Kalit s
о‘zlar: viloyat, bо‘lim, gerb, uchastka, raqam, harbiy qism, huquq, sudya, prokuror
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amudaryo b
о‘limining boshqaruv tizimida о‘zgarishlar
yuz bera boshladi.
8
ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2016-yil, 2-son
Amudaryo bо‘limi tashkil etilgan paytda «Turkiston general gubernator»ligi tarkibiga kiritilgan
bо‘lsa, keyinchalik Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritildi. Sirdaryo viloyatining darajasi, Rossiya
imperiyasining guberniyalari maqomiga tenglashtirildi va unga о‘ziga xos ravishda ramziy belgi –
gerb berildi. Sirdaryo viloyatining gerbi, Amudaryo bо‘limining ham gerbi bо‘lib hisoblangan. Gerbni
tasdiqlash bilan viloyat va bо‘limning Rossiyaga qaramligi yana bir bor tasdiqlangan. 1878-yil 5-
iyulda podsho saroyida shaxsan Aleksandr II tomonidan tasdiqlangan.
Amudaryo bо‘limi uchastkalarga, bо‘lislikka, ovul va qishloq jamoalarga bо‘linib boshqarildi.
Soliq tizimiga о‘zgartirishlar kiritildi.
Bо‘lim 2 uchastkaga bо‘lindi: Shо‘roxon – bо‘limining janubiy qismidagi yerlarni, Chimboy –
Amudaryoning quyi qismidan g`arbda Talliqq
acha bо‘lgan hududni о‘z ichiga oldi.
Kо‘chmanchilik yillar davomida davom etib kelayotgan qoraqalpoq, qirg`iz va qozoq xalqlariga
xos bо‘lgan hodisa edi. О‘lkadagi rus ma`muriyati buni «daydilik» deb atadi va unga qarshi kurash
olib bordi. Odamlarning bir joydan ikkinchi joyga kо‘chib yurishi, shuningdek, о‘z bо‘lisidan
tashqarida, boshqa joylarda kо‘chib yurish huquqi bekor qilindi [1].
Rus ma`muriyati muqimlikni, ya`ni muqim bir joyda yashashni joriy qildi. Bu esa о‘z navbatida
aholini siyosiy tomondan nazorat qilishni, soliq tizimini tо‘liq amalga oshirishni, bо‘lis, ovul va
qishloqlarni boshqarishni, muntazam nazorat qila olishni ta`minladi.
Ayrim ovul va hududlar shu yerga xos saqlanib kelinayotgan nomlar bilan atalgan bо‘lsa,
imperiya bosqinidan keyin ayrim ovullar raqamlar bilan belgilandi. 1886-
yilga kelganda, Shо‘roxon
uchastkasi 6 ta bо‘lislikdan: Shо‘roxon, Tо‘rtkо‘l, Shabbaz, Biybazar, Mingbuloq, Tamdidan iborat
bо‘lgan.
Shо‘roxon bо‘lisi – Aq-qamish – Aq bashli, Shо‘roxon va Kaltaminor ovullaridan, Tо‘rtkо‘l
bо‘lisi Xuzlinirek, Tо‘rtkо‘l, Ulli-yab, Saribiy, Shabbaz, Shimam, Xan-yabdan ovulidan, Biybazar
bо‘lisi Biybazar, Qalandarxona ovulidan iborat bо‘lgan. Mingbuloq bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi
ya`ni –
1, 2, 3; Tamdi bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi ya`ni – 1, 2, 3, raqamlari bilan belgilana
boshlangan [2].
Chimboy uchastkasidagi bir qator bо‘lisliklardagi ovullar nomlari e`tiborga olinmagan va har
bir ovul raqamlar bilan belgilangan.
Chimboy uchastkasi hududi asosan Nukus, Qо‘ng‘irot, Talliq, Naо‘pir, Chimboy, Kegeyli,
Ishim, Kо‘k-kо‘l va Daо‘kara bо‘lisliklaridan iborat bо‘lgan. Nukus bо‘lisligi birinchi, ikkinchi,
uchinchi tо‘rtinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4 deb raqamlangan 4 ta ovuldan; Qо‘ng`irot esa shu yuqorida aytib
о‘tilgandek birinchi, ikkinchi ya`ni – 1, 2 deb raqamlangan 2 ta ovuldan; Talliq bо‘lisi birinchi,
ikkinchi, uchinchi ya`ni –
1, 2, 3 deb raqamlangan 3 ta ovuldan; Naо‘pir birinchi, ikkinchi, uchinchi,
tо‘rtinchi, beshinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5 deb raqamlangan 5 ta ovuldan; Chimboy bо‘lisi birinchi,
ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 deb raqamlangan 7
ta ovuldan; Kegeyli bо‘lisi birinchi ya`ni 1 deb raqamlangan 1 ta ovuldan; Chimboy shahri birinchi,
ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi, beshinchi, oltinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5, 6 deb raqamlangan 6 ta ovuldan;
Ishim bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi beshinchi, oltinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5, 6 deb
raqamlangan 6 ta
ovuldan; Kо‘k-kо‘l bо‘lisi birinchi, ikkinchi ya`ni – 1, 2 deb raqamlangan 2 ta
ovuldan; Daо‘kara bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4 deb raqamlangan 4 ta
ovuldan iborat bо‘lgan.
Shunday qilib, Amudaryo bо‘limi Rossiya imperiyasiga qaram bо‘lib qolgandan keyin joylar va
hududlarning nomlanishiga m
a`lum darajada о‘zgartirishlar kiritilgan ovullar raqamlar bilan
belgilangan. Afsuski odamlarning yashash joylarining bunday raqamlar bilan belgilanishi hatto hozir
ham kо‘pchilik joylarda saqlanib qolmoqda. Markaz-1, Markaz-2, kichik tuman-21, kichik tuman-22,
1-
kо‘cha, 2-kо‘cha va hokazo (A.A.)
Shu bilan birga, sud-
huquq, tartibot sohasida ham о‘zgarishlar amalga oshirildi.
Imperiya bosqini davri hisobotlari, ma`lumotlari tahlili shuni kо‘rsatadiki, о‘lkadagi uchastka
boshliqlari va yordamchilari harbiylardan tashkil etilgan. Har bir uchastkaga harbiy askarlar
joylashtirilgan. Petro-
Aleksandrovskdan alohida, maxsus harbiy bо‘lim, ichki qamoqxona, undan
tashqari turma
xona, qamoqqa olish bо‘linmasi bо‘limlari tashkil etilgan.
Xususan, Rossiya imperiyasi harbiy boshqarmasi va idorasining harbiy qismidan Petro –
Aleksandrovskka 6-
Turkiston о‘qchi polki, 4-Orenburg kazak polki, Petro-Aleksandrovsk uyezd
harbiy boshqarmasi, Nukusda 4-Orenburg kazak polkining yuz askari muqim joylashtirilgan [3].
9
Do'stlaringiz bilan baham: |