ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA 2016-yil, 2-son
<
*kebe “qo‘y” (qoz. shev.
kebe//
köbe “erta tug‘ilgan qo‘zichoq”) +
-nek kiyim nomi yasovchi
affiksdan yasalgan. Zotan,
*kebenek “kigizdan qilingan cho‘ponlarning kiyimi”dir. Kigiz esa qo‘y
yoki echki junidan tayyorlanadi. Turk.
kebenek ni mo‘g‘.
qubčasu,
qubča,
qubčasun “kiyim”,
“ko‘ylak”, “kamzul” va t-manj.
höbđe “erkaklarning yo‘lga kiyadigan ustki kiyimi” bilan qiyoslash
mumkin [2, 26].
–g‘ay: Chalg‘ay – erkaklar va ayollar ustki kiyimining (chopon, yaktak, kamzul kabi) ikki oldi
yoqasidan to etak uchiga qadar bo‘lgan qismi [7, 96].
–ka// –g‘a // –g‘ay: Chuvka // chuyka – paxta yoki junni yigirish uchun ma’lum shakl berib
tayyorlangan holati. Jun yoki paxta mayin qilib tikilgach, uning diametri 1,5 sm chamasida chevrilib
xom tob berib qo‘yilgan ko‘rinishi.
Chipchirg‘a // ch i p ch i l g‘ a y. To‘rt qirrali qilib jun ipdan
to‘qilgan kichik hajmdagi arqon [7, 99].
–mish: O‘tomish (Qozoyoqli) qo‘shni, yaqin masofada yashaydigan: Senga o‘tomishma [7,
400].
– (i)z: kigiz. Bu ot qadimgi turkiy tildagi ‘qopla’ ma’nosini anglatuvchi
kid–/ kiz– fe’lidan
–
(i)z qo‘shimchasi bilan yasalgan (DS, 306); Devonda bu so‘z
kiziz shaklida ‘zol’ harfi bilan yozilgan
(I, 347); keyinchalik
d, z undoshi
y undoshiga almashgan:
kid–// kiz–+iz= kiziz>kiyiz; hozirgi o‘zbek
adabiy tilida
y undoshi emas,
g undoshini aytish va yozish qoidalashtirilgan:
kiyiz> kigiz (shevalarda
bu ot
kiyiz tarzida talaffuz qilinadi) [5, 208]. Kigiz – yungdan bosib tayyorlangan qalin, pishiq palos,
namat nomini anglatuvchi buyum. Bu so‘z qadimgi yodgorliklar tilida
ki(d)iz – kigiz, namat (Malov,
394),
kidiz – palos, namat, kigiz (YUTS, 306),
kiziz – kigiz (MK, 1, 347), kÿwÿz – yungdan to‘qilgan,
erga solinadigan har qanday palos, gilam, sholcha, namat (MK, 3, 171),
kujuz – kigiz (Attuhfa, 1,
223),
kÿjÿz – kiyiz, kiz (Attuhfa, 2, 324, 325, 329),
kibiz, kebiz – gilam (MA, 440),
kiiz (Kuryshjanov,
145),
kiyiz, kiiz (Ibatov, 124),
kig‘iz, kiyiz – kigiz, namat, kacha, palos, gulfalos (Sh.Sulaymon, 248,
265),
kiyiz (Tarjumon, 102) fonetik variantlarda kelib asosan kigiz ma’no-funksiyasini bildirganligi
qayd qilingandir.
Kigiz so‘zi hozirgi zamon turkiy tillarida
kigiz (o‘zb., uyg‘.),
kiiz (qoz.),
kiyiz (qq.),
fonetik variantlarida shakllangan bo‘lib, bu ma’no-funksiyada turkman tilida
keche so‘z birligi bilan
ifodalanadi [8, 72-73].
“
Kigiz leksik birligi turkiy tillarning umum dialektal so‘zi ham hisoblanib, shu tillarning
shevalarida adabiy tilidagi ma’no- funksiyasida keladi. Jumladan, o‘zbek tilining Turkiston gruppa
shevalarida
kiyiz (Muhammadjonov, 110), uyg‘ur tilining Qumul, Turfon shevalarida
kiz, kez, kes,
kigiz – namat (Malov. Uya, 164; UNS, 130), qoraqalpoq shevasida
kiyiz (Baskakov. KYA, 356)
fonetik variantlarida kelishi qayd qilinadi.
Kigiz so‘zi o‘zining qadimgi taraqqiyoti davrida d ~ z ~ y (d ~ z ~ j) formalarini bosib o‘tganligi
bilan xarakterlidir [8, 73].
Umuman olganda, keltirilganlar asosida quyidagilarni bayon etish mumkin:
-kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘tovsozlikda qo‘llanadigan terminlar tarkibida –
turuq // -
duruq // - dirik, - ak, - nak // - nek, - g‘ay, - ka, - g‘a, - mish, - (i)z kabi arxaik affikslar mavjud;
-ayrim affikslar o‘tovsozlikda boshqa (masalan,
- dirik), boshqa terminologik sohalarda
o‘zgacha shakllarda uchraydi;
-terminologik sistemalarda morfologik usul bilan hosil bo‘lgan terminlar tadqiqi milliy
lingvistkaning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatuvchi muhim materiallar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: