ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son
sifatini oshiradi hamda rahbar kadrlar boshqaruvini lavozim pog‘onalari bo‘yicha samaradorligini
ortishiga olib keladi [9].
Ma’lumki, OTM rahbar kadrlarni tayyorlashda tashkilotning kadrlar siyosati – bu o‘zida tashqi
va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan moslashishga moyil bo‘lgan, yuksak ma’naviy va
kasbiy mahoratga ega, uyushgan, mas’ul jamoani tashkil etish maqsadiga ega bo‘lgan professor-
o‘qituvchilar bilan ishlashning bir butun strategik maqsad asosida ko‘ra biluvchi hamda ta’lim
menejmenti haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbar kadrlarga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, keyingi o‘n yilliklarda rivojlangan davlatlar oliy ta’lim muassasalarida rahbar
kadrlar tayyorlash va tanlashning zamonaviy tajribalari to‘planib, ularning metodologik asosi turli
huquqiy va me’yoriy aktlarda, nizomlarda, qoidalarda va turli rahbarlar tanlovi bilan shug‘ullanuvchi
tashkilotlar hujjatlarida ifodalangan. Bu jarayonlar rahbar kadrlar tayyorlash va tanlashga doir turli
oliy ta’lim muassasalari xususiyati ahamiyatini inkor etmagan holda metodologik jihatdan turli
davlat boshqaruv idoralari, nodavlat tashkilotlar, transnatsional korporatsiyalar, kompaniyalar,
konsernlar kabi uyushmalar nizomlari va maxsus ekspertlar guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan
ayrim uslubiy yondashuvlarda ham bu sohadagi jarayonlar yil sayin takomillashtirilib borilmoqda
[10].
XXI asrning boshlariga kelib oliy mansabdor bir vaqtning o‘zida ham universallik xarakterini
kasb etishi, ham barcha murakkabliklar talablariga javob berishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ilgarigi
davrlardagi u shug‘ullangan oddiy ijrochilik san’ati asosidagi avtoritar rahbarlik qilish davri ortda
qoldi. Uning kelajakdagi qiyinchiliklarni oldini olish uchun turli-tuman jarayonlarning salohiyatini
ishga solish maqsadlarida voqelikdagi mavjud dunyoning murakkabliklarini asosiy davlat dasturlari
va me’yorlarida ifodalashdan tashqari ularni muvozanatlashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri bo‘lib, nafaqat OTM boshqaruv muammolari,
balki uning uyg‘unlashgan ichki boshqaruv bo‘g‘inlari faoliyatini tashkil etish va ularni
shakllantirish zamirida, eng avvalo, boshqaruv tizimining turli bo‘g‘ini boshqaruv faoliyatini
takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, yangi sharoitlarga muvofiqlashtirish va amaliyotga
joriy etish kabi vazifalarini belgilash zarur. Shu bilan birga, rahbar kadr bir vaqtning o‘zida
murakkab vaziyatlarda boshqarish imkoniyatlariga ega bo‘lish uchun zamonaviy vositalarga ega
bo‘lishi, shu tarzda qonunlarga amal qilishni ta’minlashi, ma’muriyat vakili xizmat tizimini amal
qilishini oqilona tarzda muvofiqlashtirishi lozim [11].
Shundan kelib chiqib, ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan
islohotlar barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda
fan-texnika yutuqlariga asoslangan boshqaruvning eng samarali, innovatsion metodlaridan
foydalanishni, boshqaruv yo‘nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy
sifatlarni talab qiladi.
Rahbar kadrlarda doimiy ravishda menejment talablari bilan chuqur tanishib borishlari talab
etilmoqda, uning natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar va xatolarni tuzatishning
strategik mo‘ljallash qobiliyatiga ega bo‘lish – zamonaviy rahbarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri,
deb qaraladi.
Shunga bog‘liq holda, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar –qobiliyatli, tashabbuskor,
izlanuvchan, g‘ayratli, yutuqlarga intiluvchi va erishuvchi, maqsadga erishishda to‘la mas’uliyatni
o‘z zimmasiga oluvchi, iqtisodiy tanglik davrida ham, samarali ishlash qobiliyatiga ega, o‘z
kasbining ustasi bo‘lgan, turli o‘zgaruvchan sharoitlarga tayyorgarligi bor, o‘qituvchi va o‘quvchilar
bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadigan hamda ishlab chiqarish ishtirokchilarini ham boshqaruv
jarayoniga jalb qila oladigan rahbarlarning ishtirokini talab qiladi.
Xulosa qilib, globallashuv sharoitida jamiyat takomillashib borgani sari, rahbar kadrlarga
bo‘lgan talablar ham o‘zgarib bormoqda.
Mahalliy va chet el olimlari ilmiy ishlari tahlilini ko‘rsatishicha, bozor munosabatlari
sharoitida oliy ta’lim muassasalari boshqaruv bo‘g‘inlari faoliyatini samaradorligini oshirish uchun
yangicha institutsional o‘zgarish metodologiyasini kiritishni talab etadi.
Boshqaruv bo‘g‘inlariga korporativ boshqaruv tamoyillarini kiritish, o‘z navbatida ta’limni
ichki tarkibiy boshqaruv tuzilmasini va ijro natijasini hamda rahbar kadrlar boshqaruvini lavozim
pog‘onalari bo‘yicha samaradorligini ortishiga olib keladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbar kadrlar ierarxiyasi bo‘yicha malakasini oshirishning ta’lim
xususiyatini e’tiborga olgan holda boshqaruvning vertikal va gorizontal integrallashgan tashkiliy-
boshqaruv tizimini korporativlik metodologiyasi asosida tashkil etish, ya’ni, unda ta’limning ilg‘or
184
Do'stlaringiz bilan baham: |