ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son
Ma’ruzalarda mustaqil ish samaradorligini oshirish vositalaridan biri kasbga yo‘naltirishdir. Bu
talabalarga o‘z kasbining istiqbolini ko‘rishga imkon yaratadi, kasbiy mahoratini mustaqil oshirish
zaruriyati mavjudligiga ishontiradi, ushbu fan bo‘yicha ijodiy fikrlashga rag‘bat uyg‘otadi.
Ta’lim berish jarayonida talabalarga o‘zi tanlagan ixtisoslikka oid masala va misollar berilishi
ahamiyatli ekanligi amaliyotda tasdiqlandi.
Texnik yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalarga ixtisosligiga tegishli savollarning qo‘yilishi
o‘zlashtirish ko‘rsatkichining sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘ldi. Bunday tashkil qilingan mustaqil
ishda talabalar ijodiy faoliyatga undalib, bilimlar sifati ko‘tariladi.
Rivojlangan jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim, fan va ishlab chiqarish
samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan
davlatning talablarini, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini
ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish natijasida muammoni qurish, qo‘yish va echimini topish mahorati
takomillashtiriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, ta’lim dargoxi oldiga
faol, tashabbuskor, ishga ijodiy yondashadigan etuk mutaxassislar etishtirish vazifasi qo‘yiladi. Ushbu
vazifani yechishda faol usullarni qo‘llash talabi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday mustaqil ta’limda har bir oldingi topshiriq keyingi murakkabrog‘iga tayyorlanishiga
imkon beradi, talabalarni o‘qitishning boshidanoq mustaqil faoliyatga undaydi, bilimlar sifatini oshiradi,
o‘rganish faoliyatiga va o‘quv adabiyotga qiziqish uyg‘otadi.
Hamma talabalarni fanlarni o‘rganish jarayonida turli va murakkab mustaqil ishga jalb qilish
lozim. Kursning tizimli-mantiqiy sxemasida keltirilgan mustaqil ish tartibi, talabalarni mutaxassislik
fanlar bo‘yicha ijodiy mustaqil faoliyatini murakkabroq turlariga tayyorlaydi.
Yuqori kurs talabalari ilmiy bilimlariga ixtisoslashgan holda maxsus kurslarni o‘qish davomida
o‘z mutaxassislik bilimlarini chuqurlashtiradilar. Talabalarning kasbiy tayyorgarligi diplom ishini ishlab
chiqish va himoya qilish bilan yakunlanadi.
Talabalarni mustaqil ishga tayyorlashda, albatta, keltirilgan tavsiyalardan chetlashish mumkin.
Talabalar mustaqiligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi o‘quv xarakteriga ega bo‘lgan shart- sharoitlardan
tashqari, ularning bevosita jamoa va ilmiy to‘garaklariga, seminarlarga, ilmiy anjumanlarga jalb
qilinishi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtiroki ham katta ahamiyatga ega.
Bu muammoni yechishda talabaning o‘quv va o‘qishdan tashqari ishini aniq tartibga solish
muhimdir, chunki oliygohda bo‘lgan davrida unda mustaqillikni shakllantirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish
nafaqat o‘quv, balki amaliy masalalarni yechishda javobgarligi ko‘nikmalarini hosil qilish mutaxassis
diplomini olgandan so‘ng ham asqotishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |