Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
FALSAFA 
      
 
      2017-yil, 2-son 
mazmuniga  chuqurroq  e’tibor  bilan  qarasak  yana  bir  bor  ishonch hosil  qilamiz.  Jumladan  “…  
ruhiyat,  dunyoqarash,  urf-odati,  qadriyatlari, turmush  kechirish  an’analari,  aqliy  qobiliyati,  
ma’naviy  dunyosi  tabiati, ijtimoiy  hayotga  b
oʻlgan  munosabatlari...[5]”  kabi  tushunchalarni  olib  
k
oʻraylik. Millat  oʻzini  mustaqil  borliq  sifatida  mavjudligini  his  etishga  ongi  va salohiyati  etar  
ekan,  ularni  rivojlantirishga  harakat  qilishdan  hech  qachon t
oʻxtamaydi. Bunga qanchalik toʻsiq va 
qarshiliklar kuchaygani sari millatning ularni mustahkamlashga intilishi ham kuchayib boraveradi. 
Demak, har qanday demokratik  jamiyat  qurmoqchi  b
oʻlgan  mamlakat  eng  avvalo  oʻz  xalqining 
mentalitetini  hisobga  olishi  obyektiv  qonuniyat  hisoblanadi.  Qachonki milliy  mentalitet  
qurilayotgan  demokratik  jamiyatning ajralmas qismi b
oʻlib singib borsagina u kutilgan natijani 
q
oʻlga kiritishi mumkin boʻladi. 
Bugun mamlakatimizda demokratik jarayonlar rivojlanishida xuddi ana shu umumiy 
 
qonuniyatlarga  amal  qilinayotganligi  uchun  ham katta  yutuqlar  q
oʻlga kiritilmoqda.  Ayni  paytda  
oʻzbeklar  uchun  demokratik  qadriyatlar  yangilik emas,  u  oʻzining  butun  shakllanishi  jarayonida  
bu  qadriyatlarni  bosqichma-bosqich  rivojlantirib  kelmoqda.  Jumladan,  asrlar  davomida  
shakllangan jamoatchilik fikri ustuvorligining amal qilinishini olib k
oʻraylik. Uning mahalla  instituti  
orqali  amal  qilinishi  umumiy  qadriyatimiz  darajasiga k
oʻtarildi.  Oʻzbekistonda fuqarolik 
jamiyatining asosi fuqarolarning 
oʻzini-oʻzi boshqarish organi – mahalladan iborat boʻlib, Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida demokratik saylovlar asosida ikki yarim yil 
muddatga raisni va uning maslahatchilarini saylashdan iborat konstitutsion huquqlar bayon qilingan. 
Xalqimizda  “Mahalladan  chiqding,  yurtdan  chiqding”,-  degan  naql bor.   Uning  ma’nosi  shuki  
mahallada  jamoatchi  tomonidan  
oʻrnatilgan  va e’tirof etilgan axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy 
me’yorlarga amal qilmaslik yoki oxir  oqibatda,  u  yoki  bu  oila  yoinki  insonning   mahalla  ahli  
oldida  obr
oʻ  e’tiborining  barbod  boʻlishiga  va  uning  ma’nan  yakkalanib  qolishiga  olib keladi. 
Mahallada jamoaviylik an’anasi kuchlidir. Shuning uchun mahallada yashayotgan  insonlar  uning  
qoidalariga  amal  qilib  yashashga  harakat  qiladilar. Ya’ni  jamoatchilik,  k
oʻpchilikning  fikrini  
hisobga  olib  hayot  kechirish demokratik qadriyatlarning muhim y
oʻnalishi sifatida xalqimiz ongida 
asrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Xalqimizning  ongi  va  hayotida  demokratik  qadriyatlarning  
rivojlanishi haqida fikr yuritganda uning  hokimiyat bilan b
oʻladigan munosabatlari haqida  ham  
alohida  t
oʻxtalish  maqsadga  muvofiqdir. “Demokratiya fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda 
mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda 
oʻrnatilgan va yuzaga 
chiqarilgan siyosiy tuzumdir. Demokratiya, davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. 
Demokratiyaning asosiy talablari:  k
oʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va 
erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va krnunlarning ustuvorligi, hokimiyatning b
oʻlinishi, 
davlat boshli
gʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishi. Har bir davlatda, millatda oʻziga xos 
qadriyatlar,  mentalitet, an’analar mavjuddir. Ular jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta ta’sir 
k
oʻrsatadi. Binobarin demokratik muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, albatta, hisobga 
olinadi”[6].  
  2017-yilni Prezedentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson 
manfaatlari yili” deb e’lon qilinishining 
oʻzi xalq va hokimiyat oʻrtasidagi aloqalarni 
mustahkamlashda yana bir qadam b
oʻldi. Bu  borada  oʻzbeklarning  hokimiyat  bilan  boʻladigan  
munosabatlari  azal-azaldan  
oʻzaro  hurmat  darajasida  rivojlanib  kelganligini  koʻramiz. 
Xalqimizning  demokratiyani  hokimiyatsiz  tasavvur  eta  olmasligi  mentalitetimizdagi  muhim  
xusisiyatlardan  biri  hisoblanadi. “Zero, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga 
xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni, avvalo, barcha b
oʻgʻindagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi 
zarur”[5]. 2017  -  yil 8-  yanvar prokuratura xodimlari bilan b
oʻlgan yigʻilishda Prezident 
Sh.M.Mirziyoev jamiyatda ijtimoiy adolatning zarurligi masalasiga 
oʻz e’tiborini qaratdi. Adolat 
tamoyillariga amal qilish ham demokratik jamiyatning muhim belgisidir.  
 
Oʻzbeklar  tabiatining  muhim   jihatlaridan  biri  –  ularning mulohazakorligi, ogʻir bosiqligi, 
yetti 
oʻlchab bir kesishidir.  Oʻzbekistonda  shoshma-shosharlikni yoqtirishmaydi  va  bugungi  
oʻzgarishlarni,  deylik,  chet  davlatlardagi  singari qabul qilmaydilar. 
Mustaqillik  yillarida   mamlakatimizda  demokratik  jamiyat  qurishda milliy  mentalitetimizda  
uzoq  tarixiy  taraqqiyot  jarayonida  shakllangan demokratik  qadriyatlarni  qaytadan  tiklash  va  
ulardan  samarali  foydalanish borasida  katta  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Jumladan,  
oʻz-oʻzini  
boshqarish instituti  b
oʻlgan  mahallaning  rolini  yangi  bosqichga  koʻtarish  borasida  bir qator  
62 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish