Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
yoshlar uchun katta zo‘riqishni keltirib chiqarar edi. Shu va boshqa omillar mustaqillikning ilk 
kunlaridan boshlab ushbu sohada keng miqyosdagi islohotlarni boshlashni kun tartibiga qo‘ydi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakat iqtisodiy hayotining talab darajasida emasligi 
hamda moddiy qiyinchiliklar islohotlar sur’atiga to‘siq bo‘lgan omillardan biriga aylandi. Ammo, 
hukumatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib borgan tadbirlari mazkur muammolarning asta- 
sekinlik va izchillik bilan yechilishiga olib keldi. Ayniqsa, 1997-yilda qabul qilingan «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» va uning amaliyotga joriy etilishi bu sohadagi ishlarning sifat jihatdan yangi 
bosqichga ko‘tarilishiga olib keldi.
Bu borada Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedralarida mutaxassisliklar 
bo‘yicha o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Salomatlik – 2, «Ayollar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash 
qo‘shma loyihalari» bo‘yicha ham umumiy amaliyot shifokorlari hamda patronaj hamshiralarning 
uzluksiz ta’lim jarayonlari bilan tanishtirishlari amalga oshirildi [3].
1998-yilga kelib respublika miqyosida yangidan tashkil etilgan «Ona va bola skriningi» 
markazlari tarmog‘i yanada kengaytirildi. Ushbu markazlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot 
xodimlarining kasb malakasini yetarli darajada yuksaltirish tadbirlari ham hukumat diqqat e’tiboridagi 
masalalardan biri bo‘lib keldi. Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligining 1999-yil 8-apreldagi 232- 
sonli «Ona va bola skriningi» Davlat dasturining O‘zbekiston Respublikasida bajarilishi to‘g‘risida»gi 
buyrug‘iga muvofiq, yangi tashkil etilgan skrining markazlarining mutaxassislari Akusherlik va 
Ginekologiya ITI, Pediatriya ITI va Endokrinologiya ITI lar huzurida tashkil etilgan o‘z sohasi 
mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitildi. Respublika Skrining markazi mutaxassislari Rossiya Federatsiya-
sining Neonatal Skrining markazida o‘qib keldilar[4]. Amalga oshirilgan tadbirlar sohani yetarli 
darajada malakaga ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini berdi. Natijada, birgina Nukus 
shahridagi skrining markazining o‘zida 1999-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 
homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar pilotlik skriningidan o‘tkazildi, 6232 ta yangi 
tug‘ilgan chaqaloqlar tug‘ma gipoteriozga tekshirildi va 9 ta bemor aniqlanib, dispanser hisobiga 
olindi [5].
2006-yilga kelib ham tibbiy ta’lim tizimini kengaytirish va uni zamon talablari darajasiga olib 
chiqish borasida yirik miqyosdagi tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, mazkur yilda tibbiy ta’lim 
tizimini kengaytirish, soha rivoji uchun malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Marg‘ilon shahrida 
360 o‘quvchiga, Guliston shahrida esa 540 o‘quvchiga mo‘ljallangan tibbiyot kasb-hunar kollejlari 
ishga tushirilganini alohida qayd etishimiz zarur [6]. Mamlakatda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar 
bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari va ixtisoslashtirilgan markazlarda deyarli barcha aholi 
tibbiy ko‘rik va ultratovush tekshiruvidan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari har oyda 
muntazam ravishda «Tug‘ish yoshidagi ayollar, bolalar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish haftaligi» 
o‘tkazilib borildi. Bu esa o‘z navbatida tibbiyot bo‘yicha qo‘shimcha kadrlarni talab qildi. Jumladan, 
2010-yilda «…12 mingdan ortiq patronaj hamshiralari, 8 mingdan ziyod pediatr, neonatolog, akusher 
va tibbiyot hamshirasi xotin-qizlar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi texnologiyalar 
asosida ta’lim olib, o‘z malakasini oshirdi» [7]. 
Tibbiyotdagi ilmiy faoliyatlar ham kun tartibidagi masalalardan biriga aylandi. Ilmiy 
muassasalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan muhim vazifalarni hal 
etishga qaratildi. Jumladan, 2010-yilga kelib, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi tashkilotlarda 
maxsus davlat ilmiy –tekshirish dasturlari ishlab chiqilda va muhokamadan o‘tkazilib, raqobatbardosh 
loyihalar tanlab olindi. 2009 yilda 158 ta amaliy, 17 ta fundamental grant ilmiy dasturlari, 24 ta 
innovatsion ish, 21 ta tashkilotlararo yirik loyihalar hamda 3 nafar yosh olimlar tomonidan 
fundamental ilmiy ishlar, shu bilan birga 4 ta xalqaro ilmiy grant dasturlari bajarildi. Ko‘rsatilgan 
ilmiy dasturlarni bajarishda 7 ta tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, uning ikkita filiali bilan birga 27 ta ilmiy 
tekshirish insititut va ilmiy amaliy markazlar hamda ilmiy muassasalar ishtirok etdi. 2009 yilda 
O‘zbekistonlik olimlar tomonidan grantlar bo‘yicha 10 ta monografiya, 37 ta uslubiy qo‘llanma, 583 
ta ilmiy maqola, shu jumladan ularning 168 tasi chet ellarda chop etildi [8].
Tibbiy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar o‘zining ijobiy natijalarini bera 
boshladi. Jumladan, ixtisoslashtirilgan markazlar misolida olib qaraganda, 2010-yilda Respublika 
onkologiya ilmiy markazida mamlakat aholisiga markazning 119 nafar shifokori, 324 nafar o‘rta 
tibbiyot xodimi, 170 nafar kichik tibbiy xodim hamda 15 nafar dorixona xodimi tibbiy yordam 
ko‘rsatdi. Shulardan 17 nafari fan doktorlari – professorlar, 51 nafari esa tibbiyot fanlari nomzodlari 
edi [9]. 2014-yilda esa respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 
8 nafar fan doktori, 28 nafar fan nomzodi ilmiy tadqiqot olib borish bilan birgalikda bemorlarga 




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish