Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

 
Annotatsiya. Mustaqillik yillarida tibbiy kadrlar tayyorlash borasida keng miqyosdagi tadbirlar 
amalga oshirilib, bu borada salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, ushbu sohani zamon talablari 
darajasida isloh qilish tadbirlari olib borildi. Mazkur maqola mustaqillik yillarida tibbiy kadrlar 
tayyorlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar va ularning natijalariga bag‘ishlanadi. 
Kalit so‘zlar: patronaj hamshira, yangi texnologiyalar, Sog‘lom bola yili, oliy hamshiralik ishi, 
ortopediya. 
Ma’lumki, tibbiyot sohasining taraqqiyotini shu sohada xizmat qiluvchi malakali kadrlarsiz 
tasavvur qilish mumkin emas. Shu sababdan ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan 
dastlabki kunlardan boshlab boshqa sohalarda bo‘lgani singari ushbu tizimni rivojlantirish va 
zamonaviy bilimlarni puxta egallagan tibbiyot kadrlarini tayyorlash vazifasini kun tartibidagi asosiy 
masalalar qatoriga kiritdi. Avvalo, shuni aytish lozimki, mustaqillikkacha bo‘lgan davr mobaynida 
ham tibbiyot sohasiga kerakli bo‘lgan kadrlar tayyorlanar, ammo ularning aksariyat qismi zamon 
talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni yetarlicha egallamagan edi. Ta’limning boshqa sohalarida 
bo‘lgani singari, tibbiyot sohasida ham nazariya bilan amaliyot uyg‘unligi mavjud emas edi. Xususan, 
eng zamonaviy tibbiyot asbob uskunalarning mavjud ekanligidan xabardor bo‘lgani holda, ularni bir 
bora qo‘llay olmagan shifokorlar ko‘pchilikni tashkil etardi. Shu sababdan ham malakali kadrlar 
joylarda yetishmasdan, borlari ham ko‘pincha viloyat markazdarida o‘z faoliyatlarini olib borar edilar. 
Tor doiradagi ixtisosliklar bo‘yicha yetarlicha kadrlar tayyorlanmas, asosan, umumiy mutaxassisliklar 
bo‘yicha o‘qitilgan kadrlar esa joylardagi faoliyatlari davomida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan 
ixtisosliklarni qaytadan o‘rganishga majbur bo‘lar edilar. Bu esa aholining aksariyat qismi 
qishloqlarda istiqomat qiluvchi O‘zbekiston sharoitida o‘ta nomaqbul holatlarni yuzaga keltirardi.
Bundan tashqari, masalaning eng og‘ir jihati shundan iborat ediki, tibbiyot sohasida mehnat 
qilayotgan va tayyorlanayotgan kadrlarning aksariyat qismi mahalliy aholi vakillaridan iborat bo‘lsa-
da, ular uchun zarur bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalar va adabiyotlarning asosiy qismi rus tilida nashr 
etilardi. Rus tiliga sobiq ittifoq miqyosidagi muloqot tili va ilmiy til, xususan, meditsina tili maqomini 
berishga zo‘r berilardi. Ruslashtirish siyosati tarixinining bu yo‘nalishini Rossiya imperiyasi 
Turkistonni istilo qilgan va uning vorisi hisoblangan sobiq sovet mustabid tuzumi davridan izlash 
lozim bo‘ladi. Istilochilar barcha sohalar qatori ilm-fanni ham o‘z manfaatlariga bo‘ysundirib, qat’iy 
tarzda ruslashtirish siyosatini olib borgan edilar. Jumladan, bunday holatni Samarqand shahrida 
faoliyat yuritgan Samarqand tibbiyot instituti klinikasi misolida ham ko‘rish mumkin edi. 1926-yilda 
qurilishi boshlanib, 1930-yilda Samarqand tibbiyot institutining tashkil qilinishi munosabati bilan 
institut klinikasi maqomini olgan ushbu muassasada faoliyat yuritgan yetakchi mutaxassislar tarkibi 
asosan, yevropa millatiga mansub kadrlardan tashkil topgan edi. Xususan, 1930-1960-yillar 
mobaynida mazkur muassasada A.A. Kozirov, A.V. Savelev, S.F. Tatarenchik, A.V. Polyakov, R.S. 
Kuznetsov, S.P. Zavadskiy, L.M. Krasnopolskiy, V.L. Raznovskiy, A.L. Kankrov, I.D. Churayev, N.I. 
Kornetov, V.S. Pyaternevlar yetakchi kadrlar sifatida faoliyat olib borganlar. Bundan tashqari, tibbiyot 
fanining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan aksariyat ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ham shu 
holatni kuzatish mumkin edi. Jumladan, prof. S.P. Zavadskiy, prof. T.S. Mnotsakanov, prof. L.M. 
Krasnopolskiy, dots. P.I. Denisova-Sushevskaya, prof. B.E. Pankratev, dots. V.F. Medvedko, prof. 
A.V. Polyakov, O.L. Kornetova, V.I. Levinson-Gofman, I.YA. Churayev, M.A. Travinskiy, S.F. 
Tatarenchik, S.K. Chengeri kabi mutaxassislar mazkur muassasada tibbiyot fanining turli 
yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot olib borganlar [1]. Ular tomonidan bajarilgan ilmiy ishlar ham o‘z 
navbatida rus tilida bayon etilgan. Bu holatni ba’zi ilmiy tadqiqot ishlarining nomidan ham anglash 
qiyin emas edi. Jumladan, Viloyat ko‘z kasalliklari amaliyotchi vrachi M.S. Soliyev 1970-yilda 
«
Криловидная плева в Узбекистане» mavzusida, 1976-yilda D.M. Bobodo‘stov esa «Материалы по 
лечению гнойных заболеваний слезного мешка по данным лечебных учереждений некоторых 
областей Узбекистана» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashgan edi [2]. Bu ro‘yxatni 
yana ko‘plab davom ettirish mumkin edi. 1960-1990-yillarda ham ba’zi o‘zgarishlar bilan mana 
shunday holat davom etib keldi. Bunday holat esa o‘z navbatida rus tilini mukammal egallay olmagan 




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish