ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2017-yil, 2-son -mehnatga layoqatsiz aholining ijtimoiy ta’minoti va ularga ijtimoiy yordam berish sohasida
davlat siyosatini shakllantirish va olib borish;
-tegishli organlar va tashkilotlarning pensiya ishini rivojlantirish va mehnatga layoqatsiz aholiga
ijtimoiy xizmat k
oʻrsatish masalalari boʻyicha faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish va ularni
muvofiqlashtirish;
-mehnatga layoqatsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasida maqsadli dasturni ishlab
chiqish va amalga oshirish;
-ijtimoiy su
gʻurta mablagʻlaridan samarali foydalanish;
-qonunda nazarda tutilgan imtiyozlarni berish ishlarini muvofiqlashtirish;
-aholini ijtimoiy himoya qilish b
oʻyicha davlatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, muassasalar
va korxonalar barpo etishga k
oʻmaklashish;
-ijtimoiy yordam dasturlarini mabla
gʻ bilan ta’minlash va ijtimoiy ta’minotdan tashqari
mabla
gʻlarni jalb etish [3].
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi ham oʻzining tibbiy sogʻlomlashtirish
dasturlari doirasida nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Vazirlikning qoshida
Respublika salomatlik instituti hamda 30 dan ziyod muassasalari faoliyat yuritadi.
Xalq ta’limi boshqarmalariga qarashli “Respublika ta’lim markazi maxsus ta’lim b
oʻlimi”,
respublika miqyosida 100 dan ziyod maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi [4].
Maxsus ta’lim b
oʻlimi respublikadagi barcha turdagi maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi
jismoniy va ruhiy rivojlanishida turli xil nuqsonlari b
oʻlgan bolalar va oʻsmirlarni: mehribonlik uylari
va “Oila” markazlarining maktabgacha, maktab, maktab-internatlarda uzluksiz ta’lim tizimining ilmiy-
metodik asoslarni yaratadi va muvofiqlashtiradi. Maxsus ta’lim b
oʻlimi “Mehribonlik uylari” va
uzluksiz ta’lim muassasalarida maxsus korreksion fanlar b
oʻyicha mahalliy ilgʻor pedagogik
tajribalarni
oʻrganadi, uzluksiz maxsus ta’limning barcha yoʻnalishlari boʻyicha yaratilayotgan
me’yoriy hujjatlar, dasturlar, darsliklar va metodik q
oʻllanmalarning yangi avlodini yaratadi [5].
Imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatga moslashuvi masallalari bilan 50 dan ortiq markazlar
shu
gʻullanadi. Ular orasidan eng yirigi Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi “Bolalar ijtimoiy
moslashuv respublika markazi” hisoblanadi. Mazkur markaz
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004 - yil 7 - se
ntyabrdagi №419-sonli farmoyishiga binoan tuzilgan [6]. Respublika
Bolalar Ijtimoiy Moslashuvi Markazi (RBIMM) 2004 yil Lola Karimova-Tillayevaning tashabbusi
bilan tashkil etilgan b
oʻlib, imkoniyati cheklangan, maxsus yordamga muhtoj bolalar va ularning
oilalariga psixologik maslahat va huquqiy yordam k
oʻrsatish hamda jismoniy imkoniyati cheklangan
bolalarga davolash va ta’lim sohalarida k
oʻmak koʻrsatish orqali xizmatlar koʻrsatadi. Markaz
shuningdek ijtimoiy yordamga muhtoj guruh bolalariga ijtimoiy k
oʻmakni ta’minlashda milliy
institutlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. RBIMMning Axborot-Konsalting Xizmati 2007 - yilda ish
boshlagan b
oʻlib, nogiron bolalarga tashxis qilish, ortopedik, nevrologik davolash, nutq terapiyasi va
ta’lim ishlarini amalga oshirish hamda bolalar va ularning ota-onalarini informatsion q
oʻllab-
quvvatlash y
oʻnalishlarida faoliyat yuritadi. Ayniqsa inkoniyati cheklangan bolalar o`rtasida inklyuziv
ta`lim tizimini takomillashtirirsh maqsadida ota-onalar bilan hamkorlik tizimini yo`lga qoymoqda. Har
bir bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda markaz mutaxassislari malakali
korreksion-rivojlantiruvchi yordamni amalga oshiradilar [7]. 2005 - yildan boshlab, imkoniyati
cheklanganlarning jamiyatga integratsiyalashuviga, ularning reabilitatsiyasiga y
oʻnaltirilgan markazlar
faoliyati yanada takomillashtirildi va ularning ko`lami kengayib bormoqda va 2014 - yilga kelib
bunday markazlarning soni 20 dan oshib ketdi.
Yaratilgan qonuniy va normativ-huquqiy baza fuqarolik jamiyati institutining ijtimoiy faolligini
kuchaytirish uchun jiddiy ra
gʻbatlantiruvchi omil boʻldi. Oʻzbekistonda mustaqillik yillaridan davlat
notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib borishi taraqqiyotining
uchinchi sektoriga aylandi. Ular iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy va gumanitar soha madaniyat va san’at
kabi davlat va jamiyat uchun muhim b
oʻlgan sohalarda faoliyat yurtimoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 - yil 23 - iyunda qabul qilingan “Oʻzbekistonda
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga k
oʻmaklashish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”
[8] gi Qarorida k
oʻzda tutilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ushbu ijobiy jarayonni
rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishda fuqarolik institutlari rolini
118