talabalari o‘quv yili davomida faqatgina 2
marta sinov topshirish uchungina keladilar, ya’ni masofadan o‘qitish yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lib, talabalar qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar kerakli ma’lumotlarni
istalgan paytda kompyuter orqali olishi mumkin.
Kunduzgi bo‘lim talabalari esa kontrakt-shartnoma asosida tahsil olib, kontrakt
summasi talabaning ovqatlanishi va turar joyi to‘lovini ham o‘z ichiga oladi.
Malayziyalik va xorijlik talabalar uchun kontrakt summasi farqlanadi. Xorijlik
talabalar malayziyalik talabalarga nisbatan ozroq to‘laydilar.
Talabalar maxsus talabalik formasida yuradilar, har bir o‘qituvchi va talabaning
ko‘krak nishoni bo‘lib, unda shaxsning fotosurati hamda ism-sharifi keltirilgan bo‘ladi.
Birgina Mara Texnologiya Universitetini olaylik, bu universitet 14 ta kampusdan
iborat bo‘lib, katta territoriyani o‘z ichiga oladi. Universitet territoriyasiga chet
kishilarning kirishi qat’iyan ta’qiqlanadi.
Talabalar uchun xizmat transportlari mavjud. Ta’lim jarayonida o‘quv
mashg‘ulotlari kompyutersiz o‘tmaydi, nazariya darslarida har 5 ta talaba uchun 1
ta, amaliyot darslarida har bir talaba uchun bittadan kompyuter xizmat qiladi.
O‘quv mashg‘ulotlari shuningdek, laboratoriyalarda ham o‘tkaziladi, hamda
mutaxassislikka mos bo‘lgan korxonalar bilan shartnomalar tuziladi va shu erlarda
olib boriladi.
Barcha sohalar kompyuterlashgan bo‘lib, kompyuterlar internet tarmog‘iga
ulangan. Har bir korxona xodimi, talabalar internet tizimidan foydalanish huquqiga ega.
Kutubxonalarda maxsus tayyorgarligi va ma’lumoti mavjud bo‘lgan xodimlar
xizmat ko‘rsatadilar. Kitoblar mutaxassislik va alfavit bo‘yicha tartib bilan terilgan
bo‘lib, kutubxona xodimi kerakli kitobni darhol kompyuter yordamida qaysi qator,
qaysi joyda turganini topib beradi, bundan tashqari elektron darsliklardan foydalanish
ham odatiy holga aylanib qolgan.
Malayziyada tabiiy o‘rmonlar ko‘p territoriyani tashkil etmasada, uning yashil
tabiatidan hayratga tushmay ilojingiz yo‘q. Chunki bu erda sun’iy bog‘lar, o‘rmonlar,
sun’iy hayvonot bog‘larini ko‘plab uchratish mumkin. Bu erlarda hozirgi kunda mazjud
va shu bilan birga kamyob bo‘lgan parranda va hayvonlarni ko‘rishingiz mumkin.
Hatto ikki tomonlama harakat yo‘lga qo‘yilgan katta ko‘chalarni harakatni
ajratib turuvchi qismlarida bunyod etilgan chiroyli gulzorlarni ko‘rib hayratga
tushmaslikning iloji yo‘q. Bularning hammasi bir tomondan serqatnov bo‘lgan shahar
havosining tozaligini saqlab tursa, bir tomondan yo‘qolib borayotgan parranda va
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |