Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
FALSAFA 
      
 
      2017-yil, 2-son 
uchun zarur b
oʻlgan shart-sharoitlar hisoblanadi. Bugun xalqimiz mustaqillik sharofati bilan vujudga 
kelgan ana shu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda 
oʻzligini  anglamoqda, urf-odat, an’ana va  
oʻzining mentalitetiga xos boʻlgan qadriyatlarni tiklamoqda.  
Shuning bilan birga ulardan mamlakatimizda demokratik jamiyat qurishda 
foydalanmoqda.Birinchi  Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Biz rivojlangan demokratik 
davlatlar tajribasini 
oʻrganishda davom etamiz, demokratik qadriyatlarga hamisha sodiqmiz. Shuning 
uchun demokratiya haqida gapirganda, biz, avvalambor, eng rivojlangan davlatlar qatoriga kirish, eng 
muhimi, ular q
oʻlga kiritgan yutuqlarni oʻzlashtirishni nazarda tutamiz”[1]. 
Sobiq sh
oʻrolar tuzumi davridagi kommunistik mafkura tazyiqi milliy mentalitetimizni 
z
oʻravonlik bilan oʻzgartirish,  gʻayri ilmiy, gʻayri milliydunyoqarashni shakllantirish va 
rivojlantirishga qaratilgan siyosat natijasida milliy ma’naviy va madaniy qadriyatlarimiz, milliy 
merosimiz, urf-odat,  udum,  an’analarimiz  toptaldi  va  bu  tajovuzkor  siyosat  xalqimiz ruhiyatidan 
begonalashish holatini yuzaga keltirdi.  Marksizmni 
oʻziga mafkuraviy qurol qilib olgan bolshevizm 
uni dogmalashtirib  ijtimoiy  adolat,  erkinlik  va  tenglik qoidalarini  ifodalovchi  ideal  ijtimoiy  
tuzumga  bo
gʻliq  ishonchni  “ilmiy asos”  sifatida  kommunistik  totalitarizm  xizmatiga  yoʻnaltirdi.  
Bu  utopik 
gʻoya  muntazam  ravishda  faollik  bilan  olib  borilgan  targʻibot  va  tashviqot  orqali  
ommaga  singdirildi,  natijada  puch  gaplar,  shiorlar  va  bir  qolipdagi iboralar yordamida aholi 
batamom karaxt holatiga tushib qoldi. Ishonish shart emasdi.  B
oʻlakcha   gap  aytmasdan  talab  
qilinardi  va  bu  talab  hamma  joyda bajarilardi. Nazariy jihatdan kommunizm har qanday talqin va 
taxminlarga, ularning haqqoniyligini tajriba y
oʻli bilan tekshirishga imkon bermaydigan tushuncha va 
mulohazalarga asoslanardi.  Kommunizm  
oʻzbek  xalqi  mentalitetiga,  milliy  mentalitetga  yot  edi. 
Birinchi Prezidentimiz bu siyosat oqibati va asoratlari haqida t
oʻxtalib: “Ma’lumki, biz boshimizdan  
kechirgan  sobiq  mustabid  tuzum  davrida  milliy  ma’naviyatni rivojlantirishga  mutlaqo  y
oʻl  
q
oʻyilmagan.  Aksincha,  xalqimizning  tabiati, yashash  tarziga  yot  boʻlgan  kommunistik  mafkurani  
har  qanday  y
oʻllar  va zoʻravonlik  bilan  joriy  etishga  harakat  qilingan.  Shuning  uchun  ham 
istiqlolning dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan 
oʻzgartirish yurtimizda eng dolzarb va 
hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi”[2]. 
  Birinchi Prezidentimiz  mamlakatimizda demokratik  jamiyat  qurish  konsepsiyasini ishlab  
chiqar  ekanlar,  uning  milliy  mentalitetimiz  bilan  bo
gʻliq  ekanligiga alohida  e’tibor  bergan  
edilar.  Bu  bejiz  emas  albatta. Chunki  davlat  
oʻz hududida  demokratik  jamiyatni  oʻzgalarning  
andozalariga  asoslangan  holda qura  olmaydi.  Har  qanday  jamiyat  mamlakat aholisining  
mentaliteti, uning ruhiyati va  tarixiy  tajribasini  hisobga  olmas  ekan,  u  demokratik  jamiyat qurish  
y
oʻlidagi  maqsadiga  erisha  olmaydi.  Shuning  uchun  ham Birinchi Prezidentimiz mamlakatimizda 
demokratik jamiyat qurishning tamal toshlarini q
oʻyishning dastlabki kunlaridayoq “Yapon moʻjizasi” 
yoki “Koreys m
oʻjizasi” haqida gap ketganda,  taniqli  ekspert   va  mutaxassislar  ham  birinchi  galda  
“yapon  xarakteri”, “koreys tabiati” degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu 
oʻrinda,  avvalo,  
mazkur  xalqlarga  mansub  ma’naviy  fazilatlarni  nazarda tutadi. Ya’ni bu xalqlarning ichki dunyosi 
va irodasi ma’naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan,”  [3]  –  degan 
gʻoyalarni  alohida  
ta’kidlagan edilar. 
Aslida  milliy  mentalitet  bilan  demokratik  jamiyatning  qanday  aloqasi bor,  bugun  dunyoda  
yuksak  taraqqiyotga  erishgan  davlatlarning  demokratik  jamiyat  qurishdagi  tayyor  “model”laridan  
foydalangan  holda  mamlakatimizda demokratik jamiyat quraversak b
oʻlmaydimi? – degan savolni 
q
oʻyib unga javob izlashga  harakat  qilamiz.  Buning  uchun  eng  avvalo  “milliy  mentalitet” 
tushunchasining  mazmun  mohiyatini  ochib  berish  zarur  b
oʻladi.  “Milliy  mentalitet”  
tushunchasiga  turli  adabiyotlarda  turlicha  ta’riflar  berilib  kelinmoqda.  Ana  shular  qatorida  
tadqiqotchi  F.S.Atamuratovaning  quyidagi  ta’rifi bizning mavzuimiz mohiyatiga mos tushadi. U 
shunday yozadi: “Milliy mentalitet  har  millatga  xos  b
oʻlgan  ma’lum  tarixiy  taraqqiyot  bosqichida 
shakllangan ijtimoiy ong, ruhiyat, dunyoqarash, urf-odati, qadriyatlari, turmush  kechirish  an’analari,  
aqliy  qobiliyati,  ma’naviy  dunyosi,  tabiati,  ijtimoiy  hayotga b
oʻlgan munosabatlari 
majmuasidir”[4]. Keltirilgan  bu  ta’rifdan  k
oʻrinib  turibdiki,  milliy  mentalitet  millat shakllanishi,  
rivojlanishi  va  takomillashuvining  natijasida,  uning  butun tarixi  bilan  yuzaga  keladi.  Bundan  
ma’lum  b
oʻladiki,  millatni  undan  ayri holda tasavvur ham etib boʻlmaydi. Undan mahrum boʻlgan 
millat 
oʻzligidan ham mahrum boʻladi va oʻzining mustaqil davlatini shakllantirishga qurbi yetmaydi. 
Bu  
gʻoyaning  naqadar  toʻgʻri  ekanligiga  yuqorida  keltirilgan  ta’rifdagi  ayrim tushunchalar  
61 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish