Modul bu – pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha.
Katta modul – bu mavzulari bir-biriga o‘zaro yaqin bo‘lgan fanning bir bo‘lagi.O‘rta modul – katta
modul tarkibidagi mavzular. Kichik modul – mavzuning aniq bir masalasiga bag‘ishlangan bir bo‘lagi.
Modulli o‘qitish – modullar bo‘yicha tuzilgan fan dasturlari asosida o‘qitishni tashkil etishdir.
Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Dastur
materiallari bir vaqtning o‘zida barcha ehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z bilan
berilishi mumkin.
Modul komponentlari – o‘z ichiga aniq ifodaga ega bolgan o‘quv maqsadi, axborotlar banki,
o‘qitish dasturi shaklidagi o‘quv materiali, maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanma, zaruriy
malakalarni shakillantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, qo‘yilgan modul maqsadiga qat’iy muvofiq
keluvchi nazorat ishlarini oladi.
Modul bo‘yicha materiallar tayyorlashda – o‘quvchi bilimini nazorat qilish uchun testlar,
individual ishlar uchun topshiriqlar, o‘quv-uslubiy tarqatish materiallar, o‘quv-ilmiy adabiyotlar
ro‘yxati, ishchi o‘quv dastur kabilar inobatga olinadi.
125
ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son
Modulli o‘qitishning afzalliklariga – fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish
uzluksizligi ta’minlanishi, har bir modul ichida va ular orasida o‘quv mashg‘uloti jarayonini barcha
turlarining metodik jihatdan muvofiqligi o‘rnatilishi, fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuv-
chanligi, o‘quvchi bilimini o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng)
qilinishi, o‘quvchining zudlik bilan qobilyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng,
o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga fanni individual o‘zlashtirishni tavsiya etishi mumkin), axborotni siqib
berish natijasida, o‘qishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti
strukturasini, ma’ruzaviy amaliy mashg‘ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni
optimallashtirish kiradi.
To‘g‘ri tashkil qilingan modulli o‘qitish, o‘qish vaqtini 30 foiz va undan ortiq tejash imkoniyatini
beradi. Modulni samarali o‘zlashtirish, o‘qituvchi muammoli topshiriqlar to‘plamini tuzish va ishlab
chiqishga ham bog‘liq. Topshiriqlar har qanday o‘quv fani mazmunining asosiy tuzilmasi birligi
hisoblanib, u o‘quvchilar uchun amaliy vaziyatlar yechimini topish imkoniyatini beradigan nazariy
material ko‘rgazmasi sifatida ishtirok etadi hamda o‘qib-biluv faoliyati natijalarini tahlil qilish, baholash
vositasi bo‘lib xizmat qiladi [3].
O‘qituvchilarga o‘quv mashg‘ulotlarini modulli o‘qitish asosida samarali tashkil etilishini
ta’minlash uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:
- modulli o‘qitish zamonaviy didaktik nazariyalarning rivojlanish dinamikasi asosida tashkil
etilishi lozim. Chunki, bu uning o‘ziga xos xususiyatlarini umumlashtirib, o‘quv mashg‘uloti jarayonini
modulli o‘qitish asosida tashkil etish yo‘llari va uning mazmunini tanlashdagi turli yondashuvlarning
muvaffaqiyatli uyg‘unlashishiga imkon beradi;
- modulli o‘qitish individual tabaqalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotini tashkil etishning o‘ziga xos
yo‘llarini ifodalash bilan amalga oshishi maqsadga muvofiq. Bunda o‘quvchilarning o‘quv
mashg‘ulotida bilish faoliyatini faollashtirish, ularda qiziquvchanlikni rivojlantirish va malaka,
ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati tug‘iladi;
- modulli o‘qitish mazmunining to‘g‘ri tashkil etilgan tuzilmasi va undagi topshiriqlar bayonining
izchilligi, mustaqil ta’lim jarayonini uslubiy materiallar hamda bilimlarni o‘zlashtirishni nazorat qilish,
baholash tizimi bilan ta’minlanishini talab qiladi;
- modulli o‘qitish o‘quv mashg‘uloti jarayonining o‘quvchi talablari va individual imkoniyatlariga
moslashishini nazarda tutadi;
- o‘quv mashg‘uloti jarayoniga modulli yondashuv maqsadlarning o‘zgarishi, mashg‘ulot
mazmuni va bilish faoliyatini boshqarish yo‘llarini talab qiladi, shu sababli modulli o‘qitishning ba’zi
bir didaktik kategoriyalardagi o‘rin bilan aniqlash talab etiladi.
Modulli o‘qitish mazmunini tanlashda quyidagi mezonlarga tayanish lozim: topshiriqlarning
asosiy tarkibiy qismlari yaxlit ifodalanishi, o‘quv mashg‘ulotida ko‘proq zarur bo‘lgan, istiqbolli
belgilarni tanlash, o‘quvchilarning yoshiga, qiziqishiga bog‘liq bo‘lgan imkoniyatlariga mos kelishini
ta’minlash, o‘quv rejasida ajratilgan vaqtga muvofiq bo‘lishi, mazmunni shaklantirishda xorij va
respublika ilg‘or tajribalarning qayd qilinishi, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik hamda uslubiy
ta’minotiga ega bo‘lgan mazmunga muvofiqligini ta’minlash va boshqalar.
Bugungi kunda o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi. Ta’lim
muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish, ilm-fanning so‘ngi yutuqlarini amaliyotga
joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, ijodiy va mustaqil fikr yurita
oladigan barkamol shaxsni kamolga etkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini
singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish, bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish o‘quv
mashg‘ulotlarida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etadi.mazkur jarayonda bu
texnologiyalarni qo‘llash, avvalo, pedagogic munosabatlarni insonparvarlashtirishni talab etadi. Chuki
uni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Pedagogik texnologiyalarning asosiylaridan biri bo‘lgan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
texnologiyasi, o‘quvchining rivojlanishi, uning o‘ziga xos qobilyatlarini va psixologik yo‘nalishlarini
hisobga olgan holda shakllantiriladi [4]. Mazkur texnologiyada o‘quvchining erkin, ijodiy va har
tomonlama rivojlanishi asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. Bu texnologiya insoniylik psixologiyasi va
pedagogikasining uyg‘unligini namoyish etadi. O‘qituvchining diqqat markazida mustaqil va ma’suliyat
bilan qaror qabul qilishga qodir bolgan o‘quvchi shaxsi turadi. U o‘quvchi shaxsidagi mustaqillik,
tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalaydi. Bunda
o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan shakillanishi va rivojlanishi uchun imkon beriladi,
uning mustaqil o‘qish, o‘zligini faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, o‘z amaliy faoliyatida sinab
126
Do'stlaringiz bilan baham: |