ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 2-son
foydalanadi[3.2]. Bu raqamlar shuni k
oʻrsatadiki, internet tarmogʻi doimo foydalanuvchilarga boy va
ular soni ortib bormoqda.
Dunyoda, xususan mamlakatimizda xalqaro ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish urf b
oʻlgan.
Ijtimoiy tarmoq – ma’lum qatlamdagi yoki barcha toifadagi internet foydalanuvchilarini birlashtirgan,
ularning davriy faolligini talab qiladigan, joiz b
oʻlsa, oʻz sahifalarini yaratishi uchun imkoniyat taqdim
etadigan internet dasturlari hisoblanadi. Hozirgi kunda bunday ijtimoiy tarmoqlarning yuzlab xalqaro
toifadagi turlari mavjud. Ularga facebook (fb.com), twitter.com, instagram, telegram, mail.ru,
gmail.com, snapchat, odnoklassniki, youtube kabilar misol b
oʻla oladi. Joriy davrda 2,3 milliard
internet foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqlarda mavjuddir. Ya’ni, internet foydalanuvchilarining aksar
qismi ijtimoiy tarmoqlarda
oʻz sahifasiga ega. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchising har
birida
oʻrtacha 5,54 ta ijtimoiy sahifasi bor. Oxirgi koʻrsatkichlarga koʻra ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanuvchilar soni yiliga 176 million kishiga ortgan. Facebook va WhatsApp messenjerlari
(elektron pochta turi) orqali bir kunda 60 million xabar j
oʻnatiladi.[3.2]
Yuqoridagilardan shuni anglab olish mumkinki, xalqaro internet tarmoqlari imkoniyatlaridan
unumli foydalanilsa, turizm va mehmonxona sohalarida ham samarali natijalarga erishish mumkin.
Bunda albatta reklamani nazarda tutish joiz. Sababi, bir mehmonxona qancha k
oʻp ijtimoiy tarmoqda
mavjud b
oʻlsa, uning mijozlari soni ham ortib boradi. Bunday tajribalardan dunyoning 91% yirik
brendli kompaniyalari foydalanishadi.[3.2] Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarni jalb qilish
strategiyasi mehmonxonalar uchun juda muhim. Zero, birgina Facebook ijtimoiy tarmo
gʻida 1,71
milliard foydalanuvchi bor b
oʻlib, har kuni oʻrtacha 500 000 yangi foydalanuvchi uhsbu tarmoqqa
a’zo b
oʻladi. Bundan tashqari, 40 milliondan ortiq kichik biznes faoliyati boʻyicha sahifalar bor. Ular
oʻz mablagʻlarining 20%dan ortigʻini ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarga sarf qilishadi.[3.3]
Facebook dagi mavjud imkoniyatlar va foydalanuvchilar sonining k
oʻpligi samarali reklamaga
imkoniyat beradi.
Xalqaro yo
ʻnalishda oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygan turistik faoliyat subyekti xizmatlar va
mahsulotlarini chet elga reklama qilishda,
oʻzi haqida ma’lumotlar berishda turli xalqaro yarmarkalar,
dasturlarda qatnashishi bilan birgalikda ancha samarali va arzon b
oʻlgan usullardan biri ijtimoiy
tarmoqlardagi reklamalardan foydalanishi ham mumkin. Buning uchun internet ijtimoiy tarmoqlarida
foydali va ta’sirli usullar jamlangan. Birgina kichik mehmonxona biror ijtimoiy tarmoqda
oʻz
sahifasiga ega b
oʻlsa, ushbu sahifadagi foydalanuvchilar e’tiborini qozonish imkoniyati ortadi. Sababi,
hozirgi kunda sayohatini rejalashtirayotgan kishi avvalambor internet ma’lumotlari asosida
oʻzi uchun
biror mehmonxona tanlaydi. Agar u ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi b
oʻlsa, ijtimoiy tarmoqlardagi
e’lonlar, reklamalar va sahifalarga tayanadi. Umuman k
oʻpchilik insonlar uchun ijtimoiy tarmoqdagi
ma’lumotlar eng ishonchli va samarali hisoblanadi. Zero, ijtimoiy tarmoq
oʻz nomi bilan ijtimoiy
maqsadlarni k
oʻzlaydi.
Reklama nazariyasi jihatdan olib qaralganda ijtimoiy tarmoqlarda yaratilgan sahifalar va turli
guruhlardagi postlar (havolalar) orqali berilgan e’lonlar televideniya, radio va gazeta kabi
manbalardan k
oʻra ancha samaraliroq va qulay hisoblanadi. Buni yuqorida keltirilgan statistik
ma’lumotlar ham isbotlaydi. Aynan mehmonxona sohasida olib qaraydigan b
oʻlsak, hozirgi kunda urf
b
oʻlgan tripadvisor, booking.com kabi rasmiy web-saytlar tarmogʻi har qanday mehmonxonaning
faoliyati bir b
oʻlagiga aylanib ulgurgan. Chunki, xorijiy sayyohlarning asosiy qismi aynan yuqoridagi
kabi tarmoqlarda mehmonxona tanlaydi va uni bron qiladi (band qiladi). Bunday turdagi tarmoqlarni
ham ijtimoiy-biznes tarmoqlari deya atash mumkin. Chunki, ular ijtimoiy maqsadlar bilan birgalikda,
biznes tashabbusini ham qo
ʻllab-quvvatlaydi. Ya’ni, bunday saytlardan foydalanishdan koʻzlangan
maqsad biror mehmonxona haqida muhim ma’lumotlarga ega b
oʻlish (uning narxi, darajasi, undagi
k
oʻrsatiladigan xizmatlar va h.k.) va uni band qilishdan iborat. Band qilish esa bevosita elektron
t
oʻlovlar va elektron roʻyxatdan oʻtishni oʻz ichiga oladi.
Demak, mehmonxona sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga yordam beradigan va
ularning mijozlarni k
oʻproq jalb qilish maqsadini koʻzlovchi internet ijtimoiy tarmoqlarini quyidagi
turlarga ajratish mumkin:
-
band qilish va biznesga asoslangan (tripadvisor, booking.com va h.k.);
-
rasmiy va biznesga asoslangan (mehmonxonaning
oʻz web-sayti);
-
savdo va biznesga asoslangan (orexca.com, olx.uz va h.k.);
-
ijtimoiy media saytlar (youtube, snapchat va h.k.);
152
Do'stlaringiz bilan baham: |