ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 869
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, uning rivojlanishida ko‘pgina ijobiy
o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning asosiy sababi davlatimizning xorij
mamlakatlari bilan aloqa o‘rnatishidir. Shunung uchun O‘zbekiston xorij bilan
deyarli hamma sohalarda aloqa bog‘lash, tajriba almashish ishlarini keng yo‘lga
qo‘ydi.
Bu narsa O‘zbekiston turli soha kishilarini turli muddatlarga dunyoning barcha
joylariga shartnoma asosida malaka oshirish uchun jo‘natayotgani, xorij
talabalarining O‘zbekistonda, O‘zbekiston talabalrining xorijda tahsil olayotganidan
ham yaqqol ko‘rinadi.
Xorij deganda, eng avvalo, Amerika va Angliya ko‘z oldimizga keladi, lekin
O‘zbekiston bu sohada ancha ilgarilab ketdi, desak xato qilmagam bo‘lamiz. Chunki u
nafaqat Amerika, Angliya, balki dunyoning barcha mamlakatlari bilan aloqa bog
‘layapti. Jumladan. Malayziya.
Malayziya geografik o‘rni jihatidan ikkiga bo‘lingan: G‘arbiy Malayziya
(Malaya) janubda Malakka yarim oroli hamda Sharqiy Malayziya (Saravak va
Sabax) – shimolda va shimoliy g‘arbda Kalimantan (Barneo) oroli.
NATIJALAR
G‘arbiy Malayziya shimolda Tailand, g‘arb va janubiy-g‘arbda Sumatra oroli
bilan bo‘lingan, Malakka bo‘g‘ozi hamda janubda torgina Joxor bo‘g‘ozi. Singapur
oroli bilan chegaradosh. Sharqiy Malayziya janub va janubiy-sharqda Indoneziya va
shimoliy-sharqda Brune bilan chegaradosh. Maydoni 332,8 ming kilometr kvadrat
(G‘arbiy Malayziya – 131,8 ming kilometr kvadrat, Sharqiy Malayziya – 201 ming
kvadrat kilometr). Aholisi 1972 yilgi ma‘lumotga ko‘ra 11 millionni tashkil etib,
G‘arbiy Malayziyada 9,2 million, Sharqiy Malayziyada 1,73 million aholi yashaydi.
Poytaxti Kuala-Lumpur.
Konstitutsion monarxiya tuzilishiga ega bo‘lib, 13 federal shtat, 9 sultonlik, 4
guberniyadan iborat. Konstitutsiyasi 1957 yilda qabul qilingan.(1963 yilda Malayziya
haqidagi Akt asosida tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan)
Yuqori qonunchilik organi – parlament 2 palatadan: senat va vakillar palatasidan
iborat bo‘lib, 26 shtatdan 2 tadan saylanadi, 32 ta yuqori hukumatchilar prem‘er-ministr
rekomendatsiyasi asosida saylanadi. Senatorlik muddati 6 yil.
Hukumatning yuqori ijrochilik organi ministrlar kabineti bo‘lib prem‘er-ministr
boshqaradi.
Har bir sultonlik Malayziya konstitutsiyasi bilan garantiyalangan o‘z
konstitutsiyasi, o‘zining yuqori va boshqaruv organlari mavjud.
Malayziya aholisi murakkab etnik sostavga ega. 54% malay-polineziy oilasiga
mansub malaylar, dayaklar va boshqalar, 36,7% xitoylar, 8,6% hindiylardan iborat.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |